Aqliy hujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat:
-tarbiyalanuvchilar erkin o’tiradigan qilib joylashtiriladi. arbiyalanuvchilarning g’oya va fikrlarini yozish yoki belgilash uchun varaqlar tayyorlab qo’yiladi;
-hal etilishi lozim bo’lgan muammo aniqlanadi;
-ish jarayoni belgilab olinib, tarbiyachi «Ilg’ab oling, g’oyalarga asoslaning, qo’shing, kengaytiring, o’zgartiring» kabi luqmalar orqali bahs-munozarani boshqarib turadi;
-qo’yilgan muammo yuzasidan barcha fikrlar tinglanadi va yozib boriladi.
-o’’zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlarga aslo yo’l qo’yilmaydi.
-varaqlar g’oya va fikrlar bilan to’lganda, ular ko’rinarli yerga osib qo’yiladi;
-g’’oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
-barcha fikr va g’oyalar tinglangach yangi, kuchli, asosli va original g’oyalar tarbiyachi tomonidan rag’batlantiriladi, baholanadi.
“Faoliyat o’yini” deb ataladigan metod yangi sohani o’zlashtirish, masalan, topshiriq o’rganishda ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish maqsadida alohida ahamiyatga ega. Bu usulning qimmatli xislati shuki, faoliyat modelini ijro etish orqali bolalarga biror bir kasb-hunar haqida tushuncha berish, shunmgdek, mazkur sohada ijodiy mulohaza yurita olishni, voqea-hodisalarni jonli, dinamik ravishda tasavvur qila olishni o’rgatish mumkin. Natijada salohiyatli, yetuk mutaxassislarni tarbiyalash imkoni yaratiladi.
Bu o’rinda shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda tarbiyachidan yuqori malaka va tarbiyalanuvchilar fikrlarining to’g’ri-noto’g’riligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror ko’rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |