Mundarija Kirish I bob


Download 254.5 Kb.
bet1/14
Sana03.02.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1154026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi


O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi
Mundarija


Kirish ……………………………………………………………...……….........3
I bob. Pafos va uning o‘ziga xos xususiyatlari..................................…….7
1.Xarakter va emotsionallik …………......................................................7
2.N.Eshonqul, X.Do‘stmuhammad hikoyalarida xarakterlar
psixologizmi va ta’sirchanlik………………….........................................35


I bob bo‘yicha xulosalar…………………………………….................43


II bob.Estetik ideal va ijodkor konsepsiyasi ...........................................44
1.Nazar Eshonqul hikoyalarida estetik ideal va ijtimoiy muhit........…....44
2.X.Do‘stmuhammad hikoyalarida qahramon masalasi va estetik ideal..56


II bob bo‘yicha xulosalar.......................................................................64


III bob. Ramziylik ijodkor konsepsiyasining asosiy mezoni.…………..65
1.X.Do‘stmuhammadning “Jajman” hikoyasida ramziylik hamda makon va
zamon muammosi......................................................................................65
2.N.Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida qahramon va
voqelik ramzlar vositasida aks etish.....................................................79


III bob bo‘yicha xulosalar.......................................................................87


Xulosa……………………………………………………………………88
Adabiyotlar ro‘yxati................................................................................ 90
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, pafos badiiy asar g’oyasi bilan bog’liq holda, mazkur g’oyaga maftunlik natijasida ijodkorda paydo bo’lgan ko’tarinki ruh va hayajondir. Pafos eng kami uch ma’noni bildiradi.
Birinchidan, ijodda fikr va hisning birligi;
Ikkinchidan, pafos badiiy asarningg asosiy g’oyasi;
Uchinchidan, pafos yozuvchhi ijodining umumiy yo’nalishi ya’ni konseptsiyasi.
Ijodkorning konsepsiyasi pafos bilan birikib kitobxonni insoniy his – hayajonini oshiradi.
Avvalo shuni alohida ta’kidlash kerakki, inson o’n sakkiz ming olamda yaratilgan eng betakror va benazir mo’jiza. Hayratli jihati yana shundaki, insonning o’zi ham bunyodkor. Buning uchun uning yuragida betimsol g’ayrat – shijoat, kurashchanlik salohiyati mujassamlashgan. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “…insonning umri betakrorligini, unga berilgan hayot Ollohning buyuk inomi ekanini ta’kidlash joiz. Inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan bahramand bo’lish uchun tug’ilgandir”1. Mustaqillik davri kishisi ana shu benazir toleini barqaror etarkan, tarixiy – madaniy va ma’naviy merosga bashariy qadriyatlar sifatida yondashish va baholash madaniyatini shakllantirdi.
Mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabxalari, xususan, badiiy adabiyot ham dunyoni, jamiyat hodisalarini tushunish, shu bilan barobar mustaqil mamlakatning erkin fuqarolari madaniy – ma’naviy sharoitlarini ko’z- ko’z etish, olamga tanitish imkoniyatlariga ham ega bo’ladi. Bugungi kunda adabiyotimizning barcha tur va janrlarida kuzatilayotganidek, hikoyachilikda ham sifatiy o’zgarishlar va yangilanish jarayoni kechmoqda. Bu narsa birinchi galda qahramonlarning ma’naviy – intellektual faoliyatida namoyon bo’layotir. Chunki bugungi kunda dunyoqarashlar o’zgarib, ularga bo’lgan munosabatlar ham bashariy miqiyoslar kasb etmoqda. Vatanparvarlik, milatparvarlik, insonparvarlik xususiyatlari bugungi shaxs faoliyatining o’zak asosiga aylanib, jamiyat asoslarini, buguni va kelajagini ezgulik va go’zallik qonuniyatlari asosida yangilash, o’zgartirish shaxs ijtimoiy – ma’naviy faoliyatining bosh pafosi bo’lib qoldi.
Ma’lumki, har bir davr adabiyoti o’z qahramonlarining estetik dunyosi bilan bir – biridan faqr qiladi. Ayniqsa asar qahramonlari ijodkor estetik ideali orqali ta’sirchan yaratilsa, shu nuqtai nazardan biz magistrlik dissertatsiyamizda bugungi kun hikoyanavislari X.Do’stmuhammad va N.Eshonqul hikoyalari misolida hikoya janridagi pafos va ijodkor konsepsiyasini tahlil qilishga urindik. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi.

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling