Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Download 234 Kb.
bet16/19
Sana23.04.2023
Hajmi234 Kb.
#1391683
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsini barkamol qilib tarbiyalash

Yakuniy natijalar



Guruhlar

Talabalar soni (nafar)

Жавоблар сони

Yuqori

O’rta

Past

Tajriba

34

28

4

2

Nazorat

34

14

6

14

Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotchilik faoliyati samarali kechgan.


Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga tizimli, maqsadga muvofiq, texnologik yondashuv pedagogik ta‘lim samaradorligini ta‘minlaydi. Mazkur fikrning isbotini tajriba-sinov ishlari natijalari ko’rsatib turibdi.


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
O’zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o’tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega.
Biroq bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan boglanmaganligi har tomonlama sezilmoqda.
Hususan tarbiyalanuvchilarning ko’pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy sabablarini faqat tarbiyachiga to’nkash yoki ta’lim muassasalarini moddiy-texnikaviy qashshoqligidan izlash adolatsizlik bo’lardi. Mavjud holat ko’p jihatdan mashg’ulotning maqsadi, mazmuni va usuliga aloqador bo’lib, uni yangilash hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi. Bu o’rinda tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz.
Innovatsion ta'lim usullarini ishlab chiqish va amalda tatbiq etish bo’yicha mamlakatimiz o’quv muassasalarida birmuncha ijobiy tajriba vujudga keldi. Bunda «Internet» xizmatidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ammo o’qitishning bu tizimini joriy etishni ma'lum bir muammolar kechiktiryapti:
-maktabgacha ta’lim muassasalari texnik bazasining nochorligi;
-mukammal dasturiy ta‘minot tanqisligi;
-tayyorgarlik muammolari - mutaxassislarning texnika va texnologiyalardan foydalanish malakasi shakllanmaganligi.

Tarbiyachining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga tarbiyachining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida tarbiyachi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi.


Tarbiyachi faoliyatida o’z-o’zini faollashtinsh, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tarbiyachi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik texnologiyalarni qo’llash tarbiyalanuvchilar bilimlarining mustahkamlanishiga, ijodiy, mustaqil fikrlash malakasiga ega bo’lishlarida, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalariga ega bo’lishlarida, o’zaro o’rtoqlik, do’stlik munosabatlarining tarkib topishida, chaqqonlik va epchillik fazilatlarining rivojlanishida muhim omil bo’lib hizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasiga doir quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik.

Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling