Mundarija: Kirish i-bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar


Download 277.99 Kb.
bet13/17
Sana27.10.2023
Hajmi277.99 Kb.
#1726142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar turlari, tayyorlash jarayoni, oziqaviy qiymati, sifatiga qo‘yiladigan talablar

Tvorog solingan chuchvara. Bu taomni tayyorlash xa­mir tayyorlash, qiyma tayyorlash, chuchvara tugish, pishirishga tayyor mahsulotni sovuq joyda saqlash va pishirish jarayonlarida amalga oshiriladi.
Tvorogli chuchvara uchun xamir tayyor­lash. Xuddi chuchvara uchun xamir tayyorlangandek tay­yorlanadi. Sut yoki suvga tuxum solib aralashtiriladi va tuz, shakar solib eritiladi. Sо‘ng elangan un solib aralashtiriladi. O’rtacha qattiqlikdagi xamir qoriladi va usti hо‘l mato bilan yopilib 40 daqiqa tindiriladi, bunda xamirning chо‘ziluvchanlik darajasi oshadi.
Qiyma tayyorlash uchun tvorog elak yoki mashina yordamida eziladi va xom tuxum, shakar, tuz qо‘shib yaxshilab aralashtiriladi va yumaloq yong‘oq shaklida qilib bо‘linadi. Xamir 1,5—2 mm qalinlikda yoyilib, diametri 4—5 sm-doira shaklida kesiladi, о‘rtasiga tvorog qiymasi solinib, xamir chetlariga xom tuxum surtiladi, qiyma usti berkitilgan holda yarim oy shakli berilib, xamir. Chetlari yopishtirib chiqiladi. Bundan tashqari tvorogli chuchvara tayyorlashda boshqacha usuldan ham foydalanish mumkin. Buning uchun xamir syilib, bir chiziqda xamir ustiga oralig‘ini 4—5 sm qilib sharcha shaklida tvorog qiymasi qо‘yiladi, atrofidagi xamir yuziga tuxum surtilib, qiyma usti buklangan xamir bilan yopilib, maxsus kesuvchi asbobda yarim oy shaklida qiyma atrofidan xamir kesilib shakl beriladi. Chuchvaralarga shakl berib kesishda keng taxtakach yoki usti taxtali stollardan foydalaniladi. Tayyorlangan yarim tayyor mahsulotni pishirguncha patnis yoki lotoklarga un sepib bir qator terib; —6 dan 0° gacha sovuq xonalarda saqlanadi. Agar xona harorati iliq bо‘lsa, 20 daqiqagacha vaqt jarayonida saqlash mum­kin.
Tvorogli chuchvaralar yuzasi keng idishga suv solib (1 kg mahsulotga 4 l. suv hisobida) qaynatib, meyorini ushlab tuz solinadi. Bir oz qaynagach tvorogli chuchvara solinib, olov balandlatiladi. Qaynab chiqqach olov pasaytirilib, 5—8 daqiqa davomida qaynatib iste’molga tayyor holga keltiriladi. Suv yuziga sizib chiqqan chuchvaralar chovlida suzib, suyuqligi silqitilib\ isitilgan likobchaga solinib, ustidan erytilgan sariyog‘ yoki nordonroq qaymoq quyib beriladi. Nordonroq qaymoqni alohida idishda berish ham mumkin.
Xamir uchun: bug‘doy uni 57, tuxum 1 dona, sut yoki suv 20, shakar 2, tuz 1; qiyma uchun: tvorog 87, tuxum 1 dona, shakar»8, bug‘doy uni 4, vanilin, 0,01, xom chuchvara og‘irligi 185, sariyog‘ yoki nordonroq qaymoq 25. Sof og‘irlygi 210, 225.

Download 277.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling