Mundarija kirish. I bob


Download 1.87 Mb.
bet6/6
Sana18.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1283446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNDARIJA

Qadimgi Yunoniston madaniyati.

Yunoniston musiqasini badiy (mas, „Iliada“ „Odiseya“) va ilmiy (Platon, Aristotel, Pifagor, Aristoksen) meros hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yunonistonda musiqa sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib, uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan. Turli xalq qoʻshiqlari — georgik (dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama (nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos (yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va boshqalar xudolarga bagʻishlangan aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda (aed, rapsod — Homer va boshqalar)lar oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va dostonlarni cholgʻu (torlitirnama forminks va boshqalar)larni chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat va afsonalar bizgacha yetib kelgan.
Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr kifarani kashf qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa, ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik ramzi darajasiga koʻtarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va odshtari, elegiya) rivoj topgan.Yunoniston tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni bajargan. Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl, Yevripid va boshqalar) kuylarni ham yaratib, dramatik asarlarga xor va raqslar, yakka xonandalik shakllarini kiritgan. „Antigona“ (Sofokl) tragediyasidagi xor Afinaning milliy madhiyasiga aylangan. Ellinizm davrida katta cholgʻu ansambllar, organ kabi musiqa cholgʻu asboblari paydo boʻlgan.Yunoniston musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa anʼanalari taʼsir etgan. Oʻz navbatida, Yunoniston musiqasi hamda musiqa nazariyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus alKotib, Ibn Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy, AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj topgan. 9-asrda Bagʻdodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va boshqalarning koʻpgina musiqa risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi platoniklar gʻoyalarini rivojlantirgan. Yunoniston musiqa nazariyasida qaror topgan tushunchalar (musiqa, melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmoniya, diatonika va boshqalar) hozirgi musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.


XULOSA
YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI — qadimiy quldorlik davlati (miloddan avvalgi 256— 248 yillar orasi — miloddan avvalgi 140-135 yillar). Asoschisi salavkiylar Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda u o’zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e’lon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy O’zbekiston va Afg’oniston kirgan. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, shimoliy G’arbiy Hindiston hamda Sug’diyona ham bo’ysungan. Poytaxti Baqtra (o’rta asrlardagi Balx) shahri bo’lib, uning xarobalari shim. Afg’onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar) ga bo’linib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon an’analari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunonbaqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik shim. Afg’onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning o’ng qirg’og’ida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy e’tiqodlar keng tarqalganligini ko’rsatib turibdi. Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O’rta Osiyo hududlarini o’zaro bog’lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko’rfaziga olib chiquvchi savdo yo’llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko’plab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini ko’rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (miloddan avvalgi 250-230), Evtidem (miloddan avvalgi 230 -200), Demetriy (miloddan avvalgi 200-185), Evkradit (miloddan avvlagi 185-171), Geliokl (miloddan avvalgi 171-155) va boshqalar hukmdorlari ma’lum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (masalan, Diodot 1P, Evkradit 1 —II) ham bo’lgan. Miloddan avvalgi 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 2-asr o’rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo’linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar) o’z nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 140-135 yillarda sak va yuechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan. Yunon manbalariga ko’ra, Yunon-Baqtriya podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999; O’zbekiston tarixi, T., 2003; Sagdullaev A.S., Qadimgi O’rta Osiyo tarixi, T., 2004. O’ktam Mavlonov
Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling