Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


-rasm. “Tolib Bobo AKT” MChJ da sodir bo‘ladigan nizolarning turlari


Download 481.46 Kb.
bet29/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

3.2.1-rasm. “Tolib Bobo AKT” MChJ da sodir bo‘ladigan nizolarning turlari.


Mazkur tashkilotda faoliyat ko‘rsatish ob’ekti bir-biridan ajralib turganligi tufayli ikkiga bo‘lib o‘rgannildi. Birinchi navbatda ma’muriyat xodimlari orasida. (Bosh tashkilot ofisida), so‘ngra qurilish uchastkalarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar orasida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tashkilotning ichki muhitini aniqlash maqsadida psixologik so‘rovnoma o‘tkazilayotganda dastavval gorizontal nizolar, so‘ngra vertikal nizolarning yuzaga kelish darajasi tahlil qilindi. Gorizontal nizolar o‘rganilayotganda ma’muriy xodimlar orasida yoki xodimlararo vujudga keladigan nizolar tahlil qilindi. Vertikal nizolar o‘rganilayotganda rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi nizolar sodir bo‘lish darajasi aniqlandi.


Tadqiqodlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, nizolarning 45% i ishchi xodimlar o’rtasida vujudga kelar ekan. Buni batafsilroq quyidagi diagrammada ko‘ramiz (3.2.2-rasm).

Buning asosiy sababi ishchi xodimlar o‘rtasidagi psixologik moslikning passivligi hamda ehtiyoj va qiziqishlarining, gohida bir-birini ko’rolmaslik, arzimagan oddiy hazillashishlar oqibatida, bir-birining ishiga halaqit berishda, gohida bir xil asbob-uskunaga bo’lgan talabning oshib ketishida degan xulosa chiqarildi.


Ma’muriyat va ishchi xodimlar o’rtasidagi nizolarning sababchisi sifatida esa, ehtiyoj va qiziqishlarning har xilligida deya xulosaga kelindi (3.2.3-rasm):

1-chi holatda qo‘l ostidagilarga faqat ma’muriyatning ehtiyoj va qiziqishlari inobatga olingan holda ta’sir o‘tkaziladi. Masalan, biror topshiriqning bajarilishi faqat rahbar manfaatini ko‘zlaydi, ishchi xodimlar fikri Bilan hisoblashib o‘tirmaydi.
2-chi holatda bo‘ysunuvchilarning qarshi harakati, ular faqat o‘zlarining manfaatini ko‘zlangan holda topshiriqlarni bajaradilar. Jumladan, bo‘ysunuvchilar o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida tashkilot yoki ma’muriyat maqsadlari bilan hisoblashib o‘tirmaydilar. Bu maqsadlardagi har xillik esa bevosita nizoli vaziyatning vujudga kelishiga olib keladi.
Bu kabi nizoli vaziyatlarga olib keluvchi yana bir qancha bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi sabablar mavjud.
Ma’muriyat xodimlarining ishchi xodimlardan bo‘lgan noroziligi quyidagilarda ko‘rinadi:

Ishchi xodimlarining ma’muriyat xodimlaridan bo‘lgan noroziligi esa quyidagilardan iborat:

  • Materialarni o‘z vaqtida yetkazmaslik;

  • Transport vositalari bilan yetarlicha ta’minlab berilmaslik (transport tanqisligi);

  • Axborotlarning ob’ektlarga sust yetib kelishi;

  • Talabning yuqori qo‘yilganligi;

  • Rahbariyat oldida erkinlik va mustaqillikni his etmasligi;

  • Maoshning yetishmasligi;

  • Mehnat sharoitlarining yaratib berilmasligi va boshq.

Mazkur tashkilotda nizolarning aksariyat hollari ishchi xodimlar o‘rtasida bo‘lganligi aniqlandi (buning sabablari ozmi-ko’pmi barchamizga tanish).
Ishlab chiqarish kollektivini boshqarishda birlamchi kollektivni boshqarish samaradorligi muammosi muhim o‘rinlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu esa dastavval ishlab chiqarishdagi masterlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Korxonadagi nizolar odatda yuzaki va yashirin tarzda bo‘ladi. Yuzaki nizolar ochiqcha holda amalga oshsa, yashirin nizolar samimiy munosabatlar orqasiga yashiringan bo‘ladi. Shuning uchun yashirin nizolarni oldini olishda faqatgina bilvosita vaziyatlar orqali sezish mumkin. buning uchun esa mehnat jamoasining rahbari nizoli vaziyatlarni oldini olishi uchun uning bir necha belgilarini bilishi lozim. Ushbu belgilarni bilib olish maqsadida 10 kishilik so‘rovnoma o‘tkazildi (1 marta) va quyidagi javoblar olindi (3.2.1-Jadval).


3.2.1-Jadval.
Nizoli vaziyatning yuzaga kelish ehtimolini aniqlashga doir so‘rovnoma javoblari




Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling