Mundarija: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining siyosiy tarixi va markaziy davlat boshqaruv


Xasanov.A.Narodniye dvijeniya v Kirgizii v period Kokanddskogo xanstva.-s.29


Download 56.54 Kb.
bet19/21
Sana30.04.2023
Hajmi56.54 Kb.
#1411619
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
qo\'qon

Xasanov.A.Narodniye dvijeniya v Kirgizii v period Kokanddskogo xanstva.-s.29.
O'sha joyda.-s.30

Ayrim qishloqlarni miroblar yoki imom xatiblar ham boshqargan.104 Qo'qon xonligida aminlik va oqsoqollik ma'muriy hududiga ko'ra katta qishloq yoki bir necha kichik qishloqlardan tashkil topgan. Amin va oqsoqollar hukumat tomonidan emas,fuqarolar tomonidan saylangan. Bu Qo'qon mahalliy boshqaruv tizimining yana bir o'ziga xos xususiyati edi.Amin va oqsoqollar o'zlari boshqarayotgan hudud fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda maishiy turmushga oid masala va muammolarni hal etish bilan shug'ullangan.
Xonlikdagi markaziy boshqaruvda bo'lgani kabi mahalliy boshqaruv tizimida ham muhim amaldorlardan biri — muhtasib” bo'lgan. O rta Osiyo xonliklardagi kabi, Qo'qon xonligida muhtasibni-rais,ba'zi hollarda qozi rais deb ataganlar.106 Mazkur lavozimga xulq-atvori yaxshi, diniy bilim va shariatning chuqur bilimdoni, hamda aholi o'rtasida katta hurmat va e'tiborga ega bo'lgan kishilar tayinlangan. Ayrim hollarda bu vazifaga qozilar ham tayinlangan bo'lib, ular qozilikni raislik vazifasi bilan birga olib borgan. Shuning uchun ularni ba'zi hollarda qozi rais ham deb ataganlar.Qozi rais mansabi egasining faoliyati aholining turish turmushi, ijtimoiy -iqtisodiy hayotning ayrim jihatlarini nazorat qilish bilan bog'liq edi.“Tarixi Jahonnamoyi” asarida XIX asrning 60-yillarida Qo'qon xonligi davlat boshqaruvida muhim o'rin tutgan shaxs,Sulton Sayyidxon (1863-1865) ning bosh vaziri, mingboshi mansabida bo'lgan Aliquli Amirlashkar yoshlik chog'ida dastlabki bilimini Andijon muhtasibidan olganligi haqida xabar beriladi. Raislar o'zlariga yuklatilgan vazifalarni nazorat qilish bilan birga, tartib qoidalarni buzgan yoki jinoyat sodir etganlar jazolash bilan shug'ullanishgan. Bu kabi jarayonlarda talabalar ham ishtirok etishgan. Jazolash tartibi ikki usulda amalga oshirilgan. Jazoning birinchisi aybdorni 3 tadan 39 tagacha qamchi urush bo'lsa, ikkinchisi sazoyi qilish bilan amalga oshirilgan

Download 56.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling