Psixologiya fanining ilmiy-nazariy-amaliy asoslari
Download 179.03 Kb.
|
1-mavzu-IQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson o‘z-o‘zini o‘rganmasdan turib boshqalarga baho bera olmaydi”. V. Vundt Tayanch iboralar
PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY-NAZARIY-AMALIY ASOSLARI I BOB. PSIXOLOGIYA FANI, MAQSADI VA VAZIFALARI Psixologiya fanining predmeti “Psixologiya insonning o‘zi haqidagi fandir. Inson o‘z-o‘zini o‘rganmasdan turib boshqalarga baho bera olmaydi”. V. Vundt Tayanch iboralar: ruh, jon, psixika, sub’ektiv aks ettirish, ob’ektiv aks ettirish, psixik jarayonlar, psixik holatlar, individuai xususiyatlar, determinism, ong va faoliyat birligi, introspektsiya, psixologiyaning fmaliy va tadbiqiy sohalari. Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayoni inson ruhiyatini har tomonlama o’rganishni taqozo etmoqda. Inson hayotida kechayotgan turli voqea-hodisalar psixologiya fanini chuqur o’rganish va uni qonuniyatlarini hayotga tatbiq eta olish malakalarini talab etadi. Psixologiyaning fan sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning obyekti va subyekti tutashib ketgan. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: avval inson o’z fikrlarini tashqi dunyoga, so’ngra o’ziga yo’naltiradi. Uchinchidan, psixologiyaning o’ziga xosligi uning noyob amaliy natijalarga ega bo’lishidir. “Biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o’rganishdan iboratdir. Insonning o’zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o’rganish murakkab va muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Psixologiya yashovchi organizmning xarakterlarini o’rganadi, tushuntiradi va tasvirlaydi. Bu yerdagi “xarakter” va “yashovchi organizm” terminlari noodatiy keng ma’nolarni beradi. “Xarakter termini har qanday turdagi harakatlar va tajribalarni – bilish, his – tuyg’u, tushunish yo tushunmaslik, sezish, sezmaslik kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqa tomondan, “yashovchi organizm” atamasi o’z ichiga har qanday rangi, jinsi, yoshi, fizik va aqliy xususiyatlari, turlarini qamrab olgan tirik hilqatlarni oladi. Har qanday boshqa fan kabi psixologiya ham o’z o’rganish predmetiga ega. “Psixologiya” tushunchasining ma’nosidan kelib chiqqan holda, uning o’rganish predmeti psixikadir. Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo’shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo’lmagan voqelik. “Psixika – turli odamlarda yoshi, jinsi, asab tizimining turi, muhit va tarbiya sharoiti, orttirilgan tajriba, ma’lum hayotiy vaziyat va ko’pgina boshqa omillarga bog’liq ravishda bir qancha o’ziga xos takrorlanmas, noyob turlari, belgilari, turli ifodalari mavjud bo’lgan bir nusxaga ega bo’lmagan va bir qolipda ishlab chiqilmagan obyekt”. Psixologiya tushunchasi ikkita yunon “pcyche” – ruh va “logos”- ta’limot, fan so’zidan olingan bo’lib, psixologiya “ruh haqidagi fan” deganidir. Psixologiya tushunchasi qadimgi yunon mifologiyasidan olingan. Afroditaning o’g’li Erot Psixeya ismli juda go’zal qizni sevib qoladi. Afrodita o’g’lining tanlovidan norozi bo’lib, sevishganlarni ajratish uchun qo’lidan kelganini qiladi. Lekin Erot va Psixeya barcha to’siqlarni yengishadi va muhabbat g’alaba qozonadi. Yunonlar uchun bu afsona haqiqiy muhabbat namunasi, insonning ruhini oliy darajada namoyon bo’lishi bo’lgan. Psixeya o’z idealini qidirayotgan ruhning ramzi bo’lib qoldi. Psixologiya so’zini X asrga tegishli adabiyotlarda uchratish mumkinligiga qaramasdan, ruh haqidagi fanni anglatuvchi so’z sifatida nemis faylasufi X.Volf tomonidan XVIII asrda (“Ratsional psixologiya” va “Empirik psixologiya” nomli asarlarida) kiritilgan. Psixologiya yosh fan bo’lib, u XIX asrda mustaqil fan sifatida falsafadan ajralib chiqdi. Psixologiya istiqbolli fan. Chunki u bugungi kunning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi inson va uning psixikasini takomillashtirishga qo’yayotgan talablariga javob beradi. Bugungi kunda “ruh” so’zi “psixika” so’ziga sinonim tushuncha sifatida ishlatiladi. Download 179.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling