Mundarija: kirish I. Bob. Savodxonlik darslarida ertaklar ustida ishlashning bir qancha metodlar


Download 47.8 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi47.8 Kb.
#1620108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Sardor

2.2. Bayon qilishni shakllantirish
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, „Davlat"(4-s.49-b), „Ilm afzal"(4-s.44-b), „Hiylagarning jazosi"(4-s.57-b), „Hunarsiz kishi o'limga yaqin"(4-s.61-b) kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar.
Bunday ertaklarda xalq o'z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va Shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar.
„Davlat" ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o'tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to'g'ri tushunishga yordam beradi. „Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o'quvchilar „Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina etnas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.
O'quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin.
O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratiliShi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, „Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida „Tog' echkisi siz ulug'imizniki bo'lsin", „Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", „Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Hikoya qilib bеrishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sеkin qiyinlashtirilib boriladi – yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib bеrish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib bеrish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib bеrish, tarbiyachi rеjasi asosida aytib bеrish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan rеja asosida aytib bеrish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib bеrish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib bеrish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib bеrish. Maktabgacha ta'lim muassasalarining katta guruxlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro'yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg’ulot olib boriladi.
I-topshiriq bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. "Zumrad va Qimmat", "Bo'g'irsoq", "Ikki echki", "Ur, to'qmoq", "Echki bolalari", "Toshbaqa bilan chayon" kabi ertak va hikoyalardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, unga shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoyasi quyidagi ko'rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz).
- matn mazmunining to'liqligi;
- matnni bayon qilishda izchillik;
- ifoda vositalaridan foydalanish ko'nikmasi;
- nutqning ravonligi.
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin:
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;
- matndagi so'zlarga taqlid qilib so'zlaydi;
- ba'zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;
- bir oz to'xtab-to'xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo'ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o'zicha ba'zi so'zlarni qo'shib, ma'nosiz hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma'nosini o'zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga "Mehmonda", "Uycha", "Maktabga yo'l" mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo'l qo'ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur bog'chalarda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to'liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalarning grammatik jihatdan to'g'ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalar nutqini o'rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo'lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog'lanishli nutqini o'rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. O’quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 1-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi. Xalqimizning tarixi, uning urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarida saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda, izlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladilar. O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish,o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafi tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi.
Ertak bolalarda personajlarning xatti - harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini o’stiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va farosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar. Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama kasbga yo’naltiradi, ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi.



Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling