Psixologiya fanining ilmiy-nazariy-amaliy asoslari


Download 179.03 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi179.03 Kb.
#1479124
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu-IQ

psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o‘z-o‘zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatishning usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.

Shunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir - birlari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo‘ysunadi.
Download 179.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling