Mundarija Kirish I bob


III bob yuzasidan quyidagicha xulosalarga kelindi


Download 254.5 Kb.
bet10/14
Sana03.02.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1154026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbek hikoyalarida pafos va ijodkor konsepsiyasi

III bob yuzasidan quyidagicha xulosalarga kelindi:
Birinchidan, ramziylik – hikoya yaratish jarayonida ijodkorlarning poetik konsepsiyasini (yo’nalishini) belgilab beruvchi vosita ekanligi hikoyalar misolida tahlil qilindi.
Ikkinchidan, Xurshid Do’stmuhammadning “Jajman” hikoyasidagi ramziylikka keng o’rin berilganligi (ya’ni bozor-hayot; Jajman-nafs ramzi va h.k) hikoya tahlilida o’rganildi.
Uchunchidan, adibning “Jajman” hikoyasidagi zamon va makon muammosi sarhadsiz ekanligi, bundan tashqari, Zardusht boboning o’y-hayollari orqali umuminsoniy muammolar ko’tarilganligi hikoyadan olingan misollar orqali tadqiq etilgan.
To’rtinchidan, Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasidagi qahramon va voqelik ramzlar vositasida ochib berilganligi tahlil qilindi.
Beshinchidan, adibning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasidagi shaxs konsepsiyasi ijtimoiy muhit bilan birlashib falsafiy mazmundorlik kasb etganligi tahlil qilindi.
Oltinchidan, Nazar Eshonqul va Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalaridagi ramziy vositalardan foydalanish mahoratlari qiyosiy tahlil qilindi ya’ni Nazar Eshonqul ramziy vositalardan qahramon va voqelikni uzviy bog’lashda foydalansa, Xurshid Do’stmuhammad esa ruhiy iztiroblar iskanjasidan foydalanganligini aniqladik.


Umumiy xulosalar
Pafos – adabiyotshunoslikka notiqlik san’atidan o’tgan atama bo’lib, ijodkorning butun asarga singib ketgan ehtirosi boshqacha aytganda, badiiy asarga jon boxsh etgan emotsional asos. Pafosda ijodkor fikri va hissiyoti shunday yaxlit ko’rinish oladiki mana shu birlikni tushunish va his qilish asarning yetakchi g’oyasini belgilovchi muhim kaliti hisoblanadi. Bundan tashqari pafos tushunchasi ijodkorning yoritilayotgan mavzuni chuqur his qilishi va bu hissiyotning badiiy asarda zuhurlanishi namoyyon bo’lishidir. Pafos asarga ruh bag’ishlaydigan ijodkorning konseptsiyasini (yo’nalishini) belgilaydigan omildir.
Shu nuqtai nazardan o’zbek hikoyachiligida deyarli o’rganilmagan pafos, estetik ideal, ijodkor konseptsiyasi masalalarini hikoyanavislar Nazar Eshonqul va Xurshid Do’stmuhammad hikoyalari misolida tadqiq etib quyidagi umumiy xulosalarga keldik:
Birinchidan, mazkur dissertatsiyamizda pafos va uning o’ziga xos xususiyatlarini, ini asar g’oyasi va ijodkor konseptsiyasi bilan uyg’unligini hikoyalar misolida tahlil qildik.

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling