Mundarija: Kirish I bob. Sovun ishlab chiqarish jarayoni tavsifi


Download 1.48 Mb.
bet1/18
Sana11.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1454925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini2


Mundarija:
Kirish
I BOB. Sovun ishlab chiqarish jarayoni tavsifi

    1. Tehnologik jarayoni tavsifi

    2. Sovun maxsulotining tarkibi

    3. Sovun ishlab chiqarish qurilmalari

    4. Sovun ishlab chiqarish texnologiyasi

II BOB Sovun ishlab chiqarish jarayonining umumiy sxemalari.
2.1. Texnologik jarayon struktura sxemasi.
2.2. Texnologik jarayon funksional sxemasi.
2.3. Texnologik jarayon prinsipial elektr sxemasi.
III BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI ROSTLASH VA BOSHQARISH
3.1. O’lchash va nazorat qilish asboblari (KИПи А) tasnifi
3.2. Sovun ishlab chiqarish jarayonida rostlash tizimining xisoblari
3.3. Umumiy shit va boshqaruv pulti sxemalarining tavsiflari asosiy shit konstruksiyasi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Yog’-moy sanoatida Respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. O’zbekistonda qadimdan o’simlik yog’i kunjut, paxta chigiti, zig’ir, maxsar urug’i, poliz ekinlari urug’laridan juvozlarda olingan. O’zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884-yili Qo’qonda qurilgan. 1913-yili 30ta kichik yog’ zavodi 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik quvvati 3 mln tonna moyli o’simlik urug’larini qayat ishlaydigan 20 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog’ida paxta, soya, raps moylari, meva danaklari xamda sabzavot urug’laridan olinib atir-upa, farmotseftika va oziq ovqat sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan yog’lar, margarin maxsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. O’simlik moy ishlab chiqarishda yiliga o’rtacha 2.1 mln tonnadan ko’proq paxta chigiti ishlatiladi raps, zig’ir, maxsar urug’i, shuningdek import bo’yicha olinadigan soya dukkagi qayta ishlatiladi.
Respublika yog’-moy sanoati umumiy maxsuloti xajmining 40% ga yaqinini xususan paxta moyi eksportga chiqariladi. Xalq xo’jaligida yog’lar katta ahamiyatga ega chunki ular karbonsuvlar va oqsillar bilan bir qatorda oziq-ovqatning asosiy komponenti xisoblanadi. Yog’ning to’yimlilik quvvati korbonsuvlar va oqsillarga qaraganda 2-2.5 marta katta. yog’larning tarkibida linol, linolen va araxidan kislotalari (Vitomin F) , vitamin E,D,A, karotin (pirovitamin) fosfotidlar, sterinlar mavjud. yog’larni qayta ishlash sanoatining boshlang’ich xom ashyosi o’simlik yog’lari va mol yog’lari xisoblanadi. Ularning asosiylari kungaboqar va paxta yog’lari, qo’y va mol yog’laridir. Bizni mamalaktimizda qattiq va yarimqattiq yog’larning tabiiy resurslari cheklanganva xalq xo’jaligini ehtiyojini qoniqtirmaydi shuning uchun suyuq o’simlik yog’larini gidrogenlash yo’li bilan qattiq yog’lar aylantiriladi. Va turli qattiqlikda va turli erish temperaturali gidrogenlangan yog’lar (saloma) olinadi. Shuningdek gidrogenizatsiya jarayonida soapstokdan ajratib olingan yog‘ kislotalari yoki yog’larning gidroliz vaqtida olingan yog’ kislotalari xam ishlatiladi.
Sanoatning kimyo ozik-ovqat va boshqa tarmoqlarining amaldagi korxonalarini zamonaviylashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bog’liq katta hajmdagi ishlarni bajarishni ko’zda tutadi. Avtomatlashtirish sistemalarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish-ko’p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va montaj-sozlash ishlari, Shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish sistemalarining ishonchli ishlashini ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik sistemalarning turli ko’rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo’lgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemaning avtomatlashtirish sistemalarining montaj qilish sozlash va ishlatish masalalari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo’ladigan tilda ifodalash kerak. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini, impulsli va komanda liniyalarini va manba liniyalarini o’tkazish sohasida tushuncha yagona bo’lishi kerak.
Bu bir so’zdan tushunishga, masalan, montaj ishlarida ishlovchilar sistemasini ishlab chiqish yoki ishlatish jarayonida montajchilarning bevosita ishtirokisiz qay tarzda erishish mumkin? Bunday bir-birini tushunish maxsus ishlab chiqiladigan texnik xujjat vositasida ta’minlanadi, bu xujjat texnologik jarayonni avtomatlashtirish loyihasi deyiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling