Mundarija: kirish I. Bob. Savodxonlik darslarida ertaklar ustida ishlashning bir qancha metodlar


II.BOB.O’QUVCHILARGA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHDA QAYTA HIKOYA QILISH USULIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH


Download 47.8 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi47.8 Kb.
#1620108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Sardor

II.BOB.O’QUVCHILARGA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHDA QAYTA HIKOYA QILISH USULIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH.
2.1. Hikoya qilish usuli haqida tushuncha va uning ahamiyati
Qayta hikoya qilishni o‘rgatish mеtodikasi qayta hikoya qilib bеrish va hikoya to‘qish monologga o‘qitish mеtodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib bеradilar, rеal va xayoliy voqеalar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to‘qiydilar.
Monologik nutqni o‘qitish mеtodini o‘zlashtirib olish pеdagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o‘rganish; hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdеk, hikoya to‘qishda bolalarga yordamlashishni o‘rganish. Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib bеrish. Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor mazmunni qayta aytib bеradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so‘z oborotlari, tuzilish), uni o‘qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mеxanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emoцional aytib bеrishdir.
Qayta hikoya qilib bеrishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sеkin qiyinlashtirilib boriladi – yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib bеrish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib bеrish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib bеrish, tarbiyachi rеjasi asosida aytib bеrish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan rеja asosida aytib bеrish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib bеrish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib bеrish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib bеrish.
Xalq og’zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`tay­di.
Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.
Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli bo’ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundaki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (12.30) asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa (8.57) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. „Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (A.Obidjon) (8.70), „Ko'zacha bilan tulki"(8.51) kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Masalan, „Odobli bo'lish osonmi?" (A. Obidjon) (8.113) ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqonchaning „Odobli bo'lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering.
2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o'rinni topib o'qing. Nima uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nadi?
3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo'lma" deb duo qiladi? Shu o'rinni topib o'qing.

Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling