Mundarija kirish i-bob. Sirtlarning hosil bo‘lishi va ularning chizmada berilishi haqida umumiy tushunchalar


Sirtlarning karkas usulida berilishi. Ba’zi bir sirtlarini aniq geometrik qonuniyatlar bilan berib bo‘lmaydi. Bunday sirtlar shu sirt ustida yotuvchi bir nechta nuqtalar yoki chiziqlar bilan beriladi


Download 0.62 Mb.
bet6/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1762967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shernayeva Nadima Sirtlarning hosil bo‘lishi va ularning chizmada

Sirtlarning karkas usulida berilishi. Ba’zi bir sirtlarini aniq geometrik qonuniyatlar bilan berib bo‘lmaydi. Bunday sirtlar shu sirt ustida yotuvchi bir nechta nuqtalar yoki chiziqlar bilan beriladi.


Sirtni uning ustidagi bir necha nuqtalar yoki chiziqlar bilan berilishi uning karkas usulida berilishi deb yuritiladi. Sirt ustida tanlangan chiziqlar to‘plami sirtning karkaslari deyiladi

Aylanish sirtlari


Ta’rif. Biror tekis yoki fazoviy chiziqning qo‘zg‘almas to‘g‘ri chiziq atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan sirt aylanish sirti deb ataladi.
Harakatlanuvchi chiziq sirtning yasovchisi, qo‘zg‘almas to‘g‘ri chiziq esa uning aylanish o‘qi deyiladi. Yasovchi va aylanish o‘qi aylanish sirtning aniqlovchilarini tashkil qiladi.

Ushbu da m(m′, m″) egri chiziqning i(i′, i″) aylanish o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi aylanish sirti tekis chizmada tasvirlangan. Yasovchi va aylanish o‘qi ma’lum bo‘lsa, aylanish sirti to‘la berilgan hisoblanadi. Sirtning berilishini uning aniqlovchilari orqali Ф(m, i) ko‘rinishida yozish mumkin.


Ushbu da m(m′, m″) egri chiziqning i(i′, i″) aylanish o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi aylanish sirti tekis chizmada tasvirlangan. Yasovchi va aylanish o‘qi ma’lum bo‘lsa, aylanish sirti to‘la berilgan hisoblanadi. Sirtning berilishini uning aniqlovchilari orqali Ф(m, i) ko‘rinishida yozish mumkin.

1.1.Aylanish jarayonida yasovchining hamma nuqtalari aylanalar bo‘yicha harakat qilib, bu aylanalar sirtning parallellari deyiladi.


  • Aylanish jarayonida yasovchining hamma nuqtalari aylanalar bo‘yicha harakat qilib, bu aylanalar sirtning parallellari deyiladi.

  • Aylanish o‘qidan o‘tgan barcha tekisliklar meridian tekisliklari, ularning aylanish sirti bilan kesishish chiziqlari esa sirtning meridianlari deyiladi.

  • Frontal meridian tekisligi bosh meridian tekisligi hisoblanib, uning sirt bilan kesishish chizig‘i bosh meridian chizig‘i yoki sirtning frontal ocherki deb ataladi.

  • dagi umumiy ko‘rinishdagi aylanish sirtning aylanish o‘qi gorizontal proyeksiyalar tekisligi N ga perpendikulyar joylashganligi uchun sirtdagi parallellarning (n1″, n2″, n3″,….) frontal proyeksiyalari to‘g‘ri chiziq kesmasi ko‘rinishida, gorizontal proyeksiyalari esa haqiqiy kattalikda, ya’ni aylana ko‘rinishida tasvirlanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling