Mundarija: Kirish I bob. Sovun ishlab chiqarish jarayoni tavsifi


Kurs ishning maqsadi va vazifalari


Download 1.48 Mb.
bet2/18
Sana11.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1454925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini2

Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va loyihalash.
Yuqoridagi maqsadlarga asoslangan holda kurs ish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi.

  • Texnologik jarayonning tavsifi.

  • Avtomalashtishni struktura sxemasining tavsifi, nazorat qilinuvchi va sozlovchi parametrlarni ilmiy tahlili.

  • Avtomalashtishni funsional sxemasining tavsifi.

  • Printsipial elektr sxemani tavsifi

  • O’lchash va nazorat qilish asboblari (KИПи А) tasnifi

Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Mamlakatimizda sun’iy yuvish vositalarini ishlab chiqaridagan korxonalar va firmalar tadqiqiot ob’ekti sifatida olingan. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayonlarida uchrayotgan mavjud muammolar va ulapni bartaraf etish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘rganish kurs ishining predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishning asosiy amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari respublikamizda amalda bo’lgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bu ilmiy ishimiz hozirgi kunda eng dolzarb muammolar echimlarini hal etishga bag’ishlangandir.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Ushbu kurs ishi kirish, xulosa, va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar, uch bobdan iborat bo’lib, bu boblarda 7 ta savol mujassamlashgan.

I BOB. SOVUN ISHLAB CHIQARISH JARAYONI TAVSIFI
1.1.Texnologik jarayonning tavsifi.
Sovun ishlab chiqarish qurilmasi silindrik korpus (1) dan, konussimon taglikdan va qopqoqdan tashkil topgan. Hosil bo‘lgan CO2 va ishlatilgan ochiq bug‘ni atmosferaga chiqarib yuborish uchun qozonni qopqog‘ida so‘ruvchi patrubok (5) bor. Qopqoq ostiga halqasimon purkagichlar (3 va 4) joylashtirilgan, ular orqali yog‘ kislotalari, yog‘lar, ishqor eritmasi, tuz eritmasi, issiq suv qozonga beriladi. Ko‘rish oynasi (6) sovun pishirish jarayonini kuzatish (ba’zan quruq tuzni solish uchun) uchun xizmat qiladi. Tindirilgan sovun yadrosi nasosga ulangan sharnirli sifon truba (7) orqali quyib olinadi. Sharnirli truba zanjir va lebyodka (2) yordamida harakatga keltiriladi. Sovun yadrosini qizdirish uchun zmeevik (8) o‘rnatilgan. Qozonni pastki qismida sovun osti ishqori va sovun osti yelimini bo‘shatish uchun shtutser (9) mavjud.

1.1-rasm. Sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish qurilmasi
Bilvosita usul bilan sovun pishirish bilan olingan tayyor mahsulotga hid va ranggi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Bilvosita usul bilan xo‘jalik sovuni pishirishning texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalar ketma-ketligidan iborat: toza yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun yelimini yadro va sovun osti yelimiga ajratish bilan qisman tuzlash; tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun yelimini yadro va sovun osti ishqoriga ajratish bilan to‘liq tuzlash, silliqlash. Sovunlash jarayoni bevosita usul bilan ham olib borilishi mumkin, ya’ni dastlab karbonatli sovunlash, keyin kaustik sovunlash orqali sovun yelimi olinadi. Olingan sovun yelimida sovun ko‘rinishida bo‘lgan yog‘ kislotalar miqdori 52% dan kam bo‘lmaydi. Sovun yelimini qisman tuzlash elektrolitlar (osh tuzi yoki kaustik soda eritmalari) bilan olib boriladi. Buning uchun sovun yelimiga qaynayotgan va aralashtirilayotgan holda hisoblangan miqdorda elektrolit (20% li osh tuzi eritmasi) beriladi. Har bitta elektrolit porsiyasi berilganda sovunli massa, to elektrolit to‘liq yoyilib ketgunicha yaxshilab aralashtiriladi va qaynatiladi. Sistemani yadro va sovun osti yelimiga ajralishini ta’minlovchi elektrolit konsentratsiyasi yog‘li aralashma retsepturasi va yog‘ kislotalar konsentratsiyasiga qarab belgilanadi. Odatdagi yog‘ retsepturasi bo‘yicha sovunni qisman tuzlash bilan pishirishda ishlatiladigan elektrolitlarning me’yoriy konsentratsiyalari quyida ko‘rsatilgan.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling