Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Download 243 Kb.
bet19/31
Sana05.01.2022
Hajmi243 Kb.
#215393
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bol

7. “Hikoya metodi”. Ushbu metodni qo’llashda tarbiyalanuvchilarga ularni o’ylantirgan, qiynagan yoki sevintirgan tuyg’ularga hamohang mavzularda xikoya qilish topshirig’i berilishi kerak. Masalan, ma’lum shaxs haqidagi xikoya mavzulari: “O’rtog’imning kuchugi”, “Do’stim mening - faxrim mening”; o’rganilgan asarlar yuzasidan: “Mening sevimli ertagim”, “Xurishni eplolmagan kuchukchaga munosabatim”; tabiatni kuzatishga doir “Baxor faslidan olgan taassurotlarim», “Bizning bog’da”, “Sevimli Maktabim”; Kasb tanlashga doir “Kim bo’lsam ekan?” “Mening otam - quruvchi” kabi mavzularda aytilgan hikoyalar istisnosiz ijod mahsuli sanaladi. Bunda tarbiyalanuvchilar qo’yilgan maqsad sari ongli ravishda harakat qiladilar, o’zlarining aqliy va jismoniy kuchlari, imkoniyatlarini u yoki bu shaklda ifodalashga urinadilar. Ishning mustaqil ravishda bajarilishi uchun tarbiyalanuvchining faoliyatiga hech kim aralashmasligi, uning o’zi o’z xatti- harakatlarmi to’g’ri yo’naltirib, imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, oldida turgan masalani o’zi mustaqil hal qilishiga muvofiq sharoit yaratilishi lozim. Shu jarayonda bola mustaqil ravishda fikrlaydi. Chunki uning bunday faoliyati mustaqil fikrlagandagina amalga oshishi mumkin bo’ladi. Unga hech kim yo’l-yo’riq ham ko’rsatmaydi, yordam ham bermaydi. Yuqoridagi hikoya mavzularini tarbiyalanuvchilarga mustaqil ish tarzida topshirish mumkin.


Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling