Mundarija: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining siyosiy tarixi va markaziy davlat boshqaruv


Download 56.54 Kb.
bet16/21
Sana30.04.2023
Hajmi56.54 Kb.
#1411619
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
qo\'qon

O'sha joyda, -s.291
T.Beysimbiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi bo'lganligini qayd etib, ular mahalliy boshqaruvning muhim jabhalariga javobgar bo'lganliklarini ta'kidlaydi. Uning ta'kidlashicha, ularning birinchisi fuqarolik ishlari va soliq yig'ish bilan shug'ullanib,sarkor (yoki mirzaboshi), ikkinchisi harbiy masalalar bilan shug'ullanib, botirboshi deb atalgan.94 Bu ikki mansab egasi mahalliy boshqaruv tizimida muhim o'rin tutgan. Bularning faoliyatisiz viloyat ma'muriyatini tasavvur qilish qiyin bo'lgan. Ayniqsa,viloyatlardagi fuqarolik ishlari va soliqlar yig'ishga mutasaddi bo'lgan sarkorlar hokimlarning asosiy yordamchisi bo'lgan. Bu haqida tadqiqotchi R.Nabiyev sarkorlik ma'muriy boshqaruv tizimida muhim rol o'ynaganini ta'kidlab, ular bir vaqtning o'zida ham agrar masalalarni, ham savdo - sotiq munosobatlarini, ham hunarmandchilik sohalarini nazorat qilganligi va oliy hukmdorning hamda viloyat hokimlarining xo'jaligidagi barcha masalalarda ham muhim o'rin tutganligini ko'rsatadi.95
Ba'zi vaqtlarda bu vazifani sarkorlarning o'rniga mirzaboshilar bajarganligi to'g'risida tarixiy manbalarda berilgan. Mahalliy boshqaruv tizimida moliya ishlari bilan ham sarkor(yoki mirzaboshi) shug'ullangan. Sarkorlarning markaziy boshqaruv tizimidagi kabi mahalliy boshqaruv tizimida ham faoliyat doirasi o'zgarganligi, xonlikdagi murakkab boshqaruv tizimi XIX asrning 50-70 yillariga kelib soddalashganligi bir amaldorning vakolatiga bir necha mansab egalarining vazifalari yuklatilganligini ko'rsatadi.
Xonlikning mahalliy tizimida markaziy boshqaruv tizimidagi kabi turli diniy mansab amallar mavjud bo'lgan. Qo'qon xonlari tomonidan berilgan yorliqlardan ko'rinadiki,viloyatlarda ham markaziy boshqaruvdagi kabi qozikalon, xojikalon,sadr kabi bir qator mansabdorlar faoliyat yiritishgan. Bu vazifalarga ularni oliy hukmdorning o'zi tayinlagan.1825 yilda Muhammad Alixon tomonidan O'ratepa viloyatiga Muhammad Solixojaning xojikalonlik mansabiga tayinlangani,96 Sulton Sayyidxon tomonidan esa 1864 yil Toshkent viloyati qozikalonlik mansabiga

Download 56.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling