Mundarija Kirish I bob


I.2. N.Eshonqul va X.Do’stmuhammad hikoyalarida xarakterlar psixologizmi va ta’sirchanlik


Download 254.5 Kb.
bet5/14
Sana03.02.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1154026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi

I.2. N.Eshonqul va X.Do’stmuhammad hikoyalarida xarakterlar psixologizmi va ta’sirchanlik

Darvoqe “Adabiyot – xarakterlar yaratish san’ati va ayni chog’da ana shu xarakterlar tilini bilish uning sirlarini bizga ochib ko’rsatish, asarlarni biz maroq bilan o’qiydigan yozuvchilarni har biriga beriladigan ta’rifdagi birinchi so’zlar shularku axir!


Shuning uchun ham badiiy adabiyotdagi psixologizmning tahlil tamoyillarini, shakl va vositalarini aniqlash va bu sohada muayyan bir fikrga kelishi dolzarb masaladir. N.Shodiyev yozadi: “Rus mumtoz adabiyotida psixologik tahlilning uchta asosiy prinsipiga ko’ra tashlanadi”. Akademik Xranchenko.M. ushbu prinsiplar tasnifini berib, ular har bir davr adabiyoti uchun umumiy bo’lgan prinsiplar ekanligini ta’kidlaydi. Bular dinamik, tipologik,analitik prinsiplardir. Bu prinsiplar har bir ulug’ san’atkorning ijodiy mohiyati bo’lib, realistic so’z san’atining asosini tashkil etadi. Masalan, A.S.Pushkin qahramonlar psixologiyasini ichki hayotini tasvirlashda dinamik prinsipga amal qilib, qahramonlarning ruhiy qiyofalarini ularning hatti harakatlarini qiliqlari orqali ochib beradi. N.V.Gogol va gogolona yo’nalishdagi adiblar ijodida tipologik prinsip nomayon bo’ladi. Har insonning ichki olami harakterlar ichki hayotining ijtimoiy – maishiy tomonlari bilan bog’liq holda ko’rsatib berdilar. M.Y.Lermontov esa yangi analitik prinsipni rivojlantirdi. Urus va jahon adabiyotida birinchilardan bo’lib, qahramonlar dunyosini ularning hatti – harakatlari, qiliqlari orqali ochish bilan birga, fikrlar va hislar oqimini, dialektikasini ham ochib berdi.
N.Shodiyev maqolasida yana shunday fikrlar bor: “Bu prinsiplar o’z mohiyatini hozir ham yo’qotgani yo’q”. bugungi kun o’zbek hikoyachiligidagi psixologik tahlil jarayoniga bir nazar tashlaylik. Umuman, o’tish, burilishlar davrida odamlarda inkor etish kayfiyati kuchliroq bo’ladi. Bunday paytda ularni uncha – muncha yangilik bilan qanoatlantirib bo’lmaydi. Kishilar faqat favqulodda o’zgarishlarni kutib yashashadi. Oxista sodir bo’layotgan yangiliklar qadriga ko’p yetishmaydi.
Insonning o’zligini anglash yo’lidagi mashaqqatli izlanish, azoblanishlarini ko’rsatish istiqlol tufayli o’zgarayotgan adabiyotimizning hikoyalari uchun ham bosh mavzuga aylangan.
Bugungi hikoyachilikda analitik prinsip – qahramonlar ruhiyatidagi fikr va hislar oqimi tug’yoniga ular o’rtasidagi dialektikaga “qalb dialektikasiga” e’tibor ko’chayan.
Taniqli adib Xurshid Do’stmuhammadning “Bugun ertalab”, “Jajman” hikoyalari psixologizmning yuqridagi talabi asosida yaratilgan. Hikoyalarida adib qahramonlariga yon bosmagani kabi o’zini ham ayamagani, ichki kechinmalarini ochiq – oshkor izhor qilgani aniq bilinib turadi.
O’zgarayotgan adabiyotimiz sahifalarida an’anaviy asarlardan bir qadar bishqacha farqli hikoyalar ham mavjud. Ulardan biz ko’nikkan odatdagi asarlardagi singari singari hayotning jiddiy bir muammosi haqida so’z yuritilmaydi. Qahramonlar orasidagi nizo kelishmovchilik bayon qilinmaydi. Bu hildagi yangicha hikoyalar yozayotganlar orasida Xurshid Do’stmuhammadning izlanishlarida e’tiborni tortadigan chog’ishtirish, qiyoslar mavjud. Ularda hodisalarga kutilmaganda yondashiladi. Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalarida psixologik tahlilning dinamik tipologik prinsiplari tez – tez ko’zga tashlanadi. Uning hikoyalari atrofimizda, o’z ichimizda e’tibor qilinmagan haqiqatlar qat – qat ekani haqida o’yga cho’mdiradi.
Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyalarida ham psixologik tahlilning uchala prinsipini ham kuzatish mumkin. Adib tasdiq va inkor iskanjasidagi odam orazini yangicha shaklda ko’rsatishga intiladi.
Xurshid Do’stmuhammadning butun e’tiborini bosh qahramon his va ehtiroslari tahliliga, lirik tuyg’ular tufayli paydo bo’lishi fikrlar dialektikasiga qaratilgan. “Ibn Mug’anniy” hikoyasini taftish qilamiz.
Hikoya butunlay ramziy obraz, tafsil va shiorlarga asoslanganligi yashirin falsafiy talqinga moyilligi, aniqroq qilib aytganda murakkab badiiy sintez mahsuli bo’lganligi uchun birdaniga aniq tahlil qilish imkonini bermaydi. Ikki karra ikki barobar to’rt qabilidagi hikoyalarga ko’nikib qolgan kitobxonning badiiy estetik tafakkuri asardagi tashqi ramziy shiorlari bilan ichki mazmuniy qatlamning aloqadorligini tezda aniqlab yetishga yo’l bermasligi tabiiy. Shuning uchun bo’lsa kerak ushbu hikoya haqida aniq va lunda fikr yuritilgan tanqidiy maqola tadqiqotlar juda kam.
Hikoya Ibn Mug’anniyning qor bosgan hovlida mashaqqat chekib hovli adog’idagi bolaxonali uy tomon borishga intilishi tasviri bilan boshlanadi. Shu mashaqqatli harakat asosida yotgan sirli va mavhum sababni o’quvchiga yetkazish maqsadida adib uzundan – uzoq jumla tuzadi. Mana shundan keyingina u o’z qahramonining behad qor uyumlari ichiga kirib qolganligini badiiy jihatdan asoslashga harakat qiladi. Ma’lum bo’lishicha Ibn Mug’anniy bolaligidan qorni sevar edi. Qor yog’ishi bilan u tashqaridan kelmas edi. Yillar o’tishi bilan Ibn Mug’anniy ulg’aygan bola – chaqasi bilan umrguzaronlik qiladigan hovlining fayzi ketdi. Hikoyada mana shundan keyin ilgari adabiyotda oqlik ezgulik ramzi sifatida talqin qilinib kelingan qor ramziy obrazi butunlay boshqa bir majoziy ma’noda yovuzlik va daxshat ma’nosida badiiy talqin qilina boshlaydi. Chunki qish kuz va bahor mavsunlarining mazmun mohiyai yuqolib, bu hovlida tinimsiz qor yog’ishi odatiy holga aylanadi. Muhimi shundaki, shamol boshqa joylardagi qorlarni ham uchirib kelib, Ibn Mug’aniyning bog’ – hovlisiga sochadi. Shuning uchun Ibn Mug’aniy barcha oila a’zolari bilan qor bosgan uyda bandi bo’lib qoladi.
Oila a’zolari uchun na kunni na tunni farqi bo’lib qoladi. Kattalaru bolalar malixushyo kunlarni boshdan kechirayotgan edilar. Ularning uxlayotganini ham uyg’oqligini ham farqlab bo’lmas hammalari shivirlab hatto imo ishoralar bilan gaplashadigan bo’lib qolayotgan, bundan xovotirga tushayotgan Ibn Mug’aniy ramz solib ko’rsaki bu ham holva – uyiga gurung, javob muomala qahatga uchrayotganini payqadi. U to’satdan, “Gapirsalaring-chi, nima tildan qolayapsizlarmi, hammang” deya baqirib – chaqirib qolar, burchak – burchakda biqinib, ko’rpasiga o’ranib tinimsiz non kovshayotgan o’g’illari, onasining pinisidan chiqmaydigan qizi nima gap aytishini bilmay hayronu lol bo’lib bo’zrayib o’tiraverishardi. Shundagina Ibn Mug’aniy o’zi ham tobora kamgap bo’lib borayotganini o’ylab ko’rsa, keyingi ikki – uch kunda uch – to’rt og’izdan ortiq so’z aytmaganini eslab qolar noiloj, bolalikda ko’rgan kechirganini xotirlashga tushar bolalar takrorlanaverganidan yoz bo’lib ketgan otalarining hikoyasini betasir, beparvo tinglar edilar.
Keltirilgan ushbu parchada Xurshid Do’stmuhammadning Ibn Mug’aniyning qalb iztiroblari va kechinmalarini hatti harakatlar, yuz tuzilishi, ko’z qarashlari orqali ochadi.
Hikoyani kitobxonga g’ayritabiiy tasavvur tug’dirishiga sabab bo’layotgan bir sabab shundaki, adib kichik bir hikoya miqiyosida ramziy ma’no kasb etuvchi badiiy obraz va tafsillarga haddan ziyod o’rin beradi. Bir misol uyning shiftidagi toqilar orasida topilgan yashil bahmalga o’ralgan kitob tafsilotiga adib kuchli ramziy ma’no yuklaydi. Ya’ni bu kitob insoniyatni yuksak ma’naviyatga yetaklovchi boylik ramzini anglatsa, unda yozilgan yagona jumla “Kuyolamni sel qiladur”dan iborat to’rtta kalom insonning orzu – istaklari ramzini ifodalaydi.
Bu orqali ijodkor ojdodlari o’tgan hovli adog’idagi boloxonali uy chog’dog’ida osib qo’yilgan sozlarni Ibn Mug’aniy xotirasiga jonlantiradi. Mana shundan keyin u o’z jonini xavf ostiga qo’yib, ne ne mashaqqatlar chekib, qarg’alar va kalamushlar xurujiga qarshi kurashib ana shu uy tomon intiladi va oxir-oqibatda yetib boradi.
Xullas, hikoyada yozuvchi uchun ichki dunyoning ruhning kechinmalarini tashqi qiyofa, holat va hatti harakatlarda tasvirlash ya’ni dinamik prinsip asosiy mezondir.
Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo’lmaydi” psixologizmini analitik prinsipi yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu prinsipda voqealar tafsilotining tasviriga nisbatan his tuyg’ular tafsiloti tasviri birinchi planga chiqadi.
Qahramonning ruhiy jarayoni, bu jarayonning betinim o’zgaruvchanligi, fikrlar, hislar va kechinmalarining rivoji va oquvchanligi keng tahlil etiladi.
Shuning uchun ham Nazar Eshonqul “Shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyasida asosiy diqqatini qahramonning o’z shaxsidagi qarama – qarshi fikrlar jangiga, his tuyg’ular kurashiga qaratadi. Qahramon qalbi dialektikasining ochilishi. O’sha qahramonni tug’dirgan va o’stirgan muhit ko’p qirrali panoramasining realistic tasviriga olib keladi.
Yozuvchi asar qahramoni Baynamomoning uzoq davom etgan motamsaro ayni paytda mardona hayot yo’lini o’ziga xos ohangda hikoya qiladi. Aslida bu asar uchun “hikoya qiladi”, ko’rsatadi deyish nisbiy, chunki unda momoning hayot yo’lini roviy tilidan bir boshdan tartib bilan hikoya qilib berish yo’q. Shuningdek asarda an’anaviy realistik hikoyalarga xos qahramon hayoti lavhalarini kartinalar orqali gavdalantirish, personajlarga to’qnashuvlar, dialoglar uchramaydi. Momo qismati bilan bog’liq xarakterli voqealar chunonchi u qishloq ahli olamon orasidagi ziddiyat bir – ikki detallar, shitrixlar, ixcham lavxalar orqali eslatiladi. Hatto hikoyadagi eng jiddiy to’qnashuv, olishuv momoning eri va uning qotili Zamon otboqardan qasos olishi uni chovaqlab qonli barmoqlaridan judo etish voqeasi sahna ortida yuz beradi. Bu mudxish voqeani muallif imo – ishoralar, detallar orqali ayon etadi. Asarni mutolaa qilayotganda g’am – g’ussaga to’la va ayni paytda mardonavor og’ir bir kuyni tinglayotganday bo’lasiz , Momoning ruhiy holati va hayoti go’yo shu kuy pardalari orqali ifoda etiladi.
Bayna momo bir paytlar faqat qishloq emas butun tog’li xalqning orini ko’targan, nomini chiqargan eri Rayim polvonni quloq deya ta’qib qilishlari mol – mulkini tortib olishlari song itday xor qilib otib tashlashlariga yo’l quygani va o’g’li bilan erini yangi zamonining egalari bir paytlar rayim polvonning malayi Zamon otboqar ixtiyoriga berib qo’ygani uchun hamqishloqlari also kechira olmaydi. Odamlarning, aniqrog’i olamonning ojiz, hurkak, befarq. Mute holga tushib qolgani uni iztirobga soladi: “Bu qishloqning ayollari endi faqat hezalak tug’adi” deya masxara va nafrat bilan olamondan yuz ugiradi. Ellik yil davomida yolg’iz alam – iztiroblar ichida umr kechiradi. O’z yolg’izligi va musibatini hayotining badbo’y, zabun, xor etilgan hidlari anqib yotgan zamonlar dahlizidan yetaklab o’tadi.
Muallif mungli kunlar qanotida momoning mushkul ruhiy hayotini izhor etishda davom etadi: “Bayno momo har kecha ko’z yoshlari bilan to’lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan o’zining ilma - teshik bo’lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi xalqob bilan to’lgan ayvonga suzib borar, ertalablari xo’l bo’lib ketgan yostig’ini xuddi qadim ajdodlarining unut bo’lgan yaloviday uyining oldidagi balnd tolga osib oftobda quritardi. Yana: “ qish paytlari g’amlab quygan o’tini yetmagan kunlari u ko’rpaga oyog’ini tiqqanicha xotirasga isinib jon saqlardi”. Uning shu turishi azob – uqubatning bir to’plam ug’omiga o’xshardi. Qahratonda “xotirasiga isinib jon saqlash” motamsaro ayolning holatini “azob – uqubatning bir to’plam uyushi”ga o’xshatish sahifalarga cho’zilgan dramatik sahnalar ohu faryodlaridan ko’ra qahramon ruhiy holatini aniqroq va ta’sirchanroq ifodalaydi.
Shu xil iztirob, g’am – alamlariga qaramay u g’ururini baland tutadi: “Bayna momo qishloqdoshlariga ko’z – ko’z qilmoqchiday va bu uyning erkagi va oriyati o’lmagan deya ta’kidlayotgan eri va o’g’lining polvonlik yaktaklarini har oyning oxirida, shusiz ham hammaning ko’ziga tashlanib turadigan uyining shappatgayiga osib quyardi”. Biroq bu mashg’ulotning davomi, oqibati baribir ayanchli va mungli: “yaktaklar ham bora – bora nafrati to’la changalga dosh berolmadi: Zamon o’tishi bilan qassob o’limidan bir kun oldin yaktaklar torda uvada – uvada bo’lib osilib turar, ular endi kiyimdan ko’ra qabrlar ustiga ilib quyadigan yaktakka o’xshab qolgandi.”
Alam, afsus nadomatlar ichra o’y surasan kishi. Bu foniy dunyoda yaxshi va yomonliklar, odamlarning quvonchlari adasiz g’am – g’ussalari ulardan qolgan xotira yodgorliklar, baribir unutiladi. Ne ne quvonchu g’am – alamlar maskani bo’lmish, bir vaqtlar qishloqning ko’rki sanalishi bugun esa puturdan ketgan Bayno momo uyi buzilmoqda no’malum va mudhish sinoatlarga to’la qadim qo’rg’onni eslatuvchi bu uy bilan birga taqdirning beshafqat uyiniga qarshi kurasha dunyodan yolg’iz va izsiz o’tishi azobini ko’tarib kelgan, hayoti odamlar uchun tushunarsiz va mavhum tuyulgan momo haqida xotiralar ham yo’qlik qa’riga ketmoqda
Qarang, birgina mu’jaz hikoyada ko’rimsiz, e’tiborsiz, odamlardan, olamondan chetda g’aribona umr kechirgan alamdiyda mag’rur ayolning asr fojialari zamon talatumlaridan darak beruvchi cheksiz g’am – anduqlari, ko’ngil faryodlari, isyoni, yorqin ruhiy siymosi muhrlanib qolgan. Va bu momo ruhiyatidagi bu muhrlanish dinamik ravishda asta – sekin rivojlanib borib, qahramon qalbining borlig’ini bizga yanada ochibroq ko’rsatadi.
Demak, “shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyasida Bayna momoning butun hayoti ichki va tashqi olami, qismati ana shu dastlabki his va uning natijasi bo’lgan fikrining oqibatidir.
Hikoyada analitik prinsip asosiy hukmron prinsipdir. Xarakter va psixologizm (“mazmun va shakl” dialektikasi kabi) bir – biriga bog’liq kategoriya ekan. Psixologik tahlil prinsiplari ham bizningcha xarakter yaratish prinsiplari bilan hamohangdir.
Professor L.I.Timofeyevning yozishicha, inson harakterini tasviri ikki xil yo’l bilan amalgam oshiriladi. Bu insonning hatti – harakatlari, faoliyatlari, yashash tarsi bilan bog’liq “Yo odam o’zini u yoki bu voqealar aralashgan holda hatti – harakatlarda faoliyatda ko’rsatadi. Yoki hatti – harakat qilmasdan, uni o’rab olgan tevarak – atrofdagi hayotiy voqelikni kechinmalari orqali qabul qiladi”.
Inson hatti – harakatlari shaklining ikki xil ko’rinishi xaqidagi bu fikr psixologiyada ham o’zining ilmiy asosini topgandi. Psixik narsaning ikkita yashash shakli mavjuddir. Birinchisi, psixik narsaning shakli bo’lib, bu hayot va faoliyatda aks etadi. Bu uning birinchi yashash shaklidir. Ikkinchisi, psixik narsaning tashqi shakli – bu reflektsiya, introspektsiya, o’z o’zini tahlil qilish o’zida psixik narsaning aks ettirishdir.
Jumladan, “poeziya – bu ichki dunyodir, o’z ichida qoluvchi va tashqariga chiqmaydigan tashabbuslar dunyosidir. Bunda poeziya ichki dunyo elementida, sezuvchi va fikrlovchi hayol doirasida qoladi. Bunda ruh tashqi reallikdan o’tib o’z ichiga o’zi yashirinadi va tashqi dunyoni o’zida aks ettirgan ichki hayotining mislsiz jilo va jilvalarini poeziyaga hadya etadi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi galda namoyon bo’ladi, biz hamma narsani faqat va faqat u orqaligina qabul qilamiz va anglaymiz”
Haqiqatdan ham lirikada bizning qalbimizni larzaga slogan voqelik kechinmalar ruhiyatimizni bir aniy lahzada, o’zgartirib yuboradi.
Nasr “Ideyaning ma’nosini tashqi ko’rinishda ifodalaydi va ma’noviy dunyoni butunlay aniq, tiniq obrazlarda uyushtiradi. Bunda hamma ichki ma’no tashqi ko’rinishiga chuqur singib ketadi va bu ikki tomon – ichki va tashqi tomonlar bir – biridan ayrim holda ko’zga ko’rinmaydi. Ammo bevosita jam holda ular aniq, o’z qobig’iga o’zi burkangan reallikni – voqeani gavdalantiradi. Bunda shoir (ya’ni yozuvchi) ko’zga ko’rinmaydi. Shoir (ya’ni yozuvchi) esa o’z – o’zidan vujudga kelgan hodisaning go’yo oddiy bir hikoyachisigina bo’lib qoladi”.
Shuning uchun ham Xurshid Do’stmuhammadning “Ibn Mug’aniy” Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyalarida tasvirning haqqoniyligi, voqeabandlik va mazmunning ta’sirchanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Hayot adabiy asarga san’atkorning estetik ideali “elagi”dan o’tib kiradi, har qanday asar muallifning ma’lum e’tiqodini, hodisalar ustidan chiqargan hukmini, vazifasini ifodalaydi. Ammo epik tur asarlarida bu tendentsiya hayotning xolis manzarasi orqasiga yashiringan bo’ladi.
Demak, agar psizologizmning (dinamik, analitik) prinsiplarini badiiy adabiyotda shaxs psixologiyasini ochish yo’llari deb tushunsak (hut ’llar psixik narsaning ichki va tashqi yashash usullari) yozuvchi albatta, xarakter va uning ruhiyatini yaratish jarayonida bu chegaradan chiqib ketaolmaydi.
Bu o’z novbatida psixologik tasvirning pafos ta’sirchanligini hamda haqqoniligini isbot etadi.



Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling