Kurs ishining maqsadi: serebral falaji bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish xususiyatlarini o’rganish.
Kurs ishining ob’yekti: serebral falaji bo’lgan bolalarda olib boriladigan korreksion ishlar xususiyati.
Kurs ishining predmeti: serebral falaji bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar jarayoni.
Ishning maqsadi bir qator vazifalarni belgilab beradi
Berilgan mavzu bo’yicha psixologik-pedogogik va tibbiy adabiyotlarni o’rganish;
Aqli zaif, BSF bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiya qilish va ularni o’qitish imkoniyatlarini o’rganish;
Ishdagi korreksion-rivojlantiruvchi yo’nalishning xususiyatlarini inobatga olib, bunday bolalarga korreksion ta’sirni amalga oshirish metod va uslublarini ishlab chiqish;
Murakkab nuqsonli kichik maktab yoshdagi bolalarni o’qitishda qo’llaniluvchi metod va usullarning samaradorligini tekshirish.
Kurs ishining metodologik asoslari: Ta’lim-tarbiyaga oid davlat hujjatlari, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev asarlari, «Ta’lim to’g’risida» gi qonun, «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonuni, «Sog’lom bola yili» dasturi, Xalq pedagogikasi, psixologiyasi va defektologiyada shu yo’nalishda yoritilgan ishlar metodologik nasosni tashkil etadi.
Kurs ishining metodlari:
Mavzuga oid psixologik-pedogogik adabiyotlar tahlili;
Serebral falaji bo’lgan bolalar hujjatlarini o’rganish;
Defektologlarning ish tajribalarini o’rganish;
Tajriba-sinov o’tkazish.
Kurs ishi 2 bob 4 paragrfdan xulosalar foydalanilgan adabiyotdan iborat.
I-BOB. SEREBRAL FALAJI BO’LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISHLARNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
Korreksiya-(lotincha correction – to’g’irlash) psixofizik rivojlanishdagi kamchiliklarni to’g’irlash yoki yumshatishga qaratilgan tibbiy-pedogogik chora-tadbirlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |