Mundarija: Kirish I bob. Sovun ishlab chiqarish jarayoni tavsifi
Download 1.48 Mb.
|
Sun’iy yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-54 1,3 dan ortiq emas 54-56
1.1-jadvali
Tuzlash tugaganda NaOH miqdori 0,3% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Qisman tuzlash to‘g‘ri olib borilsa, qozondagi sovun massasi bir tekis qaynaydi, uni yuzasida kengligi 20-25 sm bo‘lgan plastinalar ko‘rinadi. Po‘latdan yasalgan shpateldan yupqa qatlamda oqib tushadi, bunda shpatelni yuqorigi qismi quruq, pastki qismida esa sovun yupqa qatlamda tiniq ko‘rinishda bo‘ladi. Sovun massasini qisman tuzlash jarayoni tugagandan keyin, uni to ikki fazaga ajralguncha bir necha soatga tindirib qo‘yiladi. Bu fazalar tarkibida 60-63% yog‘ kislotalari bo‘lgan yadro (tayyor sovun asosi) va 25-30% yog‘ kislotalari bo‘lgan sovun osti yelimidan iborat. Tindirish vaqti yog‘ tarkibi, konsentratsiyasi va qozon hajmiga bog‘liq. Masalan, hajmi 50m3 bo‘lgan qozonda tindirish vaqti 20-30 soatni tashkil etadi. Chiqayotgan asos (yadro) va sovun osti yelimining nisbati 65-70% va 35-30% bo‘ladi. Tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, tarkibida 0,2% dan ko‘p miqdorda erkin ishqor va 1% dan ko‘p bo‘lmagan natriy karbonat bo‘lgan tayyor sovun asosi sovun-yig‘gichga yuboriladi va sovitishga, so‘ng quritishga va mexanik ishlov berishga jo‘natiladi. Sovun osti yelimi esa pastki shtutser orqali alohida qozonga beriladi va tozalash maqsadida qayta ishlanadi. Sovun pishirish uchun tozalanmagan yog‘li xomashyo va soapstokli yadro ishlatilganda sovun osti yelimi elektrolit eritmasi bilan to‘liq tuzlanadi. Buning uchun sovun osti yelimiga ochiq bug‘ bilan qaynatib va aralashtirib turgan holda yetarli miqdorda 20% li osh tuzi eritmasi beriladi. Agar kurakchaga olingan namunada tiniq suyuqlik (sovun osti ishqori) orasida yadro donachalari aniq ko‘rinsa, to‘liq tuzlash oxiriga yetdi deb hisoblanadi. Tuzlash jarayoni tugayotganda sovunli massa tindiriladi (sig‘imi 50m3 bo‘lgan qozonda 2-4 soat) bunda ikki xil faza (yadro va sovun osti ishqori) hosil bo‘ladi. Sovun osti ishqori so‘nggi marta ishlov berish uchun alohida sig‘imga olinadi, yadro esa asos sifatini oshirish, tarkibidagi elektrolit miqdorini kamaytirish va rangini yaxshilash maqsadida silliqlanadi. Silliqlashda dastlab yadroga suv qo‘shib, ochiq bug‘ orqali qaynatish yo‘li bilan uni sovun yelimiga aylantiriladi. Olingan, tarkibida 50-55% yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun yelimi qisman tuzlanadi va sistema yana yadro va sovun osti yelimiga ajraladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling