Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Download 243 Kb.
bet16/31
Sana05.01.2022
Hajmi243 Kb.
#215393
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bol

4. “Ijodkorlik metodi”. Mashg’ulotlarda tarbiyalanuvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish uchun ularni ijodga undash maqsadga muvofiq. Masalan, barchaga yaxshi tanish bo’lgan “Zumrad va qimmat” yoki “Ur to’qmoq” ertaklarining nomini aytmasdan ularda ko’p qo’llaniladigan beshta tanish so’zni keltirish: “mehnatkash”, “егка”, “o’gay ona”, “o’rmon”, “sehrgar kampir” hamda oltinchi begona so’z – “vertolyot” ko’magida ertak tuzish vazifasini topshirish mumkin. Yoki “ochil dasturxon”, “laylak”,shum bola”, “qaynar xumcha”, “chol” va begona so’z – “uchar gilam” ko’magida yangi ertak to’qishga yo’naltirish mumkin. Yoxud tugagan ertakni davom ettirish, qahramonlarning keyingi hayotini tasavvur qilishni talab etish ham o’ta foydali ijodiy ish turi hisoblanadi. Muhimi, bu bilan tarbiyalanuvchida mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmasi paydo bo’ladi.

Ertak qahramonlari xarakterini o’zgartirish bilan ham bolalarni ertak to’qishga o’rgatish mumkin. Bolalarning xayolot olami o’ta kuchli. Bundan mashg’ulotlarda unumli foydalana bilish kerak. Masalan, tanish ertak syujeti asosida yangi ertak yaratish, ya‘ni o’sha qahramonlar bilan boshqa ertak to’qish; sinfda hikoyachi rolini o’ynash - o’ylab topilgan voqeani sinfdoshlarga aytib berish singari topshiriqlar ham tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga yo’naltiradi.




Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling