Mundarija Kirish I bob
II.2. X.Do’stmuhammad hioyalarida qahramon masalasi va estetik ideal muammosi
Download 254.5 Kb.
|
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi
II.2. X.Do’stmuhammad hioyalarida qahramon masalasi va estetik ideal muammosi.
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, bugungi hikoyachiligimizdagi qahramon masalasi bu – olamni va odamni yangicha idrok etib, o’z dunyosini bunyod etayotgan inson konsepsiyasidekdir. Zero, “Badiiy adabiyotning yangi xususiyatlari, o’ziga xosligi birinchi novbatda inson konseptsiyasida o’z ifodasini topadi. Chunki inson konseptsiyasida davr va jamiyatning butun borlig’I – rivoji, zamon talabi asosida tug’ilgan ziddiyatlar, muammolar, negative holatlar o’z ifodasini topadi”. Qolaversa, “Adabiyotning insonparvarlik mazmuni va yo’nalishi, avvalo insonni badiiy aks etuvchi falsafiy – estetik printsiplarda, shaxsning o’tmishi, bugungi a kelajak hayotiga nisbatan nuqtai nazarida, maqsad va intilishlarining ruhiy – inteliktual mundarijasida, jamiyatda tutgan o’rnida, odamlar bilan muloqot – munosabatlarida o’z tajassumini topadi. Ana shu omillarning barchasi hozirgi adabiy hayot markazida turgan “inson konseptsiyasi” tushunchasining ustivor mazmunini tashkil etadi”. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi hikoyachiligimizdagi muhim fazilatlardan biri adiblarimizning shirin yolg’ondan uzoqlashib, hayotning konkret va real muammolari xususida mulohazakorlikka berilganida ko’zga tashlanadi. Negaki, adabiyotimiz uzoq yillar umumxalq baxt – saodat xaqidagi va’dalar girdobida aldanib yashadi. Bugun esa u o’z rivoji uchun yangi – yangi manbalar izlayapti, topayapti. Bu o’zligini tanib, bilib borayotgan, erkin va sog’lom fikrlovchi, siyosatlashmagan individual qahramonlar obrazlarini yaratishga intilishdir. Shuning uchun ham keyingi paytda voqea – hodisalarning “qon bosimini”, kayfiyat va nafas olishini, yurak urishlarini odamlarning tafakkur madaniyati bilan bog’liq ravishda aks ettirish realistic ifoda psixologizmining kuchayishini ta’minlaydi”. Shu ma’noda hikoyachiligimizning hozirgi shakllanish yusinlari mahzun uychanlikka, mulohazakorlikka yo’g’rilib obrmoqda. Buni natijasi o’laroq shaxs psixologiyasini jamiyat, tabiat voqea – hodisalari bilan omuxta badiiy – falsafiy tadqiq etish tamoyili kuchayib bormoqda. Hikoyalar qahramonlarining esa ko’ngil deb atalgan buyuk mamlakat sirlarini o’qishda, ma’nolarini anglashda hissiy intellektualligining mavqei ortib bormoqda. X.Do’stmuhammad, N.Eshonqul kabi ijodkorlarning hikoyalari tajribasida kuzatadigan bo’lsak, keyingi yillar hikoyachiligida olam va odam sir – sinoatlarini falsafiy idrok etishga qaratilgan inson tafakkuri bosh qahramonga aylanib borayotir. Ularda voqealar, syujet oqimlari qanchalik qiziqarli va etiborli bo’lsa-da, tabiat va jamiyat hodisalarini, odamlar fe’li- faoliyatini baholashga umumlashma xulosalar chiqarishda o’quvchiga ham fikrlshga keng imkoniyatlar qoldirilmoqda. Bu esa keng kitobxon ommasining tafakkur madaniyatini yuksaltirishda g’oyat muhim omildir. Zero, “Shaxs taqdirini ijtimoiy – falsafiy yo’nalishda badiiy tadqiq etish hikoyachilikdagi epik idrok va ifoda madaniyatining bir ko’rinishi bo’lib, unda hayotning rang – barang qirralarini to’laqonli ifodalashda mazmundorlik birinchi planga chiqadi. Negaki, shaxs taqdiri va jamiyat psixologiyasi mazmun teranligining asosidir”. Ushbu xususiyatga akademik M.B.Xrapchenko ham alohida urg’u berib, san’atkorning ijodiy tafakkur madaniyati bilan voqelikning rivojlanish xususiyatlari uyg’unligiga diqqat qaratib, shunday yozadi: “Realistik adibning ijodiy fantaziyasi ijtimoiy voqelikning taraqiiyot jarayonlarini qanchalik holis va chuqur aks ettirishga erishgan taqdirdagina o’zining amaliy, faol vazifasini ado etgan bo’ladi”. Ma’lumki, har qanday badiiy asar ham aniq bir hayot haqiqatini ro’yobga chiqarsih uchun xizmat qiladi. Bunda yozuvchining itedodi, mahorati va matonati muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Istedod – murakkab ijtimoiy muhit. Istedod – yozuvchining ijodiy kuchlari kompleksi va uning ijod qilish ishtiyoqi, shunga layoqati, qobiliyati”. Shuning uchun ham istedodi yuksak adiblar asarlarida o’z davrining ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etib turadi. Bu narsa esa, asar qahramonlarining harakter xususiaytlari orqali ifodalanadi. Illo, “Xarakter va uning psixologik tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir”. Istedodli adibimiz T.Murod ijodi, xususan, hikoyalarida ham ruhiy tahlil va falsafiy ma’nodorlik ancha kuchli. “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi” kitobiga kiritilgan hikoyalarida o’tgan asrning 70 – yillar voqealigiga munosabat bildiriladi. Hikoyalarning hayotiyligi, realligi ularning g’oyaviy – estetik yuksakligi bilan birga konfliktlarning ishonarli ekanligini ham ta’minlaydi. Eng muhimi bu hikoyalarda T.Murod o’sha davr hodisalariga tanqidiy yondashib, inson va uning taqdiri, buguni hamda kelajagi haqidagi muammolarini ko’tarib chiqadi. Qahramonlar talqinida o’sha davr qiyofasini va uning fojeiy holatlarini aks ettiradi. Bularning bari nozik psixologizm orqali ifodalanadi. Bugungi hikoyachiligimizda badiiy psixologizm tuyg’ular realizmi tahlili nuqtai nazaridan qaraydigan va o’rganadigan bo’lsak, unda avvalgi o’n yillikdan farqli o’laroq hayotni, insonni tuyg’ular tarhi, kechinmalar tarixi ko’zgusi orqali badiiy tadqiq etish madaniayti shakllanganligini kuzatish mumkin. Avvalgi o’n yillikda sotsiologik tahlil yetakchilik qilgan bo’lsa, bugunga kelib hayotni va insonni falsafiy – psixologik tushunish hamda tushuntirish ustivor tamoyil bo’lib qoladi. Zero, “Haqiqiy san’atkor qay davrda yashashidan qat’I nazar, hayotning taraqqiyot tendentsiyalarini shunga qarab belgilashi uning birinchi darajali ijodiy yutuqlaridan hisoblanadi”. Nazar Eshonqul ijodiy izlanishlari misolida uning amaliy tasdig’ini ko’rishimiz mumkin. “Hayol tuzog’i” hikoyasida ushbu yo’nalish falsafiy psixologizmning o’zgacha ko’rinishini kuzatamiz. Hikoyada axloqiy pokdomonlik boqiy ma’naviy qadriyat adolatning asosiy mezonlaridan biri sifatida talqin etiladi. Asar ijodkor shaxs fojiasini, savdoyilikka mubtalo bo’lgan inson qismatining o’kinch va dahshatini, istedodli a’zosini himoya etolmagan va, aksincha, odamni jinni bo’lishga majbur etgan muhitni kasallik ildizlarini ochib ko’rsatishga yo’naltirilgan. X.Do’stmuhammadning “Bugun ertalab” hioyasida esa psixologik tahlil, tuyg’ular realizmi o’zgachs ko’rinishga ega. Qahramon hamma hikoyalaridagidek ism – sharifli emas. U she’rlardagi lirik qahramonga o’xshab ketadi, ya’ni dilidagini zohir etayotgan shaxs. Adibning lirik qahramoni o’z ko’nglini taftish etish, tuyg’ular holatini tushuntirish, mazkur kechinmalar tabiatini voqelik, hayot realliklari bilan uyg’unlikda kuzatayotgan, o’z kechmishidan falsafiy ma’nolar o’qiyotgan hamda o’qishga moyil intellectual shaxs. “Kallani ishlatish kerak”. Ana hut a’kid, o’qdirish, da’vat qahramonni o’ziga, o’zligicha, kechmishiga, buguni va ertasiga nazar tashlashga, o’tayotgan kunlarida ma’no topishga undaydi. Vaholangki, insonning o’tgan besamar damlari, xatolari uchun yozg’irish yoki samarali kunlari uchun olqishlash ham mumkin. Lekin eng muhimi bu emas, insonni tushunish – tiriklikning bosh mezoni. Tuyg’ular fikrini o’qish, kechinmalarni ma’nosini o’qish, anglash sari tutingan tuyg’ular realizmi X.Do’stmuhammad hikoyasida badiiy psixologizmning o’ziga xos tabiatini belgilab beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, odamni va olamni faqat aql bilan bilishning o’zi kamlik qiladi, uni dil – dildanhis etishni ham bilish kerak. Qahramonning na shu taxlidagi holatlari yozuvchini ko’proq qiziqtiradi. So’ngi yillarda adabiyotimizga kirib kelgan T.Mahmudov hikoyalarida ham inson shaxsining fe’l – atvoridagi noqisliklar bilan kurashi kabi muammolar hayotning turli jabhalari misolida qisman bo’lsa ham, o’z aksini topmoqda. Lekin bu masalalarni ifodalashda badiiy mahorat hali yetarli darajada shakllanmagani aniq sezilib turadi. Xususan, T.Mahmudov hikoyalari shunchaki voqealardan, voqealari esa so’zlar tizmasidan iborat bo’lib qolgandek tuyuladi. Yana bir jihati, adib hayotdagi inson bilan adabiyotdagi insonni birdek talqin qiladi va bu narsa asar mazmuniga putur yetkazadi. “Adabiyotning bosh vazifasi bu – insonni himoya qilish, insonni ulug’lash. Undagi g’ayriinsoniy illatlar va odamiylik fazilatlarini kashf etish. Insonning ko’nglidagi rahmon bilan fe’lidagi shaytonning sir – sinoatlarini, qilmish – qidirmishlarini ochib berish” ekan. Ko’rinadiki, 90 – yillardan etiboran, yozuvchilarimizning badiiy – estetik izlanishlarida falsafiy – psixologizm chuqurlashdi. Demak, inson va jamiyat fenomenlarining falsafiy – psixologik tahlilidagi nuqtai nazarlar yangiligi, badiiy tahlil madaniyati mustaqillik davri o’zbek hikoyachiligining avvalgi bosqichlaridan farqli jihatlarini oydinlashtirib, yetakchi tamoyillarini ko’rsatadi. X.do’stmuhammad, N.Eshonqul hikoyalarida kuzatilayotganidek insonning ichki kechinmalari adiblarni ko’proq o’ylantiradi. Shuning uchun ham ularning hikoyalarida hissiy tafakkur yetakchi planga chiqadi. Har ikki adib ham qalb haqiqatini inkishof etish orqali hayot haqiqatini izlaydi. Ko’rinadiki, mustaqillik davri hikoyachiligimizda qahramon harakterini yaratishda ma’naviy – axloqiy qadriyatlarga ahamiyat berish shu davr hikoyalarining badiiylik darajasini yuksalishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy – axloqiy nuqtai nazar azal – azaldan san’at va adabiyotning badiiyligini ta’minlovchi omil bo’lib kelgan. Chunki ayni shu omil har qanday voqea – hodisani falsafiy kenglikda talqin qilishga yo’l ochadi, asarning muayyan davrga xos muammolarini birinchi planga olib chiqishga imkon beradi. X.Do’stmuhammedovning “Mahzuna”1 hikoyasi sho’roviy axloq va sharq ayoli o’rtasidagi zidlikni qiyos etuvchi badiiy – psizologik talqini bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Hikoya milliy harakter ichki kolliziyalar tasviri orqali maydonga chiqadi. Hikoyaning boshlanishida telefon jiringlaydi. Asar qahramoni Mahzunaning allanimadan xovotirlanayotgani, vahimaga tushayotgani seziladi. Keyin bu pokiza ayol iztiroblarining sabablari ochila boradi. Mahzuna turmush o’rtog’I Maqsad bilan ziyofatga boradi. O’z axloqiga dunyo qarashiga yot bir muhit bilan duch keladi. Ziyofat ishtirokchilari orasida o’zini tomomila begona sezadi. Bemalol qadah ko’tarayotgan, erkaklar bilan tengma – teng askiya aytayotgan ayollarni ko’rib hayo olovida lov – lov yonadi. Bunday davralarda o’tiraverib, eti o’lib ketgan “Maqsadjon akasi ikki – uch, “Oling, yeb o’tiring” deb uni dasturxonga undadi. Mahzuna battar tortinib – qimtinib “sekinroq gapiring” degandek eriga yer ostidan xumraydi”, deb tasvirlaydi muallif bu holatni. Mahzuna bu davraga begona bo’lishi bilan birga, so’layotgan gullar orasida yangi ochilgan gulday yashnab turar, o’zining yoshligi, go’zalligi, tortinchoqligi bilan hammaning e’tiborini tortar edi. Ushbu holat erkak va ayollar teng huquqda bo’lgan bunday davralarda ishtirok etib yuruvchi yevropacha tarbiya ko’rgan ayollar uchun normal holat bo’lib tuyulishi mumkin edi. Hatto, yevropacha axloqqa ko’ra bu holat ayolning g’alabasi, boshqalardan ko’ra ustunligi sifatida baholanadi. Ammo Mahzuna uchun bunaqa emas. Davra ko’rga ayollardan biri Mahzunaga taskin beradi: “Birinchi safar ziyofatga olib borganlarida o’lib qolay deganman… Keyin – keyin o’rganib ketadim…” Mahzuna ruhiyatiga juda qattiq ta’sir qilgan narsa shu davraning sardori ( ziyofat ishtirokchilari, jumladan, Maqsadjonning boshlig’i) Bo’ri Sobitovichning o’ziga Shahvoniy hirs bilan tikilishi edi. “U kishi ko’ziga tikilib turganini Mahzuna ancha kechikib payqadi, o’g’irlik ustida qo’lga tushgan odamdek hurkib, duv qizardi. Ko’zini olib qochdi – shoshib qo’lini ustal ustiga yashirdi, shunda ham tinchimay eriga qaradi, Maqsad akasi muloyim, odobli tabassumlar sochib basavlat kishidan ko’z uzmay turar edi…” Davradagilarning bu tariqa munosabati, Bo’ri Sobitovichning o’ziga yeb quygidek tikkilishi, ustiga – ustak turmush o’rtog’ining o’zini sodiq quldek yoki xotinfurushdek tutishi Mahzunaning sharq ayollariga xos nozik qalbini tilka – tilka qiladi. “Mahzuna tushunmadi, qiynalib ketdi, xo’rligi kelib yig’lab yuboray dedi”, - deb tasvirlanadi uning holati. Eng yomoni ochiq – oydin pok nomusini toptashga intilayotgan mansabdor – Bo’ri Sobitovichning harakatlariga davrada o’tirgan yoshu qari, hatto turmush o’rtog’I tomonidan hayrihohlik bildiriladi. Bu davrada barcha ahloq normalarini, milliy or – nomusini birgina manfaat deb atalmish jozibali narsaga almashib o’rgangan, Mahzunaniham o’zining jirkanch maqsadi yo’lida qurbon qilishdan toymas edi. Ziyofat so’ngida Bo’ri Sobitovich yevropadek janoblardek barcha ayollarning qo’lini o’pib xayrlashadi. Ayollar bundan hatto faxrlanishar, o’xshovsiz xiringlashar, bu esa Mahzunani battar daxshatga solar edi. Bo’ri Sobitovich o’zi tomon qo’l cho’zar ekan “o’zini Maqsadjon akasining panasiga oldi.” “Mayli, qizim, mayli, dedi u Mahzunaga uzatgan qo’lini havoda muallaq titib, yosh ekansiz”. Davraning kemshik qariyasi olovga yana yog’ sepadi. “Birinchi safar Mahzunaxonni kechira qoling, Bo’rivoy, yig’ilishib tursak ko’nikib ketadilar”. Yozuvchi bu bilan millat axloqida yuz bergan fojialardan birini ko’rinishini ochib beradi. Sharqona axloqdan, hayotdan vos kechib, tomom bir begona hayot ostonasiga qadam qo’yish va bu g’ayrimilliy odatlarga “ko’nikib ketish” eng katta fojia sifatida talqin etiladi. G’.Hotamovning “Nogironlar oilasi” asarida go’yo “Mahzuna” hikoyasining oqibatlari ko’rsatilgandek tasavvur beradi. Ko’nikish, o’zga dunyo odamiga aylanish oqibatida Zamira eng qimmatli mulki – bokiraligidan , nomusidan judo bo’ladi. Chunki uning onasi ham, otasi ham bu g’ayrimilliy axloqqa “ko’nikkan” edilar. Lekin Mahzuna bunga ko’nika olmaydi. Axloqan tuban ketgan ziyofat axlining qiyin qistovi bilan Bo’ri Sobitovichga jindek yon bergan (paltosini kiydirishga yo’l quygan) Mahzuna quloqlari ostida bu Don Juanning “qo’ng’iroqlashamiz” degan palag’da ovozini eshitadi. Go’yo shu so’zni eshitishning o’ziyoq uni jirkanch bir o’pqonga uloqtiradi. Pok qalbi bulg’angandek, guldek badaniga qulansa narsalar yopishib olgandek sezadi o’zini. Muallif Mahzunaning hayosini, asli poklik dunyosining bebaho malikasi ekanini uning cho’milish sahnasi orqali mahorat bilan tasvirlab bergan. Sharq e’tiqodida suv poklik ramzi. Axloqiga zid bo’lgan jirkanch davradan qaytib kelgan Mahzuna kirlangan ruhini suv bilan poklamoqchi bo’ladi, go’yo “Erini o’rniga yotqizib mehmonxonaga chiqquniga qadar undan vannaxonaga o’tib suvni oxirigacha sharillatib buraganiga qadar, beixtiyor yechinib ichki kiyimlarigacha uloqtirib tashlagunicha, so’ng sharillatib oqayotgan suv ostiga boshini, yuzini, yelkasini – chap yelkasini, chap yonog’ini tutgunga qadar chidadi – tilini tiydi va… ichidan qattiq o’qchiq keldi, yo’taldi va chiroq nurida simobdek yiltilab tushayotgan suvga, oppoq vannaga, oppoq devorga… oppoq badaniga qarashdan uyalib kaftlaini yuziga bosganicha o’ksib – o’ksib yig’lab yubordi…” Ertasiga hech gapdan bexabar Maqsadjon kamandirovkaga ketadi. Uyda qizchasi bilan yolg’iz qolgan Mahzuna uchun yana azob uqubatli, iztirobli soatlar boshlanadi. Hikoya muqaddimasi xotimada yana takror beriladi, qahramon ruhiyatidagi iztirobni ifodalash uchun yozuvchi telefondan foydalanadi. Go’yo Mahzunaga telefon qo’ng’irog’I ham o’sha fayzsiz ziyofat oqshomini, ko’zlari hayvoniy hirs bilan yonib, “telefonlashamiz” deya yaltoqlangan Bo’ri Sobitovichni eslatadi. “Telefon qattiq, asabiy jiringladi. Mahzuna qo’lidagi likobchani tashlab yubordi, likobcha ustol ustiga tushdi, sinmadi”. Asarning oddiy o’quvchiga g’ayritabiiy tuyulishi mumkin bo’lgan xotimasi, kulminatsion nuqta hisoblanadi. G’ayrimilliy muhit iskanjasida ruhiy iztirob tartayotgan Mahzuna bir qarorga kela olmay dag’dag’a bilan sapchib jiringlayotgan telefon go’shagini beixtiyor ko’taradi. Qarangki, fahshga to’la Bo’ri Sobitovich ovozini emas, iymon, hayo, sadoqat ramzi Sharq ayolining – onasining ovozini eshitadi. Qizi tug’ilgan yili vafot etgan onasi narigi dunyodan turib go’yo Mahzunani ma’naviy qo’llaydi: “Voy qizim-ey, o’takam yorildi-ya!! Telefonni nega olmayapsan? Kechasi bilan alag’da bo’lib chiqdim-a, bolam!! Uying tinchmi, ishqilib?.. Mahzuna dastakni ikki qo’llab quchoqlagancha ho’ngrab yubordi”. Xullas, hikoyada milliy xarakterning hayo, vafodorlik, oilaga sodiqlik, poklik kabi qirralari Mahzunaning ichki dunyosini tahlili misolida mahorat bilan ochilgan. Muallif estetik ideali har qanday buzuq muhitda bo’lmasin, haqiqiy o’zbek o’zligini yo’qotmaydi, degan haqiqatni ifodalaydi. Ayollarimizni poklikka undovchi yuksak tarbiyaviy, ma’naviy g’oyani ilgari suradi. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling