Mundarija: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining siyosiy tarixi va markaziy davlat boshqaruv


Obozreniye Kokandskogo xanstva.-s.176


Download 56.54 Kb.
bet11/21
Sana30.04.2023
Hajmi56.54 Kb.
#1411619
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
qo\'qon

Obozreniye Kokandskogo xanstva.-s.176.
kimxob to’n kiydirilib, oliy hukmdorning muhri bosilgan yorliq berilgan. Qo’qon xonligida boshqa xonliklardan farqli o’laroq faqat Xudaychi mansabiga tayinlanish o’zgacha usulda bo’lgan. Xudaychi mansabiga tayinlanayotgan kishiga kimxob to’n va yorliqdan tashqari oltin xassa ham berilgan. Buni “ Tarixi Shoxruxiy” asaridagi “ Muhammad Norxo’ja tojikni boamali xudaychiga sarafroz qilib, qo’lig’a oltin aso berdilar”, - degan ma’lumotlardan bilish mumkin. 40
Shunday qilib,Qo’qon hukmdorlari o’z ichki va tashqi siyosatini o’ziga xos organi - Oliy Kengash asosida amalga oshirgan. Bu organ xonlik tashkil topgan davrlardan buyon shakllanib,rivojlanib kelganligi, ayrim tarixiy davrlar va sharoitlarda uning faoliyati yanada yo’qori bosqichga ko’tarildi yoki hukmronlikning avtoritar usullarni kuchli qo’llagan hukmdorlar davrida esa imkoniyat doirasi yanada toraydi. Kengash tarkibida muayyan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Xonlik boshqaruv tizimidagi maslahat organi - Oliy Kengashning mavjudligi Qo’qon hukmdorlarining xonlikni tarixiy vorisiylik va o’zbek davlatchiligi an’analari asosida boshqarishiga olib keldi.

Ш. Атажанов, В. Ишкувватов. З. А.Илхомов. Узбек хонликлари тарихшунослиги. Т. 2011 Б.29


II-BOB. QO'QON XONLIGINING MA'MURIY BOSHQARUV TIZIMI.
2.1. Xonlikning ma'muriy bo'linishi va viloyatlar boshqaruvi.
Qo'qon xonligi tarixi masalalari bo'yicha turli davrlarda tadqiqot olib borgan tarixchi olimlar o'z tadqiqotlarida ushbu davlatning chegarasi va uning ma'muriy-hududiy bo'linishi xususida ham qisman to'xtalib o'tganlar.65
Qariyib ikki asr hayot surgan Qo'qon xonligi murakkab va ziddiyatli siyosiy jarayonlarni boshdan kechirdi. Qo'qon xonligining dastlabki tashkil topgan davridagi hududi hokimyatni boshqargan turli salohiyatli uzoqni ko'zlagan hukmdorlarning harakatlari natijasida kengayib bordi. Zero,davlat hududi va unda yashagan aholi uning mavjudliginiko'rsatuvchi belgilardan hisoblanadi.66 Davlat tashkil topgan dastlabki davrlaridanoq moddiy, tabiiy homashyo manbayi bo'lgan hududini kengaytirish va boshqarishni tashkil etishga katta e'tibor qaratiladi. Qo'qon xonligida davlatchiligida ham bunga katta e'tibor berildi.
Farg'ona vodiysining markaziy qismida tashkil topgan yangi davlat hududiga uning birinchi hukmdori Shohruhbiy (1709-1721) tomonidan Namangan,Marg'ilon va Andijon to'liq qo'lga kiritilgan edi. Shohruhbiy vafotidan so'ng taxtga o'tirgan Abduraximbiy (1721-1733) Xo'jand viloyatini to'liq xonlik tarkibiga kiritdi. Vaqtincha bo'lsada, Buxoro xonligining viloyatlari bo'lgan Jizzax, Samarqand va Kattaqo'rg'on ham Qo'qon hukmdori tomonidan egallandi.68 Biroq Abduraximbiy Qo'qonga qaytgandan so'ng Buxoro bu viloyatlarini yana o'z tarkibiga qaytarib olishga erishdi.
1753 yil taxtga o'tigan Erdonabiy davlatning sharqiy qismidagi O'sh va O'zganni o'z davlati tarkibigaq kiritdi.69


Download 56.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling