Mundarija: Kirish i-bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar


Download 277.99 Kb.
bet1/17
Sana27.10.2023
Hajmi277.99 Kb.
#1726142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar turlari, tayyorlash jarayoni, oziqaviy qiymati, sifatiga qo‘yiladigan talablar


Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar turlari, tayyorlash jarayoni, oziqaviy qiymati, sifatiga qo‘yiladigan talablar.
Mundarija:

Kirish…………………………………………………………………...…………..3


I-Bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar
1.1. Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot………………………………...………6
1.2.Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan sovuq va issiq taomlar……………..15
II. bob “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ”

2.1. «Klaster» metodi haqida ma’lumot…………………………………...........30


2.2. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish”............................................................33
Xulosa………………………………………………………………………….….40
Adabiyotlar………………………………………………………………………..40

KIRISH

Mustaqil Respublikamizda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishi va mehnat bozorining shakllanishi yoshlarni uzluksiz mehnat ta’limiga о‘rgatishning qator tizimini ishlab chiqarish va ilmiy asoslash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu tizimning eng asosiy zvenosi, bilimlar sifati davlat standarlari asosida о‘quvchilarni mehnatga tayyorlashdir.


Mehnat ta’limini sifati о‘quvchini olgan bilim meyori (tushunchalar-tizimi), qanchalik olgan bilimlari tufayli о‘rganilganligini, kasbini, mutaxassislikni egallash (uni ishlab chiqarishga tadbiq eta bilish, bevosita boshqara bilish kabi) darajasi о‘quvchini mustaqil fikrlashga oid makon va zamon taqozo qiluvchi meyorlardan biridir.
Mehnat ta’limini maqsadi “Har tomonlama kamol topgan, qobilyatli, malakali, о‘z kasbini sevadigan, mulkka bо‘lgan munosabatni shakllantirishdan iboratdir”. Chunki mehnat qilgan inson poklik, xalollik, vijdonlik, mehrli, xis tuyg‘uli, did kabi fazilatlarni о‘zida mujassamlashtirib kamol topadi.
Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chuniki, milliy kadrlar tayyorlash va ularnini har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o‘qituvchi –pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Insonga xamma vaqt ta’sir etuvchi tashqi muxit faktorlari ichida ovqatlanish juda muxim xisoblanadi. Ilmiy asoslar asosida kо‘rilgan ratsionli, balanlashtiruvchi ovqatlanish organizmning normal о‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, inson salomatligini va mehnatga layoqatliligini saqlaydi.
Umumiy ovqatlanish xalq xо‘jaligining bir sohasi bо‘lib, mamlakatimizda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlardan oqilona foydalanishni amalga oshiradi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari sifatida maktab ta’lim tizimini tubdan yangilash; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‘quv-moddiy bazasi va ta’lim standartlarini shakllantirish; Yashash joyidan qat’iy nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlararini bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni ta’lim olishi uchun tinch shart - sharoitlar yaratish; o‘qituvchilarning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish belgilab berilgan (modernizatsiya)
Maktablarda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini o‘zlashtirish, amaliy malaka va mahoratlarini shakllantirish, mustaqil va aqliy faoliyatga tayyorlashdagi o‘rnini hisobga olib, bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ” deb nomladik.
Kurs ishning obyekti:
Kasb –hunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiqiga asoslangan o‘qitish tamoyillari va metodlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonidir.
Kurs ishning predmeti:
“Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yo‘llariga bag‘ishlangan o‘quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari.
Kurs ishimizning dolzarbligi Hozirgi kunning asosiy talabi – jamiyatimizda o`sib kеlayotgan yosh avloddan uning mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini egallagan, erkin fikrlovchi, bukilmas pozitsiya va g`oyaga ega bo`lishni talab qiladi. Kasb-hunar kollеjlari va maktablarda zamonaviy ta'lim tеxnologiyalaridan foydalanish va bu orqali o’quv jarayonini takomillashtirish hamda o’qitishda samaradorlikka erishish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Yuqorida zikr qilinganlarga asosan, Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodini ishlab chiqish hamda bu texnologiyani mehnat ta’limi darslarida qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalarni berish dolzarb masalalardan hisoblanib, muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Kurs ishimizning maqsadi: Kasb-hunar kollеjlari va maktablarda “Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodi asosida o’qitish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo’ lib, bu maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni amalga oshiriladi:
- Tuxum va tvorog xaqida ma’lumotlar to’plash;
- Tuxumdan va tvorogdan tayyorlanadigan sovuq va issiq taomlar haqida ma’lumotlarni aniqlash;
- Tuxum va tvorog taomlari sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlarini taxlil qilish;
- Tvorog va tuxumdan taomlar tayyorlashni o'rgatish metodikasini taxlil qilish ;
- « Klaster » metodi haqida ma’lumotlar to’plash;
- Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda
« Klaster » mеtodini qo’llash bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki
« Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar » mavzusini Klaster metodi asosida o’qitish metodikasi bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar mehhat ta’limi o’qituvchilari, hamda kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o’quv ustalari, amaliyotchi talabalar va shu soha bo’yicha ilmiy tadqiqotchilarga foydalanish uchun imkoniyat yaratadi.



Download 277.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling