Psixologiya fanining ilmiy-nazariy-amaliy asoslari


Psixologiya inson ongi va psixikasining paydo bo’lishi, rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi fandir


Download 179.03 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi179.03 Kb.
#1479124
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu-IQ

Psixologiya inson ongi va psixikasining paydo bo’lishi, rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi fandir.
Psixika – bu obyektiv olamning subyektiv tasviri. Psixika individning xulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo’ladi. Psixika inson va hayvonlarga tevarak atrofdagi predmet va hodisalarning ta’sirini aks ettirishini ta’minlovchi bosh miyaning xususiyatidir.
Ong inson psixikasining oliy formasi bo’lib, tarixiy taraqqiyot mahsulidir.
XIX asr oxiri - XX boshlarida faoliyat yuritgan mashhur psixolog G.Ebbingauz shunday yozgan: “Psixologiyaning tarixgacha bo’lgan katta va kichik tarixi bor”. Bu yerda tarix deyilganda psixologiyaning falsafadan ajralib chiqib, mustaqil fan sifatida shakllanish, tabiiy fanlar bilan yaqinlashish va o’zining eksperiment metodiga ega bo’lish davri nazarda tutilmoqda.
Psixologiyaning tarixida psixikani o’rganishning quyidagi asosiy davrlarini ajratish mumkin:
 ruh haqidagi ta’limot doirasida psixik hodisalar haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi (qadimgi davrdan XVII asrgacha);
 falsafiy ta’limotlarda psixika haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi (XVII asr boshlaridan -XIX asr o’rtalarigacha);
 psixologik bilimlarni psixologiyaning mustaqil fan sifatidagi tizimida o’rganish (XIX o’rtalaridan hozirgi kungacha).
Psixika – bu ob’ektiv olamning sub’ektiv tasviridir. Psixika individning xulq-atvori va faoliyatida shakllanadi va rivojlanadi. Psixika insonning faoliyatida va xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan faollikning ichki boshqaruvini ta’minlaydi.
Inson psixikasini uning ijtimoiy hayot sharoitlari belgilaydi. Inson amaliy ishda(mehnatda) o‘z tajribasida tashqi olamni aks ettirishning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rib, ob’ektiv haqiqatni bilishga harakat qiladi.
Ongimizdagi aks ettirish faoliyati ob’ektiv narsa bilan sub’ektiv narsaning birligidan iboratdir.
Ongimizdagi aks ettirish faoliyati ob’ektiv narsa bilan sub’ektiv narsaning birligidan iboratdir.
Aks ettirishning ob’ektivligi ikki jihatdan:

  1. aks ettirish ob’ektiv olamning ta’sir etish natijasi bo‘lib, shu olam to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur va bilimlar olish;

2) aks ettirish nerv-fiziologik jarayondan iborat bo‘lib, odam faoliyatining turli shakllarida namoyon bo‘lishidir.
Sub’ektivligi:
odam tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borar ekan, o‘z ongida aks etayotgan narsani ehtirossiz va befarq kuzatuvchisi bo‘lib qolmaydi, u ushbu narsa va hodisalarga nisbatan muayyan munosabatini ifodalaydi. SHuning uchun ham ob’ektiv olamdagi narsalarni ongimiz bilan aks ettirish ob’ektiv olamning hamisha sub’ektiv obrazi bo‘ladi.
Psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar va psixik holatlar zamonaviy psixologiyaning predmeti hisoblanadi.Psixik jarayonlar ruhiy dunyoning uchta asosiy tomonini qamrab oladi: bilish, his va iroda. Bilish jarayonlariga sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va nutqni kiritish mumkin. Bu jarayonlar orqali biz dunyoni va o’zimizni bilamiz. Hissiyot insonning tevarak dunyodagi va o’z hayotidagi hodisalariga munosabatining kechinmalarda aks etishidir. Iroda xatti-harakatni boshqarishni ta’minlaydi.
Shaxsning psixik holatlari – shaxsning faollik darajasini xarakterlaydigan muayyan vaqtdagi ichki holati.
Shaxsning psixik xususiyatlari - uning barqaror xususiyatlari: yo’nalganlik, motivatsiya, temperament, xarakter, qobiliyatdir.
Inson psixik hayotining barcha tomonlarining birligi uning faolligida – tevarak muhit bilan o’zaro ta’sirlashuv jarayonida va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. Faollikning asosiy shakli faoliyatdir. Faoliyatning asosiy shakllari: o’yin, muloqot, o’qish va mehnat. Faoliyatda shaxsning asosiy xususiyatlari shakllanadi, uning qobiliyatlari rivojlanadi.
Demak, psixologiya - voqelikni aks ettirishning o’ziga xos shakli sifatida psixikaning rivojlanish va namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganadigan fan.
Psixika insonning faoliyatida va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan faolligining ichki boshqaruvini ta’minlaydi.
Shuning uchun zamonaviy psixologiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi:
 psixik jarayonlar va hodisalarning sifat xususiyatlarini o’rganish;
 psixik hodisalarning faoliyatda shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish;
 psixik hodisalarning asosida yotadigan fiziologik mexanizmlarni o’rganish;
 psixologik bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga ko’maklashish.
Psixologiya fanini amaliy vazifalarni yechishga jalb etish uning nazariyasining ham rivojlanish xususiyatlarini ma’lum darajada o’zgartiradi. Psixologik kompetentlikni talab etadigan masalalar jamiyat hayotining barcha sohasida uchraydi. Bugungi kunda psixologiya davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot, sport, harbiy, yuridik sohalar va h.k. tizimlardagi inson hayoti va faoliyatining ruhiyat bilan bog’liq turli tomonlarini qamrab oladigan juda katta tuzilishga ega.
Ko‘plab psixologlar tadqiqot laboratoriyalari, shifxona va odam va hayvonlarni qamrab oluvchi boshqa sohalarda ishlaydilar. Psixologlar shuningdek maktab va biznes sohasida ishlaydilar, chunki ular kuzatuv, so‘roqnoma, suhbat va laboratoriya o‘qishlari kabi turlicha uslublardan foydalanadilar va ular hulq atvorni o‘rganishga yordam beradi.
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo‘ldi. Shu davr ichida juda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o‘rni juda oshib ketdi, deb bo‘lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‘rsatgan barcha olimlar ko‘proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o‘ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.



X asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o‘xshash murakkab texnologiyalarni yaratganligi bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday holatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o‘ta aqlli inson o‘zi va o‘zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to‘g‘ri baholay olmasligi sababli, o‘zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohatlar boshlandi. Bu islohatlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Psixik jarayonlar va shaxsning psixik xususiyatlari ham odamning mavjud faoliyati jarayonida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun psixoloigya fani insonni barcha davrlarning turli faoliyatlarida o‘rganib boradi. Zero, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iboratdir.
Psixologiyani o‘rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga insonning aqliy faoliyatini ham o‘stirishga yordam beradi, yangi bilimlar, ko‘nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to‘g‘ri hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘z fikrlarini nutqda to‘g‘ri ifodalay bilishida o‘z ifodasini topadi.
Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,
Download 179.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling