Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Download 243 Kb.
bet15/31
Sana05.01.2022
Hajmi243 Kb.
#215393
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bol

3. “Tadqiqot metodi”. Ta’limning tadqiqot metodida tarbiyalanuvchilar oldiga ularning bilimini orttiradigan masalalar qo’yiladiki, bu masala tarbiyachi rahbarligida tarbiyalanuvchilar tomonidan yechilib, yangi bilimlar o’zlashtiriladi. Tadqiqot metodi o’quv jarayonida tarbiyachi tomonidan baland darajadagi muammoli nazariy va amaliy tadqiqiy masalalar ko’tarilishini nazarda tutadi. Bu bilim olishning har bir bosqichida ta’limning mahsuldor-amaliy va izlanish usullarini mustaqil ravishda qo’llash orqali amalga oshiriladi. Mazkur metodda tarbiyalanuvchilar amaliy ishni dalillar to’plash, ularni nazariy tahlil qilish, tizimga solish va umumlashtirish bilan birgalikda bajaradilar.

Ta’limda tashkil etilgan tadqiqot metodining evristik metoddan farqi shundaki, unda “kashfiyot” mustaqil ravishda ajratilgan hodisa tahlilidan keyin, daliliy ashyolar, olingan natijalar solishtirilib, umumlashtiriladi, so’ng amaliy ish jarayonida sodir bo’ladi. Bunda tadqiqot topshirig’i sifatida tarbiyalanuvchilar mustaqil ravishdagi o’quv-biluv faoliyatining to’liq sikli – ma’lumot to’plashdan tortib uning tahliligacha, mustaqil ravishda muammo qo’yish va uni hal etish, masalaning yechimi va yangi bilimlarni amaliyotda qo’llashga qadar qamrab olinadi.




Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling