Mundarija: Kirish I. bob
Download 138.5 Kb.
|
chala
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.bob
- Kurs ishi maqsadi
- Kurs ishi tarkibiy tuzilishi va hajmi
Mavzu: Ibn al - Asirning " Al-komil fit tarix " asari manba sifatida Mundarija: Kirish I.bob. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Qo’qon xonligida ijtimoiy-siyosiy ahvol va qo’zg’olonga aylanishi. 1.1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Qo’qon xonligida ijtimoiy-siyosiy ahvol. 1.2.Buxoro amirligi va Qo’qon xonligida xalq norozilik harakatlarining o’sib borishi va qo’zg’olonga aylanishi. II.bob. Buxoro amirligi va Qo’qon xonligidagi dehqonlar harakatining o’ziga xos xususiyatlari va ziddiyatlar taxlili 2.1.Buxoro amirligi va Qo’qon xonligidagi dehqonlar harakatining o’ziga xos xususiyatlari. 2.2. Buxoro amirligi va Qo'qon xonligi o'rtasidagi ziddiyatlar taxlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Abdulahadxon qul vа cho‘rilаrgа rаsmаn ozodlik berish to‘g‘risidа fаrmon chiqаrgаn. U 1910-yildа vafot etgach, taxt voris o‘g‘li Olimxon (1910–1920)gа nаsib etadi. Kurs ishi maqsadi: Buxoro amirligi va Qo'qon xonligi o'rtasidagi munasobatlar haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishi ob’ekti: Buxoro amirligi va Qo'qon xonligi o'rtasidagi munasobatlar bilan tanishtirish jarayoni Kurs ishi predmeti: Buxoro amirligi va Qo'qon xonligi o'rtasidagi munasobatlar bilan tanishtirish ko’nikmalari Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi. Kurs ishi tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. I.bob.
Abu-l- Hasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Abdu-l-Karim ibn Abdu-l-Vohid ash-Shayboniy, bizga Izzadiddin Ibn al-Asir al-Jazari nomi bilan mashhur bo’lgan(1160-1234-yillar) Mosul shahridan Tigr daryosining yuqori oqimi bo’ylab uch kunlik yo’lda joylashgan Jazirat ibn Umar shahrchasida tug’ilib o’sgan. Shu yerdan uning nisbasi Jazari kelib chiqqan. Ibn Xallikon uning tug’ilgan sanasini aniq aytadi 555-yil jumodul avvalning 4-kuni/ 13-may 1160-yil. Uning otasi Abu-l-Karim Muhammad ibn Muhammad ibn Abdu-l-Karim ibn Abdu-l-Vohid ash-Shayboniy Mosuldagi Zangidiylar hukumatining yuqori martabali amaldori bo’lib rais ad-devon mansabi va Mosul vazirining Jazirat Ibn Umardagi noyibi bo’lgan. Davlat ishlaridan tashqari u savdo-sotiq bilan ham shug’ullangan va unga Jazirat Ibn Umarning chekkasidagi yerlar shuningdek, Mosuldan janubda joylashgan Kasr Xarb qishlog’idagi yerlar tegishli bo’lgan. Uning uch farzandi bo’lgan va uchala farzand ham islom olamida yetuk olim bo’lib yetishgan, xususan diniy ilmlar, tarix va falsafa sohlarida. Izzadiddin Ibn al-Asir ulardan biri edi. Uning katta akasi Abu-s-Sa’adat al-Muborak ibn Muhammad al-Jazari, Majididdin nomi bilan mashhur bo’lib(1149-1210) tafsir ilmi, fiqh, hadisshunoslik va arab tili grammatikasi bo’yicha mashhur olim bo’lgan. Uning kichik akasi Abu-l- Fath Nasrulloh ibn Muhammad al-Jazari, Ziyouddin nomi bilan mashhur bo’lib(1163-1239) mashhur filolog va adabiyotshunos, Iyerusalim shahrini saibchilardan ozod qilgan Damashq hokimi Ali ibn Nosir al-Afdol saroyida vazir bo’lib ishlagan. Bolalik yillarida Ibn al-Asir oilasi bilan qishloqdan Mosulga ko’chib o’tishadi va u yerda dastlabki ta’limni oladi va hadis ilmini Mosulning xatibi Abu-l-Fadl Abdulloh ibn Ahmad at-Tusiydan o’rganadi. Ibn al-Asirning o’z asarida yozishidan ma’lumki 1175-76-yilda ya’ni 16 yoshida u to’liq Quyosh tutilishiga guvoh bo’ladi shundan bir yil o’qib esa siam egizak qo’zichoqlarni ko’radi va shundan so’ng esa fan bilan jiddiy shug’ullanadi va matematika ilmini o’rganishni boshlaydi. 1179-80-yillarda u hadis ilmini o’rganadi va Mosulda bir qator meteorologik kuzatishlarni olib boradi. 1180-81-yillarda u Makkaga haj safarini uyushtiradi va qaytishda Bag’dodda hadislarni o’rganadi. U bir necha bor yo’l-yo’lakay yoki Mosul hokimining elchisi sifatida Bag’dodga tashrif buyuradi. Bu yerda u fiqh ilmini Abu-l-Qosim Ya’ishi ibn Sodiqiy, Abu Ahmad Abdulvahhob ibn Ali as-So’fiy va boshqalardan o’rganadi. Suriyada esa mashhur shayx Zayn al-Usmon ma’ruzalarini tinglaydi. O’z ilmini oshirish maqsadida Ibn al-Asir Iroq, Suriya , Falastin va Xijozning ko’plab shaharlariga sayohat qiladi. 1185-86-yillarda Salohiddin o’zining Mosul shahriga ikkinchi hujumini uyushtirganda u shaharda bo’lgan. 1188-89-yilda ya’ni 28 yoshida Salohiddin boshchiligida Suriya va Iyerusalimdagi salibchilarga qarshi kurash olib brogan. 1193-94-yilda u Damashq sharida edi. Keyin esa u Mosul shahriga qaytadi va umrining katta qismini shu yerda o’tkazadi. Umrini ilmga bag’ishlab, hadis ilmini o’rgatadi, adabiyotni o’qiydi va ilmiy asarlar yozadi. Uning uyi Mosul shahri va mehmonlari olimlari va adabiyotchilari yig’iladigan uchrashuv joyi bo’ldi. Ibn al-Asir mosulning otabeklari Zangidiy hukmdorlarining ishonchli va yaqin kishisi bo’lgan va bir qancha vaqt ularning saroyida vazir lavozimida ishlagan. Mosul otabeklari unga muhim siyosiy masalarni yechishni ishonib topshirib Bag’dodga yuqori martabali davlat amaldorlari huzuriga bir necha bor yuborganlar. Umrining oxirida 1228-1231-yillarda Ibn al-Asir Suriyaga jo’nab ketadi, bir necha yil uni qattiq hurmat qilgan va unga katta ehtiromlar ko’rsatgan shahar hokimi Shihobiddin To’g’rul al-Xodim Otabek Malik at-Tavashining hurmatli mehmoni bo’lib Halab shahrida isteqomat qilgan. Bu yerda u bilan boshq abir arab tarixchisi va biografi Ibn Xallikon ko’rishadi(1282-83), o’sha paytda u 18yoshda edi. Keyinchalik u Ibn al-Asir haqida juda yaxshi ta’riflarni beradi, uning tarix va diniy ilmlarda mukammalligini aytib o’tadi. 1229-yilda Ibn al-Asir Damashq shahriga ketadi, u yerda bir yil atrofida yashaydi, keying yil 1230-yilda esa yana Halabga qaytadi, keyin Mosul shahriga jo’naydi. Halabga qaytganida yana bir mashhur arab tarixchi va filologi Yoqut Hamaviy bilan uchrashadi, u bir yordam berishini, uning o’limidan so’ng kutubxonasi va qo’lyozmalarini Bag’dodga olib borishini iltimos qiladi. Ibn al-Asir rozi bo’ladi lekin, u vadasini bajara olmay tez orada 630-yil shabon oyining 25-sanasida/6-iyun 1234-yil 27 yoshida vafot etadi. Ibn al-Asir hadis va arablarning shajaralarini yetuk bilimdoni bo’lgan lekin, unga katta shuhratni tarixiy asarlari keltirdi, ularning eng mashhuri “al-Komil fit-tarix” asari hisoblanadi. Ushbu asardan tashqari yana tarixga oid “Tarix atabika al-Musul” (Mosul otabeklari tarixi) yoki “Tarix ad-davlat al-atabikiyya” (Otabeklar davlati tarixi) asari bizga bir necha nusxada yetib kelgan va Misrda chop etilgan. Ushbu asar qisqacha otabeklarni tarixini bayoni ya’ni, Mosulning Zangidiy hukmdorlari, ular bilan muallif zamondosh va yaqinlaridan bo’lgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, asar birinchi shaxs tomonidan yozilgan muallif ma’lumotlarni o’z otasidan olgan hamda asosan o’zi guvoh bo’lgan voqealarni bayon qilgan. Balkim, bu asar otabeklarni talabi bilan yozilgandir, chunki, 1210-1218-yillar davomida bu asarni yozish uchun u boshqa asari “al-Komil fit-tarix”ni 8 yilga to’htatib turgan. Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Abdu-l-Karim ibn Abdu-l- Vohid ash-Shayboni, bizga Izzadiddin Ibn al-Asir al-Jazari nomi bilan tanish bo’lib uning “Al-komil fit-tarix” asari islom davlatlarining mo’g’ullar bosqini davrigacha va mo’g’ullar bosqini davri tarixiga oid muhim manbalardan biri sanaladi. Bizgacha bu arab tilida umumiy tarix bo’yicha yozilgan ko’p tomlik kitobning bir qancha qo’lyozma nusxalari yetib kelgan, uning alohida tomlari dunyoning ko’plab qo’lyozma fondlarida saqlanadi. Bizgacha yetib kelgan qo’lyozmalar asosida tuzilgan asarning to’liq tanqidiy matni, 14 ta tomda 1851-1876-yillarda yevropalik oloim S. Tornberg tomonidan nashr qilingan. Shuningdek, asarning bir nechta arabcha nusxasi ham mavjud, ularning so’nggisi 1987-yilda Bayrutda chop etilgan. Eski o’zbek tilidagi to’liq tarjimasi ham mavjud, ushbu tarjima Xiva xoni Muhammad RahimxonII buyrug’i bilan bir guruh tarjimonlar Ibn al-Asirning 12 tomlik Misr qo’lyozmasi asosida 1901-1907-yillarda tarjima qilingan. Ushbu tarjimaning asl nusxasi va bir nechta ko’chirmasi hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozma fondida saqlanadi. Ibn al-Asirning asari uni alohida qismlarini tarjima qilgan va o’rgangan ko’plab tadqiqotchilar-sharqshunoslarda ancha avvaldan katta qiziqish tug’dirgan. XIX asr oxiri XX asr boshlaridayoq Rossiyada Ibn al-Asir asarining alohida qismlari nashr qilingan, shuningdek, mo’gullar bosqini davriga tegishli qismlari V.G. Tizengauzen tarjimasida. Aljirlik olim E. Fagnan esa Ibn al-Asirning Mag’rib va Ispaniya davlatlari tarixiga oid qismlarini ilmiy- sharhlar asosida fransuz tiliga tarjima qilgan. 1904-yilda esa daniyalik olim I. Oystrap Ibn al-Asir asarining mo’g’ullargacha va mo’g’ul davriga oid qismlarini tadqiq qilgan. 1904-05-yillarda esa turk olimi Sharafiddin Ibn al-Asir oilasi va uning ilmiy merosi haqida tadqiqotlarini nashr qildi. Ibn al-Asirning asari va at-Tabariyning asarlari orasidagi aloqalar va farqlar haqidagi savollarni nemis olimi K. Brokkelman tomonidan o’rganilgan. 1939-yilda rossiyalik olim I.N. Lemanov va S. Volin tomonidan Ibn al-Asir asarining turkmanlar va Turkmaniston tarixiga oid ma’lumotlarni ajratib olib rus tiliga tarjima qilishdi. 1940-yilda esa P. Juze asrning Ozarbayjon tarixiga oid parchalarni rus tilida nashr qildi. 1873-yilda esa K.B. Starkova asarning qirg’izlar va Qizrg’iziston tarixiga tegishli parchalarini rus tiliga tarjima qildi. Ibn al-Asir tarixiy asarining manbalari haqidagi savollar borasida O.B. Frolova tomonidann tadqiq qilindi. 1982-yilda esa ingliz olimi D. S. Richards tomonidan Ibn al-Asir asarining so’nggi qismlari metodologiyasi va manbalrini tadqiq qildi. 1986-yilda A. Yuldashev tomonidan Tojikistondagi Xo’jand tarixiga oid ma’lumotlarni ajratilgan parchalri rus tiliga tarjima qilindi. 1988-yilda B. Vahabov tomonidan Ibn al-Asir asarining Abu Muslim boshqaruvi davriga oid parchalarini rus tilida nashr qildirdi. Yaqinda esa Ibn al-Asir asarining o’zbekcha nusxasidan O’rta Osiyo turklarining etnik tarixiga oid parchalari nashr qilindi. Shunday qilib, ushbu Ibn al-Asirning tarixiy asari uni tarjima qilgan va alohida hududlar yoki alohida bir davrga oid qismlarini o’rganagan ko’plab tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga jalb qilgan Har bir tadqiqiotchi u yoki bu savol masalasida uni qiziqtirgan asarning ma’lum qismlarigagina murojaat qilgan. Bundan tashqari ushbu tarjimalar va tadqiqotlar sochilgan holda, turli nashriyotlarda, turli davr va turli tillarda nashr qilingan. Shu bilan birga nashr qilingan tarjimalarda Ibn al-Asir asari matni ma’nosini buzuvchi ko’plab noaniqliklar va xatoliklarga yo’l qo’yilgan. Shuning uchun Ibn al-Asir asarini umumiy tarzda tadqiq qilish va undagi Sharq xalqlari xususan O’rta Osiyo xalqlari tarixiga oid qismlarini kompleks tadqiqot qilish muhim. Ushbu tadqiqotlarni P.G. Bulgakov va keyinchalik uning ishini Sh.S. Kamoliddin tomonidan yakuniga yetkazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Ibn al-Asirning qalamiga shuningdek, tugallanmagan “Tarix al-Musul” (Mosul tarixi) asarini ham mansubdir. Lekin, bizga ma’lum Xoji Xalifaning bibliografik asari “Kashf az-zunun”da XVII asrgacha yozilgan “Mosul tarix”lari ichida ushbu asar uchramaydi. Ibn al-Asirning qakamiga shuningdek, “al-Lubab fi taxzib al-ansab” (Nisbalarni tozalash va to’grilash) asari ham mansub bo’lib, ushbu asar marvlik tarixchi va biograf Abu Sa’d al-Karim ibn Muhammad as-Sam’anining(1113-1162) “Kitab al-ansab”(Nisbalar kitobi) biografik lug’atining qisqartirilgan shaklidir. Ibn al-Asir ushbu asarni 8 tomdan 3 tomgacha qisqartirib, undagi xatolarni tahrirlab va to’g’rilab, unga biroz qo’shimchalar kiritadi. Ibn al-Asir asarini 615-yil jumodul avvalda/ iyul-avgust 1218-yilda yakunlaydi. Ibn Xallikan ushbu Ibn al-Asirning qisqartmasi o’z davrida ancha mashhur bo’lgani va odamlarni qo’lida ko’plab nusxalarini borligini, 8 tomlik as-Sam’anining asarini esa ancha kamyob bo’lgani va faqat bir marta Halabda ko’rganini yozadi. Ibn al-Asirning ushbu asari bu holati keyinchalik yana qisqartirilishga uchraydi. Ya’ni, mashhur arab tarixchisi va filologi Jaloliddin(1505-yilda vafot etgan) as-Suyuti uni 1 tom holigacha qisqartirib “Lubb al-lubab”(Tozalnganni o’zagi(yuragi). Ibn al-Asirning qisqartmasi va uning as-Suyuti tomonidan qisqartirilgan shakli ham bizgacha bir necha nusxada yetib kelgan Leyden kutubxonasida saqlanadi. Ibn al-Asir shuningdek biografik “Usd al-gaba fi ma’rifat as-sixaba” yana bu nom bilan “Usd as-sixaba” yoki “Axbar as-sixaba”. Bu 6 yirik tomdan iborat asar bizga bir qancha nusxada yetib kelgan va 1970-yilda Misrda chop etilgan. Ibnal-Asirning ushbu biografik asari Muhammad s.a.v. izdoshlari ya’ni sahobalari biografiyalari yig’indisi hisoblanadi. Bu asarda Ibn al-Asir barcha ma’lum bo’lgan sahobalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ib ularni bir tizimga solidi, ularning biografiyalarini alifbo tarzida joylashtiradi. Bundan tashqari u o’zidan oldingi mualliflar xatoliklariga tuzatishlar kiritadi va yangi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Shunday qilib, uning asaridagi sahobalar biografiyalarining umumiy soni 7554 taga yetadi. Keyingi asrlar davomida Ibn al-asirning asari bir necha bor qisqartiriladi. Ibn al-Asir yana shuningdek “al-Jami’ al-kabir”(Katta to’plam) uslubiyatga oid(ilm al bayan) va ritorikaga oid (ilm al-balag’a), hamda “Tuxfat al-aja’ib uv turfat al-g’ara’ib” asarlarini ham yozgan. Bu ikkala asar ham bizgacha yetib kelgan ularning birinchisi chop etilgan. 1.2 . “Al komil fit-tarix” asarining yozilishi va tarixiy manba sifatidagi o’rni Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling