Mundarija: kirish I. Bob. Savodxonlik darslarida ertaklar ustida ishlashning bir qancha metodlar


Download 47.8 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi47.8 Kb.
#1620108
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Sardor


MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….3
I.BOB.SAVODXONLIK DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING BIR QANCHA METODLAR………………………………7
1.1. Turli janrga mansub asarlar o’qish metodikasi…………………………7
1.2.O’qishda umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish…………………… 15
II.BOB.O’QUVCHILARGA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHDA QAYTA HIKOYA QILISH USULIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH…………22
2.1. Hikoya qilish usuli haqida tushuncha va uning ahamiyati……………...22
2.2. Bayon qilishni shakllantirish……………………………………………22
XULOSA…………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..24

KIRISH
Bugungi globallashuv davrida “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish” tamoyili ostida yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada yurtimizda juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jondan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz”. So‘nggi ikki yil davomida boshlang‘ich ta’lim sohasida ta’lim-tarbiya jarayonida keng ko‘lamli o‘zgarishlar olib borilmoqda. 1-2-3-sinf uchun mo‘ljallangan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qismning mashq daftari ham yaratildi. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslari bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli oʻstirish zaminida kelgusida fanlarni puxta oʻzlashtirishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli boslangʻich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining asosiy vazifalaridan biri ham o‘quvchilarning nutqiy qobiliyatlarini oʻstirishdir. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". O'quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong'i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo'la boshlaydilar. Ularda go'zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg'usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, Farhod Musajonovning “Sovg’a” hikoyasida o’zbek xalqiga xos bo’lgan urf-odatlar, ota-bola munosabatlari, ekinlarni parvarishlar, qo’ni-qo’shnilar bilan ahillik, mehmon bo’lish odobi, saxiylik, do’stlarni qadrlash kabi fazilatlar aks ettirilgan. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqozo etadi. Undagi har bir so'z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o'qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlami bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilaming savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo'lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Odatda, buyuk yozuvchilar ijodlarining ilk chog’lari hikoya yozishdan boshlanadi. Shunday ekan, bolalarda ham kitobga muhabbat uyg’otish, ulardan buyuk kitobxonlar chiqarish hikoyalar o’qishdan boshlanadi. Katta- katta badiiy asarlar, romanlarning o’qilishiga ertak va hikoyalar hamirturush vazifasini o’taydi.

Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling