Mundarija kirish I bob. Shvetsiya tarixi


Shvetsiya tarixini hal qilgan jang


Download 99.19 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi99.19 Kb.
#1494888
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shvetsiya

1.2. Shvetsiya tarixini hal qilgan jang.
Rossiya va Shvetsiya tarixini hal qilgan jang. Poltava jangi tarixi 1709-yilning
9-iyul kuni Shimoliy urushlar doirasida Shvetsiya qiroli Karl XII va Rossiya podshosi Buyuk Pyotr o‘rtasida Poltavada hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi va Karl XII mag‘lub bo‘lib, o‘zining Rossiyani egallash niyatini amalga oshirishdan mahrum bo‘ldi. “Daryo” ushbu jang haqida hikoya qiladi .
Buyuk shimoliy urush 1700—1721-yillar orasida Yevropaning shimolida sodir bo‘lgan Rossiya podsholigi boshliq Saksoniya, Daniya-Norvegiya qirolligi va Rech Pospolitaya davlatlaridan tashkil topgan koalitsiya va Shvetsiya qirolligi o‘rtasidagi siyosiy inqiroz tarixga “Buyuk shimoliy urush” nomi bilan kirgan. Urushdagi asosiy raqiblar Rossiya podsholigi va Shvetsiya qirolligi bo‘lgan. Ikki davlatning Shimoliy Yevropa va Boltiq dengizi havzasi ustidan nazoratni qo‘lga olish istagi ular o‘rtasidagi mazkur qarama-qarshilikning asosiy sababi bo‘lgan.
Urushni dastlab “Shimoliy alyans” boshlagan. Urushning dastlabki yillarida Shvetsiyaning qo‘li baland kelishi oqibatida ushbu alyans tarqalib ketgan. 1700-yilda Daniya, 1706-yilda Saksoniya urushdan chiqadi. 1709-yilgacha alyans qayta tiklanadi. Ungacha esa Rossiya Shvetsiya bilan yakka o‘zi urush olib bordi. Urushning turli bosqichlarida Rossiya tarafidan Gannover, Prussiya, Niderlandiya, Shvetsiya tarafdan Angliya, Usmonli va Golshteyn ham urushda qatnashgan5.
Urush yakunida Shvetsiya mag‘lub bo‘ldi va uning Yevropa shimolidagi hukmronligiga barham berildi. 1721-yilga kelib Rossiya Boltiq dengizi havzasiga chiqish imkoniga ega bo‘ldi, Estlyandiya va Liftlandiyani qo‘lga kiritdi, Kurlyandiya ustidan protektorat e’lon qildi. Shu yili dunyo xaritasida yangi imperiyaga asos solindi. Bu Pyotr I hukmronligi ostidagi Rossiya imperiyasi edi. Imperiya doimiy qo‘shin va flotga ega bo‘ldi hamda Neva daryosining Boltiq dengiziga quyilish joyida imperiyaning yangi poytaxti Sankt-Peterburg shahriga asos solindi.
Shvetsiyaning 1729-yil 25-iyul Saksoniya bilan, 1732-yil 7-oktabrdagi Rech Pospolitaya bilan tuzgan tinchlik shartnomalari Shimoliy urushga yuridik jihatdan nuqta qo‘ydi. Poltava jangi esa aynan mana shu siyosiy jarayonda sodir bo‘lgan janglardan biridir .
Tarixiy sharoit Shvetsiya qirolligi urush boshlangan dastlabki 1700-yilda Narvada Rossiya ustidan g‘alabaga erishdi. Daniya ham shu yili mag‘lub etildi. Polsha ustidan nazorat o‘rnatilib, Polsha taxtiga Stanislas Lezinskiyni qo‘ydi. Saksoniya ham bo‘ysundirilgach, Karl XII 1707-yilda Rossiyaga hujum qilishga qaror qildi. Buning uchun u ikki yildan buyon tayyorlantirib kelgan 44 minglik armiya to‘pladi.
Saksoniyaning Leypsig shahrida ekan, u avvaldan bir nechta xarita tayyorlab qo‘ygan edi. Jumladan, Leypsig—Kopengagen, Leypsig—Varshava, Leypsig-Stokgolm, ya’ni uyga qaytish xaritasi. Uyga qaytishni istagan bosh qo‘mondoni unga Leypsig—Stokgolm xaritasini ko‘rsatganda, urushni yoqtiradigan Karl XII quruq tabassum qildi va biroz asabiylashdi. Bu esa atrofdagilarda qo‘rquv soldi. Shunda qirol: “Menga Leypsig—Moskva xaritasini keltiring”, deb buyurdi.
Rossiyaga yurish Shunday qilib, 1707-yilning avgust oyida qirol Karl XII 44 ming kishilik qo‘shin bilan Moskvani egallash uchun yo‘lga tushdi. Ruslar esa “yongan yer taktikasi”ni qo‘lladi. Qishni Minskda o‘tkazgan Karl XII qo‘shini turli kasalliklardan jiddiy talafot ko‘rdi. 1708-yilning iyun oyida qo‘shin sharqqa qarab yurishni davom ettirdi. Kyurlandiyadan yo‘lga chiqqan general Levengaup boshliq 12 minglik yordamchi kuch hamda ta’minot kolonnasi bilan uchrashishga 130 km qolganda, bundan bexabar Karl XII kutilmaganda janubga qarab yurishga qaror qildi.(Robert Frost. The Northern Wars. War, State and Society in Northeastern Europe 1558—1721. — Longman, 2000. — С. 296—301. — 416 p.).
Bu bilan u ta’minotsiz qolgan qo‘shinni Ukrainaning boy yerlariga olib borishni maqsad qildi. Levengaup ham janubga qarab yurdi, biroq yo‘lda ruslar bosqiniga uchradi va chekinishga majbur bo‘ldi. Faqatgina olti ming kishilik guruh asosiy qo‘shinga yetib oldi, ammo ta’minot karvoni yetib kelolmadi. Ukrainada esa Karlga getman Ivan Mazepa Ukraina mustaqilligiga erishishni maqsad qilib yordam berishga qaror qildi. Ammo bundan ruslar xabar topdi va u o‘ylaganidek qo‘shin bilan yordam bera olmadi.
Jangning borishi Karl 1708-yil bahoridan boshlab Poltava shahrini qamal qilishni boshladi. Poltava shahri Ukrainada, Vorskla daryosi bo‘yida joylashgan shahar bo‘lib, o‘sha paytda Rossiya podsholigi tarkibida edi. 1709-yilning iyul oyiga kelib Karlning askarlari soni deyarli yarmiga kamayib ketdi. O‘sha yilgi qish juda qattiq keldi. Hatto bir kunda ikki ming askar sovuqdan halok bo‘ldi.
Shunday yo‘qotishlar bilan shved armiyasi asosiy jang oldidan 27 mingga yaqin qo‘shinga ega edi. Pyotr I da esa turli xil manbalarda 50 mingdan 80 mingacha qo‘shin borligi keltiriladi (Vse voyni mirovoy istorii, po Xarperskoy ensiklopedii voyennoy istorii R.Dyupyui i T.Dyupyui s kommentariyami N.Volkovskovo. S-Peterburg, 2004, kniga 3, s.499).
Karl XII qamal vaqtida jarohatlangani sababli qo‘mondonlikni ikki generali Karl Gustav hamda Adam Lyudvig Levengauptga topshiradi. Ammo ikki general kelisha olmaydi va qo‘shin qo‘mondonlikning o‘zgarganidan bexabarligi tufayli tartibsizlik kelib chiqadi. Shvedlar tomonida jang qilishi kerak bo‘lgan kozaklar esa jangga qo‘shilmaydi.
Jang 8-iyul kuni tong yorishmasidan oldin boshlandi. Hujumni shvedlar boshladi. Ular dastlab hech qanday qarshiliksiz ruslarning istehkomlarini qo‘porib tashladi. Ammo qo‘mondonlikdagi xatolik tufayli general Roosning 2500 kishilik bo‘linmasi rus liniyasiga qamalda qoldi va o‘q-dorilari tugaganidan so‘ng taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi6.
Birozdan keyin 25 ming kishilik rus infanteriyasi mudofaadan chiqib, Levengauptning 4 ming kishilik bo‘linmasiga qarshi turdi. Ularni artilleriya qo‘llab turdi. Shvedlar hujumga o‘tib, katta yo‘qotishlarga qaramay, rus infanteriyasini chekinishga majbur qila oldi. Biroq rus kavaleriyasining chap qanotdan bergan zarbasi natijasida Shved infanteriyasi tarqalib ketdi. Shved kavaleriyasining yordami ham natija bermagach, shvedlar qochishga tushdi. Soat 11 da Karl XII chekinish haqida buyruq berdi va o‘zi ham kichik birliklar bilan janubga qarab yurdi. Levengaupt esa o‘zining qochib qutulgan askarlari va kozaklar bilan Dneprga qarab yurdi. Biroq ta’qib etilganidan so‘ng uch kun o‘tib taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi. Marshal Renskiold ham asir olindi.
Karl XII getman Mazepa bilan birgalikda Usmonli hududiga o‘tib ketdi. Polshadagi Krassov qo‘shiniga borib qo‘shilishi kerak bo‘lgan bo‘linmasi yo‘lda ruslar tomonidan tor-mor etildi, general Gillenkrok esa asir olindi. Keyinchalik esa xoinlikda ayblangan minglab kozaklar qatl etildi (Peter Englund. Poltava: Rasskaz o gibeli odnoy armii = Englund P. Poltava. Berattelsen om en armés undergång. — Stockholm: Atlantis, 1989. — М.: Novoye knijnoye obozreniye, 1995, Gl. 28.).
Jang natijasi Jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng 1500 kishilik odami bilan Usmonliga qochgan Karl XII faqatgina besh yildan keyin Shvetsiyaga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Ungacha Usmonli hududida yarim-tutqun holida yashadi. Shvetsiya armiyasi ushbu jangdan keyin juda zaiflashib qoldi va faol jang harakatlari olib bora olmaydigan bo‘ldi. Shimoliy urushda va alyansda Rossiya ustunligi kuchaydi. Alyansdan chiqqan Saksoniya va Daniya yana qaytadan a’zo bo‘ldi. Polshada Stanislas hukmronligiga chek qo‘yildi va o‘zi surgun qilindi. Taxtga esa oldingi qirol Avgust II o‘tirdi va Rossiyaning Polshadagi ta’siri yana kuchaydi7.
Umumiy hisobda 23 ming shved askari asir olindi va ulardan to‘rt mingi keyinroq o‘z vataniga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Asirlar rus qo‘shiniga xizmat qilishga olindi. Ulardan ikkita Astraxan va Kazan piyoda polki tuzildi. Shvedlardan iborat dragun polki 1717-yilgi Bekovich Cherkasskiyning Xiva ekspeditsiyasi tarkibida Xorazmga kelgan. Xivada esa ushbu qo‘shin Xorazm xoni Sherg‘ozixonning aqlli taktikasi yordamida qirib tashlangan. Shuningdek, asir olingan uch ming shved askari Sankt-Peterburg shahri qurilishida ishlatildi.
1709-yilning dekabr oyida Pyotr I jangdagi g‘alaba sharafiga Peterburg flotida “Poltava” harbiy korablini ishga tushirdi. Keyinchalik bir nechta shunday nomad harbiy kemalar ishga tushirildi.
Tarixchi V.A.Artamonovning ta’kidlashicha: “Poltava g‘alabasi Pyotr davrining eng yorqin g‘alabasi edi. Pyotr I hayotining asosiy jangidan haqli ravishda g‘ururlangan. Uning o‘zi ushbu g‘alabani ‘Olamda misli ko‘rilmagan g‘alaba’, ‘Rus tirilishi’, ‘Najotimiz va farovonligimizning boshlanishi’ deb nomlagan” 1
Ushbu jang Rossiya tarixida 1812-yilgi “Vatan urushi” va Ikkinchi jahon urushi yillaridagi urushlarga tenglashtiriladi. Jang bo‘lib o‘tgan maydon tarixiy-madaniy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan, jang haqida muzey tashkil qilingan. 1909-yilda G‘alabaning 200 yilligi keng nishonlandi. Bugungi Rossiyada 10-iyul Rus armiyasining shvedlar ustidan qozongan g‘alabasi kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Shuningdek, xalq orasida “Poltava ostonasidagi shved kabi g‘oyib bo‘ldi” iborasi saqlab qolingan.


Download 99.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling