Ploskix.V. Kirgizi i Kokandskoye xanstvo...-s.140-142.
Muhammad Yunus Toyib.Tarixi Aliquli Amirlashkar.-N1.-b.221
Norbo'tabiy hukmronligi davriga kelib esa Farg'ona vodiysining deyarli barcha qismi Qo'qon xonligi hududi hisoblangan.
XIX asr boshlariga qadar xonlik hududi tarkibiga Marg'ilon, Andijon, Namangan, Xo'jand kabi yirik viloyatlar bilan bir qatorda Chust, Isfara, Konibodom singari hududiy jihatdan kichik viloyatlar ham bo'lgan va ularni ham viloyatlar kabi hokimlar boshqargan.
Norbo'tabiyning o'g'li Olimxon ( 1798-1810) tomonidan mustaqil Toshkent bekligini bosib olinishi xonlik hududining yanada kengashiga, tashqi savdo aloqalarining rivojlanib,davlatning siyosiy mavqeyi ko'tarilishiga keng imkoniyatlar berdi. Bu imkoniyatlardan Olimxondan so'ng taxtga o'tirgan Umarxon (1810-1822) to'liq foydalanishga erishdi. U Rossiya bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yib,Turkiya davlati bilan ham diplomatik munosabatlar olib bordi.
Amir Olimxon olib borgan shiddatli janglari natijasida,Qurama viloyati va Toshkent to'liq qo'lga kiritilgan bo'lsa , Umarxon hukmronligi davrida xonlik hududiga Toshkent shimolidagi Dashti Qipchoq yerlarining bir qismini qo'shib oldi va u yerda to'liq o'z hokimiyatini o'rnatdi.
Muhammad Alixon (1822-1842) ham amakisi Olimxon va otasi Umarxon singari faoliyat yuritib,qisqa muddat bo'lsa-da, Qorategin,Ko'lob,Darvozni Qo'qonga bo'ysindirishga muvaffaq bo'ldi.
XIX asrning 50-yillariga qadar Qo'qon xonligi shimolda Rossiyaning Sibir okrugi, sharqda sharqiy Turkiston, g'arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi, janubda esa Qorategin, Darvoz, Ko'lob viloyatlari bilan chegaradosh edi.
Qo'qon xonligi tarixini yoritishga xizmat qiluvchi manbalarda davlatning ma'muriy bo'linishi haqida ko'plab ma'lumotlar uchraydi. Ularda xonlik ma'muriy jihatdan viloyatlarga ajratilib,idora etilganligi haqidagi ma'lumotlar uchraydi. Biroq ,
Kun.A. Nekotoriye svedeniya o Ferganskoy doline.-s.422.
Do'stlaringiz bilan baham: |