Mundarija: Kirish I. bob


Download 138.5 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1436831
1   2
Bog'liq
chala

.
Eng katta mashhurlikni Ibn al-Asirga uning yirik tarixiy asari “al-Komil fit-tarix”(Mukammal tarix) keltirdi. Muallifning o’zi guvohlik berishicha asarning katta qismini o’z qishlog’i, Kasr Xarbda katta kutubxonaga ega bo’lgan qishlog’ida yozgan. Ibn al-Asir asrini 1198-99-yildan boshlab yoza boshlagan va u dastlab “Al-Muqraqsa fit-tarix” deb atalganligi haqida fikr mavjud.
Sakkiz jildlik Ibn al-Asirning asari umumiy tarixiy yilnoma janriga oid bo’lib solnoma tizimida yozilgan. Asar Arab xalifaligi va islom davlatlari tarixini “dunyoni yaratilishidan” boshlab to 1230-31-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va musulmon solnoma tarixchiligining yuksak namunasi hisoblanadi. Agar mashhur geograf Yoqut Hamaviyning “Mudjam al-buldan” asari “uning davrida(XIII) ma’lum bo’lgan barcha geografik adabiyotlarni yig’indisi ” hisoblansa, uning zamondoshi Ibn al-Asirning “al-Komil fit-tarix” asarini esa “uning davrida ma’lum bo’lgan barcha tarixiy adabiyotlarning yig’indisi” deb aytish mumkin. Ibn Xallikan uning asarini ma’lum bo’lgan barcha asarlarning ichida musulmon dunyosi tarixiga oid yozilgan eng yaxshilaridan biri deb aytib o’tadi.
V.V. Bartold Ibn al-Asir asarining ustunliklariga baho berib shuni ta’kidlab o’tadiki, u o’z ishini vijdonan va u davr uchun kam uchraydigan tanqidiy qarashlar bilan o’z ishi uchun har joydan ulkan material to’playdi. U ikki manbadan qaysi birini tanlashda ikkilanib qolsa u ikkala asarni ham keltirib o’tgan. Ibn al-Asir siyosiy jarayonlar tarixini bayon etish bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek, Sharq xalqalari madaniy tarixi haqida ham ma’lumotlar keltiradi. Bundan tashqari u turli davrlarda mavjud bo’lgan yetakchi bo’lgan g’oyalar va harakatlar haqida, tarixiy shaxslar va adabiyotchilarning asl xarakterini ochib berish uchun yetarlicha manzarani beradi.
Ibn al-Asirning asari ko’plab tarixiy yozma yodgorliklarga asoslangan va uning davrida ma’lum bo’lgan barcha arab-musulmon manbalarining kompilyatsiyasidir. Misol uchun, islomgacha va islomning dastlabki uch asrini yeti jildda yoritadi, bu davr uchun esa Ibn al-Asir kompilyativ asar bo’lgan Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabarining xijratdan avvalgi 302-yilgacha tarix bayon etilgan“Tarix ar-rusul va-l-muluk”(Payg’ambarlar va shohlar tarixi) asaridan foydalanadi. Ibn al-Asir asari va at-Tabarining o’rtasidagi aloqalar to’g’risidagi savolga nemis olimi K. Brokkelmanning tadqiqotlari bag’ishlangan bo’lib, u shunday xulosaga keladiki, Ibn al-Asirning asari xuddi at-Tabariyning asari kabi dastlabki manba sifatida yuksak o’rnini saqlaydi, hattoki islomning dastlabki asrlari uchun ham.
Abu Ja’far at-Tabari o’z asarida barcha arab-musulmon mualliflari asarlari majmuasini berishni maqsad qilgan edi, ammo uning asari katta qismida faqatgina takrorlashdan iborat bo’lib tanqid umuman uchramaydi. Ibn al-Asirga keladigan bo’lsak , u at-Tabari asarini ancha qisqartirdi, isnodlarni ya’ni voqeani hikoya qiluvchialr zanjiribi olib tashlab ko’plab bizga yetib kelmagan manbalardagi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Bir qator at-Tabari asarining manbalari Ibn al-Asirning qo’lida mavjud bo’lgan va at-Tabariy keltirmagan ma’lumotlarni beradi, bu o’z navbatida uning at-Tabari asarining to’liq redaksiyasini to’plaganini izohlaydi. Masalan, biz faqatgina Ibn al-Asirninig asarida arablar va xitoyliklarni 751-52-yillardagi to’liq ma’lumotni uchratamiz. Bu jang O’rta Osiyoning g’arbiy qismi taqdirini hal qilgan. Boshqa manbalar bular qatorida at-Tabarining asari ham bu jang haqida umuman ma’lumot keltirmaydi. Shu bilan birga Ibn al-Asirda keltirilgan ushbu voqea Xitoy manbasi “Tanshu”(Tan sulolasi tarixi)da o’z tasdig’ini topadi. Ibn al-Asir yana at-Tabari asrini Misr, Shimoliy Afrika va Ispaniya tarixi bilan bog’liq voqealar bilan boyitadi.
Ibn al-Asir qayta-qayta murojaat qilgan tarixiy asarlari qatoriga mashhur bag’dodlik tarixchi Ahmad ibn Yaxyo ibn Jobir al-Balazurining “Ansab al-ashraf” asarini kiritishimiz mumkin. Bu asar bizgacha yetib kelgan va 1959-yilda MIsrda chop etilgan.
Xuroson va Movarounnahr VII asr ikkinchi yarmidan X asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini yoritishda foydalangan Ibn al-Asirning asosiy manbasi bu bizgacha yetib kelmagan O’rta osiyolik tarixchi Abu-l-Husayn Ali ibn Ahmad as-Sallamiyning “Tarix fi axbar vulat Xurasan” (Xuroson hukmdorlari tarixi) asaridir. Abu-l-Husayn Ali ibn Ahmad as-Sallamiy mashhur somoniylar noibi bo’lgan Abu Bakr Chag’oniyning va uning o’gli Abu Alining yaqinlaridan bo’lgan va asarini Abu Alining vafotiga qadar ya’ni 955-yilda yakunlaydi. Ibn al-Asirdan tashqar as-Sallamining asarini yana Abu Sa’id Gardiziy, Abu Nasr Ali ibn Hibat Allah(Ibn Maqula), Avfi, Ibn Xallikan va Abu XafsUmar ibn Muhammad an-Nasafiy foydalangan.
Ibn al-Asir hadis va arablarning shajaralarini yetuk bilimdoni bo’lgan lekin, unga katta shuhratni tarixiy asarlari keltirdi, ularning eng mashhuri “al-Komil fit-tarix” asari hisoblanadi. Ushbu asardan tashqari yana tarixga oid “Tarix atabika al-Musul” (Mosul otabeklari tarixi) yoki “Tarix ad-davlat al-atabikiyya” (Otabeklar davlati tarixi) asari bizga bir necha nusxada yetib kelgan va Misrda chop etilgan. Ushbu asar qisqacha otabeklarni tarixini bayoni ya’ni, Mosulning Zangidiy hukmdorlari, ular bilan muallif zamondosh va yaqinlaridan bo’lgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, asar birinchi shaxs tomonidan yozilgan muallif ma’lumotlarni o’z otasidan olgan hamda asosan o’zi guvoh bo’lgan voqealarni bayon qilgan. Balkim, bu asar otabeklarni talabi bilan yozilgandir, chunki, 1210-1218-yillar davomida bu asarni yozish uchun u boshqa asari “al-Komil fit-tarix”ni 8 yilga to’htatib turgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Ibn al-Asirning qalamiga shuningdek, tugallanmagan “Tarix al-Musul” (Mosul tarixi) asarini ham mansubdir. Lekin, bizga ma’lum Xoji Xalifaning bibliografik asari “Kashf az-zunun”da XVII asrgacha yozilgan “Mosul tarix”lari ichida ushbu asar uchramaydi.
Ibn al-Asirning qakamiga shuningdek, “al-Lubab fi taxzib al-ansab” (Nisbalarni tozalash va to’grilash) asari ham mansub bo’lib, ushbu asar marvlik tarixchi va biograf Abu Sa’d al-Karim ibn Muhammad as-Sam’anining(1113-1162) “Kitab al-ansab”(Nisbalar kitobi) biografik lug’atining qisqartirilgan shaklidir. Ibn al-Asir ushbu asarni 8 tomdan 3 tomgacha qisqartirib, undagi xatolarni tahrirlab va to’g’rilab, unga biroz qo’shimchalar kiritadi. Ibn al-Asir asarini 615-yil jumodul avvalda/ iyul-avgust 1218-yilda yakunlaydi. Ibn Xallikan ushbu Ibn al-Asirning qisqartmasi o’z davrida ancha mashhur bo’lgani va odamlarni qo’lida ko’plab nusxalarini borligini, 8 tomlik as-Sam’anining asarini esa ancha kamyob bo’lgani va faqat bir marta Halabda ko’rganini yozadi.
Ibn al-Asirning ushbu asari bu holati keyinchalik yana qisqartirilishga uchraydi. Ya’ni, mashhur arab tarixchisi va filologi Jaloliddin(1505-yilda vafot etgan) as-Suyuti uni 1 tom holigacha qisqartirib “Lubb al-lubab”(Tozalnganni o’zagi(yuragi). Ibn al-Asirning qisqartmasi va uning as-Suyuti tomonidan qisqartirilgan shakli ham bizgacha bir necha nusxada yetib kelgan Leyden kutubxonasida saqlanadi.
Ibn al-Asir shuningdek biografik “Usd al-gaba fi ma’rifat as-sixaba” yana bu nom bilan “Usd as-sixaba” yoki “Axbar as-sixaba”. Bu 6 yirik tomdan iborat asar bizga bir qancha nusxada yetib kelgan va 1970-yilda Misrda chop etilgan.
Ibnal-Asirning ushbu biografik asari Muhammad s.a.v. izdoshlari ya’ni sahobalari biografiyalari yig’indisi hisoblanadi. Bu asarda Ibn al-Asir barcha ma’lum bo’lgan sahobalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ib ularni bir tizimga solidi, ularning biografiyalarini alifbo tarzida joylashtiradi. Bundan tashqari u o’zidan oldingi mualliflar xatoliklariga tuzatishlar kiritadi va yangi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Shunday qilib, uning asaridagi sahobalar biografiyalarining umumiy soni 7554 taga yetadi. Keyingi asrlar davomida Ibn al-asirning asari bir necha bor qisqartiriladi.
Ibn al-Asir yana shuningdek “al-Jami’ al-kabir”(Katta to’plam) uslubiyatga oid(ilm al bayan) va ritorikaga oid (ilm al-balag’a), hamda “Tuxfat al-aja’ib uv turfat al-g’ara’ib” asarlarini ham yozgan. Bu ikkala asar ham bizgacha yetib kelgan ularning birinchisi chop etilgan.
Safforiylar tarixini yoritish uchun as-Sallamining asaridan tashqari, Ibn al-Asir bizgacha yetib kelmagan Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Azhar al-Azhabiyning asaridan foydalanadi. Ushbu asardan shuningdek, Ibn Xallikan ham foydalangan. Qolgan Ibn al-Asirning foydalangan manbalari ularga ishora yo’qligi uchun bizga mavhumligicha qolmoqda.
Ibn al-Asirning asaridagi X asrdan boshlab to asar yakunigacha bo’lgan davr 1230-31-yillarning tarixini o’rganish juda muhim hisoblanadi. Bu qismda u tomonidan at-Tabariy asarining davomi hisoblangan ko’pla asarlardan shuningdek, bir qancha hududiy yilnomalardan foydalangan.
Mo’g’ullar davri tarixi uchun esa Ibn al-Asirniing asari dastlabki manba hisoblanadi, chunki muallif bu voqealarga zamondosh bo’lib o’sha davrda ro’y bergan voqealarga bevosita o’zi guvoh bo’lgan. Ibn al-Asirdan tashqari bu davr tarixiga oid boqealarni bayon qiluvchi yana ikki uning zamondoshi bo’lgan arab tilli mualliflar- “Jaloliddin Manguberdining hayoti” asarini yozgan Shihabiddin Muhammad ibn Ahmad an-Nasaviy va “Nosir turkumlari” asari muallifi Abu Umar Usmon ibn Muhammad al-Juzjoniylar bayon etgan. Ushbu faktning o’ziyoq Ibn al-Asirning asari mo’g’ullarning islom mamlakatlari shu jumladan O’rta Osiyoni bosib olishi tarixini yoritish uchun muhim manba hisobalanadi.
Ibn al-Asir o’z asarida og’zaki ma’lumotlarni olgan manbalarning ba’zilarini aytib o’tadi. Shunday ma’lumot olganalridan biri bu qonunshunos bo’lib, u mo’g’ullar bosqini davrida Buxoroda bo’lgan. Bosqinchilar uni asir olib Samarqandga olib ketishgan u yerdan qochib qolib Bag’dodga kelgan. Ibn al-Asirning bu voqealarning axborotchilaridan yana xorazmlik savdogarlar bo’lgan. Boshqa axborotchisi Daquqda iste’qomat qiluvchi shaxs bo’lib mo’gullardan qochgan xorazmlik asakarlar hujumiga uchragan. Yana bir axborot beruvchilaridan bu Alouddin Takashning amirlaridan bo’lgan Abu Bakr Tojiddinning qo’shinida xizmat qiluvchi musulmon askari bo’lgan.
Ibn al-Asir voqealarning bayonidagi turli versiyalardan foydalanishda at-Tabariydan farqli ravishda tanqidiy yondashadi va mashhur “lekin, Alloh yaxshiroq bilguvchi” iborasidan qochadi, va u yoki bu versiyani asoslab berishga harakat qiladi. Masalan, Ibn al-Asir mo’gullarning Buxoroni egallashini bayonida ikki versiyani keltiradi, lekin shu bilan birga u ikkinchi versiyani tanlashini aytib, uni ishonchliroq hisoblaydi.
Shunday qilib, Ibn al-Asirning asari o’zining kompliyativ xususiyatiga qaramasdan, X asr o’rtalarigacha bo’lgan voqealarni bayonida o’zining mustaqil ahamiyatini saqlab qoladi. Asarning ikkinchi qismida, X asrning ikkinchi yarmidan XII asr o’rtalarigacha bo’lgan davri uchun Ibn al-Asirning asari dastlabki manba hisoblanadi va keltiriladian ma’lumotlar original xususiyatga ega.
Shu bilan birga, aytib o’tish kerakki, Ibn al-Asir o’z asarida alohida xato va noaniqliklardan qo’chib qola olmagan. Masalan, u jizya (jon solig’i) va xiroj(yer solig’i) farqlamaydi va ikkalasini ham bir ma’noda qo’llaydi.

II.bob. Buxoro amirligi va Qo’qon xonligidagi dehqonlar harakatining o’ziga xos xususiyatlari va ziddiyatlar taxlili


2.1.Buxoro amirligi va Qo’qon xonligidagi dehqonlar harakatining o’ziga xos xususiyatlari.
Buxoro amirligining huquq manbalarini islom huquqi (shariat), dunyoviy huquq (amirlarning farmonlari, yorliqlari) va odat huquqi tashkil etgan. Bu davrda huquq manbalarining xilma-xilligidan qat'i nazar, shariat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda markaziy o'rinda turgan.
Boshqa manbalar shariatga zid kelmasagina qo'llanilardi. Shuning uchun bu daviiarda ham, xuddi avvalgi davrlardagidek, islom huquqining to'rt manbayi: Qur'on, Sunna-hadislar, ijmo, qiyos asosiy manbalar hisoblangan. Ular asosida yaratilgan Burxoniddin al-Marg'inoniyning «Hidoya» asari Ubaydulla bin Mahbubiy tomonidan unga yozilgan «Muxtasar» kabi fiqhiy qo'llanmalar avvalgidek o'z ahamiyatini saqlab qoldi va keng qo'llanildi. Bulardan tashqari, jinoyat huquqi borasida hatto shariatga zid bo'lgan mezonlar va jazo choralari (masalan, «empale») bo'lgan. Ular aniq bir huquqiy holatga nisbatan hukmdor tomonidan belgilangan. Shuning uchun shu davr huquqini o'rganishda sayyohlar va boshqa kishilar tomonidan yozib qoldirilgan esdaliklar ham ma'lum darajada huquqni o'rganish manbayi bo'lib xizmat qiladi. XVIII asrda yozilgan tarixiy-huquqiy manbalardan bo'lgan «Majma' al-arqam» («Raqamlar va ruqum (siyoqat)lar haqidagi») rasmiy qoidalar to'plami1 huquqni o'rganish manbayi sifatida kam tadqiq qilingan.
Bu asar O'zbekiston davlati va huquqi tarixidan bizgacha ham yetib kelgan va o'xshashi yo'q manbalardandir. Unda moliya, yer, soliq, hisob-kitoblarni yuritish bo'yicha rasmiy qoidalar va tavsiyalar berilgan bo'lib, amir devonidagi amaldorlar uchun ish yuritishga oid rasmiy qo'llanma hisoblanadi. Bulardan tashqari, soliqlar va boshqa tushumlar ro'yxati, xarajat qaydnomalari, yer mulklarini ehson, sovg'a qilish hujjatlarining mazmuni va shakli XVIII asrda Buxoro amirligidagi davlat mansablari, ularning vazifalari va suv taqsimotiga oid qimmatli ma'lumotlarni olish mumkin. Risola ma'lum ma'noda amir Shohmurod topshirig'iga binoan 1789-yilda yozilgan.
Besh bob va mansablar haqidagi ilovadan iborat bu qo'llanmada davlat devonida xizmatni qanday o'tash, kirim-chiqim daftarlari, davlatning ma'muriy xo'jalik bo'linishi tamoyillari yoritilgan. Movarounnahr va Sharq davlatlarida davlat kirim-chiqimlari, xazina boyliklari miqdorini sir tutish va uni o'zgartirish, soxtalashtirishning oldini olish maqsadida faqat katta mirzolargagina ma'lum bo'lgan devon daftari ruqumlar va siyoqat (alohida raqamlar) bilan yozilgan. Kitobning ikkinchi, uchinchi boblari ana shunday yozuv va uning sirlariga, to'rtinchi bobi - arifmetika, geometriya, algebra hisob-kitoblari va qoidalariga bag'ishlangan. Beshinchi bob - falakiyot, arifmetik harakatlar jadvalidan iborat. Mansablar haqidagi ilovada XVIII asrda Buxoro amirligida mavjud bo'lgan 135 dan ortiq katta va kichik mansablar, vazifalar va ularning vakolatlari keltirilgan.
Risolada shu davrdagi Buxoroda mulk egaligining shakllariga oid ma'lumotlar ham uchraydi. Jumladan, davlat yerlariga dehqonlar egalik qilib, soliq to'laganlar. Qizig'i shundaki, mo'g'ullar, Temur va temuriylar davridagi yer egaligi, suyurg'ol mang'itlar sulolasi davrida ham mavjud bo'lgan va uning egasi XVIII asrda ham ma'muriy daxlsizlikdan foydalangan. Bu yer mulkiga egalik xizmat evaziga berilib, merosiy hisoblangan, ammo asta-sekinlik bilan daxlsizlik huquqini yo'qota borgan. XVIII asrga kelib xizmat qiluvchi tabaqalarga amir oldidagi xizmatlari uchun beriladigan muvaqqat yer egaligi -tanho rivojlana boshlaydi. Yer egasi bunday yerlarda yashovchi dehqonlardan olinadigan soliqlarni qisman yoki to'la undirib olish huquqiga ega bo'lgan. Mamlakatning barcha pul va mablag' vositalari kitobda to'it xazina - baytul molga bo'lingan. Ya'ni, keladigan manbayiga qarab, pul vositalari to'rtga bo'lingan deyish joizdir. Buni shartli ravishda Buxoro amirligi davlat budjeti daromad va xarajatlarining to'rt moddasi deb ham atash mumkin. Birinchisi - zakot, ushr va xums' soliqlaridan keladigan mablag'lar to'plangan. Nazariy jihatdan olganda, bu mablag' kambag'al fuqaro va miskinlar uchun sarflanishi lozim bo'lgan. Ikkinchisi (yer solig'i sifatida to'lanadigan asosiy davlat solig'i) - jiz'ya va musulmon bo'lmagan savdogarlardan olinadigan soliqlardan tushadigan mablag'lar. Bu vositalar jangchilarga, amaldor va ruhoniylarga maosh to'lash hamda mamlakat obodonchiligi uchun sarflangan. Uchinchisi - xazinaga kirgan egasiz mulklar ularning ILhiag'lari kambag'allar, yetimlar, bemorlarga sarflangan, unga boshqa „„. kimning haqi boimagan. To'rtinchidan - xazinani topib olingan [ulklar tashkil etib, zakotdan foydalanuvchilarga berilgan.
Kitobning XVIII asr Buxoro amirligining ma'muriy bo'linishini yoritib leradigan ma'lumotlari ham qimmatlidir. Unga ker-'Ta, Buxoro davlati viloyatlar, tumanlar, hazora, yarim hazora, obikor, qoria, marzalardan iborat bo'lgan.
Viloyat katta ma'muriy birlik bo'lib, u davlat boshlig'i tayiniaydigan hokimlar tomonidan boshqarilgan. «Buxoro mamlakatida shunday odat va qonun qaror topganki, agar biror viloyatda katta e'tiborga loyiq unvonli amaldor bo'lsa, uni islom podshosi (amir. - Z.M.) shu viloyatning o'ziga hokim qilib tayinlagan. Hokim va qo'shinrarinmg xizmat haqlari ham o'sha hokimlikdan tushadi».'
Demak, o'rta asrda Buxoroda ham xuddi Rossiyadagr singari «kormleniye» — boqimanda boshqarish tizimi mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Qolgan ma'muriy hududiy birliklar asosiga sug'oriladigan yer miqdori qo'yilgan bo'lib, bunday boshqarish sug'orish bilan bog'liq dehqonchilik davlatiga xosdir. Yevropa mamlakatlarida biz bunday holni ko'rmaymiz. Jumladan, bir qator ariq (kanal) bilan sug'oriladigan 100 ming tanob2 yer bir tumanni tashkil qilgan. Albatta, Buxoro amirligida tumanlar soni ko'p bo'lgan. «Majma' al-arqam»ning suvni taqsimlashga old qismida Zarafshondan Qorako'lgacha. bo'lgan o'n ikki tuman nomi keltirilgan. Bir katta ariq bilan sug'oriladigan 50 ming tanob yer hazora, 25 ming tanob yer yarim (nim) hazora, 10,15 ming tanob sug'oriladigan yer esa biror daryoning obikori,. 1400' tanob yerga ega aholi yashaydigan qishloq qoria, 300 tanob va undan kam yeri bo'lgan joy, aholi yashashi yoki yashamasligidan qat'i nazar, marza deb atalgan.
Buxoro amirligida ma'muriy-doiraviy bo'linish asosida aholi soni, jo'g'rofiy nomi quyilmay sug'oriladigan yer miqdori - tanob bilan belgilanganligi o'ziga xos xususiyatdir.
«Majma' al-arqam»ning «Mansablar va unga aloqador bo'lgan shaxslar» haqidagi ilovasi faqat Buxoro amirligida emas, balki o'zbek xonliklarining hammasida ham mansablar tizimi, ularning vazifalari, bo'ysunish va maosh olish tartiblari haqida birinchi manba sifatida qimmatli ma'lumot beradi.
Buxoro islom davlati bo'lganligi uchun jinoyat va jazo masalasi islom huquqi asosida hal etilardi. Ammo Buxoro amirligiga turli yillarda elchi, josus yoki sayyoh bo'lib kelgan kishilarning xabar berishlaricha, bu sohada o'ziga xos xususiyatlar, jazoni ijro etish usullari ham bo'lgan. Bular tarixiy-huquqiy jihatdan ma'lum qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki, Qur'onda sodir qilingan o'g'rilik uchun dastlab tan jazosi berish nazarda tutilgan. Sayyoh Filipp Yefremovning xabar berishicha, XVIII asrning 20-yillarida Buxoro amirligida o'g'rilik uchun erkak kishi osib o'ldirilgan, ayol kishi esa ko'kragigacha ko'milib, toshbo'ron qilib qatl etilgan. Agar odam o'ldirish yoki tanga jarohat yetkazish jinoyati sodir etilgan bo'lsa, otaliq aybdorni tutib, o'ldirgan yoki uni yarador qilgan odamning qarindoshlariga ushlab bergan. Ular esa aybdorni islom huquqidagi «tishga-tish», «ko'zga-ko'z» qoidasiga ko'ra jazolaganlar, yarador qilgan bo'lsa, yarador qilishgan, o'ldirgan bo'lsa, qatl etishgan. Bu dalillardan o'sha davrlarda o'ldirilgan odam uchun qon bahosi - xun undirish kam uchragan yoki sayyoh uni ko'rmagan, degan xulosa chiqarish mumkin. Agar er xotinini boshqa bir shaxs bilan jinsiy aloqa ustida topib, uni guvohlantirsa, zinokorlarning ikkisi ham o'ldirilib, ularning qarindoshlariga xabar berilgan. Ular esa o'liklarni olib ko'mganlar, shu bilan hech qanday sud bo'lmagan. Shundan ko'rinib turibdiki, bunday og'ir jinoyatlarga sudsiz, tergovsiz jazo berilgan.
Buxoro shahri katta-kichik 366 mavzega bo'linib, har bin o'z masjidiga ega bo'lgan, mavzega odatda, keksa savdogarlardan oqsoqol saylanganligi uchun ham shaharliklar uning odilligiga ko'proq ishonishgan. Unga o'z mavzelaridagi savdogarlar orasida vujudga keladigan mayda-chuyda ishlarni ko'rish topshirilgan. Agar oqsoqolning qarori tomonlarni qanoatlantirmasa, ish qoziga, murakkab hollarda esa, qushbegiga o'tkazilgan. Uning qarori ustidan shikoyat qilib bo'lmagan.
Amir Haydar davridan boshlab jazolar Registon maydonida, keyinchalik esa, o'tin bozorida, shuningdek, Nodir Devonbegi madrasasi oldidagi hovuz (labihovuz) bo'yida ijro etilgan. «Men Buxoroda bo'lgan vaqtimda, - deb yozadi P. I. Demizon, - ikki kishi, biri odam o'ldirganligi va bin o'g'rilik qilganligi uchun osib o'ldirish yo'li bilan qatl etildi. Odatga ko'ra, osishdan oldin avval halqumini qirqib, keyin dorga tortadilar. Agar hukm ijro etilishi oldidan «bo'g'ulsin» deb yuborilsa, to'g'ridan-to'g'ri dorga tortishadi.»'
Alohida hollarda amir biron-bir jinoyatning sodir etilmasligi uchun qo'rquv hissini uyg'otmoqchi bo'lsa, Mir Arab madrasasi oldidagi Minorayi Kalon (Katta minora)dan uloqtirish yo'li bilan qatl etishga hukm qilgan. Odam o'ldirganlik va yaqin qarindoshlari bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun qo'llanilgan mana shunday jazoning ijro etilishini P.I. Demizon o'z ko'zi bilan ko'rgan. Buxoro qamoqxonalari haqida u quyidagilarni yozib qoldirgan: «Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan raahbuslar jazoni «bitxona», «kanaxona» deb ataluvchi xonalarda (o'ralarda) o'taydiki, bu ham o'lim bilan barobardir, chunki Buxoro turmalari dahshatli chayonlar va chaqadigan boshqa zaharli hasharotlarga to'ldirilardi, ana shunday xonalarga tashlangan mahbuslar 2-3 kunda halok bo'lardi. «Buxoroda ikkita qamoqxona boiib, saroyda joylashgan. Bittasida davlat jinoyatchilari saqlangan, ikkinchisi shaharda, Mir Arab madrasasidan uzoq bo'lmagan joyda edi. Kam ahamiyatli jinoyatlar uchun aybdorning tovoniga yoki ko'kragiga urish bilan chegaralanilgan. Buxoroda kaltak bilan jazolashning keng qo'llanilishini 1836-yilda bu yerga elchi bo'lib kelgan P.I. Vitkevich ham ko'rgan. Umuman, uning guvohlik berishicha, jazolash yo'g'on kaltak bilan urib amalga oshirilgan, yana shu darajadaki, mahkumning suyaklari sinardi yoki u o'lardi. Albatta, bu ta'riflar uni ko'rgan kishining dunyoqarashi, hissiyoti, qabul qilishi bilan yo'g'rilgan. Lekin bu guvohliklar muayyan darajada boshqa manbalardagi ma'lumotlarga ham to'g'ri keladi.
P.I. Vitkevich devordan itarib yuborish jazosi ham bo'lganligini yozib, uni o'z ko'zi bilan ko'rganligini aytadi. Buxoro shahrining devorlari mustahkam, darvozadan kirish joyida, devor ustida maydoncha bo'lib, ikki kishi o'g'rilik qilganligi uchun uning ko'zi oldida shu yerdan itarib yuborilgan. Ulardan birining qo'li sinib, ikkinchisining esa badanlari mo'mataloq bo'lib ketgan. Bularning hammasi faqat Buxoro amirligiga emas, balki o'zbek xonliklarining barchasiga xos jazolash tizimi edi. Ya'ni, jinoyat va jazo masalalarida mahalliy hukmdorlar faqat shariat ko'rsatmalarigagina amal qilib qolmay, o'zlari ma'qul deb hisoblagan jazolarga, uni ijro etish usullariga ham hukm qilganlar. Yuqorida keltirilgan jinoiy jazolarning ko'pgina turlari islom huquqining biror manbayida ko'rsatilmagan bo'lsada, mufti va qozilar ularni targ'ib etib, fatvo berib hukm qilganlar. Chunki jazoning asosiy maqsadi yetkazilgan zararni qoplash, o'ch olish, xun undirish, qo'rqitishdan iborat edi2.

2.2. Buxoro amirligi va Qo'qon xonligi o'rtasidagi ziddiyatlar taxlili


Rossiya va Angliya o’zaro munosabatlarini yahshilash va raqobatchilikni yumshatish uchun 1856 yilning 19 martida o’zaro bitim tuzdi. Rus general–leytenanti Hrulevning fikricha, bu bitim o’zaro munosabatlarni o’zgartirmadi, chunki u mahalliy savdo va hukmronlik qilish masalalarini o’z ichiga olmagandi. 1858 yil martida Angliya parlamenti Hindistonni o’z mustamlakasiga aylantirish va Turkistonda savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida mahsus qo’mita ta’sis etdi. Natijada Turkistonda rus-ingliz raqobatchiligi yil sayin kuchayib bordi. Angliya o’z diplomatlari, sayyohlari va ayg’oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Angliya bunda Turkiya hamkorligidan ham foydalanmoqchi bo’ldi. Lekin bu urinishlar natija bermadi.
O’rta Osiyoda ruslar va inglizlar o’rtasida raqobatchilikning keskinlashuvi harbiy to’qnashuvga olib kelishi mumkin edi. Lekin 1869 yilda har ikkala davlat o’rtasida muzokaralar boshlanishi bunga yo’l ko’ymadi. Natijada ikkala davlat o’rtasida betaraf davlatlar bo’lishi zarur, degan xulosaga kelindi. Rossiya uchun bu Afg’oniston bo’lishi mumkin edi. Angliya esa Afg’oniston va O’rta Osiyo bo’lishini xoxlardi. Natijada masala ochiq qoldirildi. Chorizm o’zining mustamlakachilik siyosatini davom ettiradi. Bu inglizlarning noroziligiga sabab bo’ladi. Shu bois Buyuk Britaniya vakili Forsayt 1873 yilda Toshkentga kelib, general-gubernator Kaufman bilan uchrashadi va u Qo’qon xonligining butunlay Rossiya tomonidan bosib olinishiga rozilik bildiradi. Buxoro amirligining esa Rossiya tasarrufida mustaqil qolishligiga kelishildi. Natijada amirlikning batamom bosib olinishi kechiktirildi.
Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi inglizlarning Turkiston uchun qiziqish harakatlarining kuchayishi chor Rossiyasini ko’proq tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganligidan foydalanib harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Orenburg general-gubernatori V. A. Perovskiy 1834 yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo – Aleksandrovskoye deb nom berdi. 1845 yilda Orenburg va Yoyiq, 1847 yilda Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joyida Rayim harbiy istehkomlarini qurdi. Perovskiy qo’shinlari 1853 yilda Qo’qon xonligiga qarashli Oq masjid (hozirgi Qizil O’rda) ni bosib oldi. Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonidagi G’arbiy Sibir general-gubernatori G. Gosford 1847 yilda Yettisuvdagi Ulutov yakinida ikkita harbiy istehkom, Olmati yonidagi Verniy istehkomini kurib harbiy kuchlarni joylashtirdi. 1860 yilda Qo’qon xonligiga qarashli To’qmoq va Pishpakni egalladi. 1864 yil mayida Chernyayev otryadi Avliyo otani bo’ysundiradi. Qisqasi, 1847-1864 yillarda rus qo’shinlari Qo’qon xonligining hozirgi Qozog’iston va Qirg’iziston hududlaridagi joylarini egallab oladi3.
Endi navbat Qo’qon xonligining tayanch shaharlari hisoblangan Turkiston va Chimkent uchun harakatlar boshlanib ketadi. Qo’qondan sarkarda Alimqulning qarshiligiga qaramasdan 1864 yil 12 iyulida Turkiston egallanadi. 1864 yil sentyabrining boshlarida esa Chimkentni ham egallashga muvaffaq bo’ladi.
Chernyayev 1864-1865 yil kishida harbiy tayyorgarlik ko’rib, Sibir va Orenburgdan qo’shimcha qurol-yarog’, yangi batalonlar, sapyorlar rotalari oldi. Mahalliy aholi orasidan Chernyayev foydasi ishlovchi sotqinlar ham topildi. 1865 yil bahoridan Chernyayev Toshkentga yangi hujum boshladi. Chernyayev 28 aprelda Chirchiq yoqasidagi Niyazbek qal’asini egallab, Toshkentni suv bilan ta’minlovchi Kaykovuz anhoriga Chirchiqdan suv chiqarib beruvchi to’g’on buzib tashlanadi. Shu orada lashkarboshi Alimqul ham Toshkentga yetib keldi. 9 may kuni Solar arig’i yaqinida bo’lgan katta jangda Alimqul yarador bo’lib, halok bo’ldi. Nihoyat shaharliklar qarshiligi sindirildi, 15 iyun kuni Toshkent zabt etildi. Chernyayev 1866 yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag’lubiyatga uchraydi. O’zboshimchaligi uchun Chernyayev Rossiya markaziga chaqirilib, o’rniga general Romanovskiy yuboriladi. U Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga yurish boshlaydi. 1866 yil mayida Yerjarda bo’lgan jangda amir Muzaffar qo’shinlari yengiladi va Jizzaxga qochadi. Romanovskiy harakatni Ho’jand tomon yo’naltiradi va uni 19-22 may kunlari uni qo’lga kiritadi. 1866 yil avgustida Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga kelib, Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirligini tor-mor qilishni kelishadi. 1866 yil oktyabrida O’ratepa viloyati, Zomin qal’asini bosib oladi. Endi Jizzax uchun jang boshlanadi. Jizzax balandligi 4 metr, eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o’rab olingan qal’a edi. Shaharda 10 ming himoyachi ham bor bo’lgan. Shaharga kiradigan darvozalar ham tuproq bilan to’ldirilgandi. Lekin 11-18 oktyabr kunlari bo’lgan jang bosqinchilari foydasiga hal bo’ldi va shahar egallandi. Shundan keyin imperator Aleksandr II 1867 yil 14 iyulda 1865 yilda tuzilgan Turkiston viloyatini Turkiston general–gubernatorligiga aylantirish, Turkiston harbiy okrugini tuzish to’g’risida farmon berdi.
General–gubernator va okrug qo’mondoni etib general–ad’yutant K. P. 4Fon Kaufman tayinlandi. U Buxoro amirligini bosib olishni tezlashtirib 1868 yil 1-2 may kunlari Samarqand uchun Zarafshon yonidagi Cho’ponotada kattik janglar olib borib uni egalladi. Kaufman Zirabuloqda amir qo’shinlari bilan urishayotgan bir paytda Qarshi, Shahrisabz va Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik To’ra 27 may kuni Samarqandga qo’shin bilan yetib kelib Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olonga qo’shildilar. Ular Kaufman Samarqandda qoldirgan polkovnik Nazarov va mayor Shtemko boshliq harbiy qismlar bilan 8 kun jang qilib, ularning 500 kishidan iborat armiyasidan 275 tasini halok va yarador qiladi. Bundan habar topgan Kaufman zudlik bilan Zirabuloqdan Samarqandga kelib 8 iyun kuni Samarqand aholisi qirg’in qildi.
Chorasiz qolgan amir Muzaffar 1868 yil 23 iyunda Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi va Rossiyaning vassaliga aylandi. Shunga ko’ra, Buxoro amirligi mustaqilligini yo’qotish bilan birga barcha Samarqand, Kattaqo’rg’on va Zarafshon daryosining yuqori qismidan ham ajraldi. Yana 500 ming oltin to’lash va xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qilmaslik majburiyatini ham oldi. Amirlikdan tortib olingan hududlarda 1868 yilda Zarafshon okrugi tuzilib, unga general mayor Abramov boshliq etib tayinlandi. Amirning bu harakatlari xalqning yuqori tabaqasi noroziligiga va unga qarshi harakatlar boshlanishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa Shahrisabz va Qarshida kuchli norozilik bo’ldi. Muzaffarning to’ng’ich o’g’li Abdumalik To’ra, erksevar beklar Jo’rabek, Bobobek va Sulton Sodiklar birgalikda ozodlik kurashini boshlab yubordilar. Ular dastlab Muzaffarga qarshi urushib Shahrisabzni va Qarshini egalladilar. So’ngra Karmana va Chiroqchi ham ular qo’liga o’tdi. Muzaffar 1868 yil kuzida Kaufmandan yordam so’radi. Bunga javoban dastlab Abramov boshliq harbiy qismlar yuborildi. Kuchlar teng bo’lmaganligidan Abdumalik va Sulton Sodiq xon huzuriga yordam so’rab bordi. Ular keyin Afg’oniston tomon bordi. U yerdan yordam ololmagach Hudoyorxon huzuriga bordi. Bu yerdan Qashqarga Yoqubbek huzuriga keldi va shu yerda panoh topib, 1909 yilda vafot qiladi. Ko’rinadiki, amir Muzaffar bosqinchilarga qarshi emas, Kaufman yordamida o’z vatandoshlariga qarshi urushga kirishadi, 1870 yil avgustida ularni dushman – bosqinchi kuchlari yordamida yengib, o’z taxtini saqlab qoladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari ham amirlik tarkibida qoladi. Chor Rossiyasi Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi yerlaridan tarkib topgan Turkiston general-gubernatorligini O’rta Osiyoni bosib olishdagi tayanch markaziga aylantirgach, Xiva xonligini bosib olishga kirishadi. Ular bu ishga Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati va 1839 yilda Perovskiy harbiy yurishining barbod bo’lganligini e’tiborga olib, 1872 yil oxirlarida Orenburg general-gubernatori, Kavkazdagi podsho noibi va Turkiston general-gubernatori harbiy vazir ishtirokida Peterburgdagi mahfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga kelishildi. Bunga ko’ra, Turkiston general-gubernatorligi sharqdan, Orenburg general-gubernatorligi harbiy qismlari shimoliy-g’arbdan harakat qilishlari zarur edi. Xiva xoni Muhammad Rahim bundan xabardor bo’lgani holda Angliyadan yordam so’ragandi. Lekin Angliya Rossiya bilan ochik to’qnashuvdan havfsiradi. Demak xonlik faqat o’zining ichki imkoniyatlariga qarab ish tutishga majbur bo’ldi. Kaufman 1873 yil bahorida 12 mingdan ortiq zobit va askar, 56 ta to’p-zambaraklar bilan Xiva xonligiga qarshi harakat boshladi. Ayni paytda, Xivaga qarshi Orenburg, Mang’ishloq, Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi qo’shinlari ham harbiy yurishni boshlagan edi. Umumiy qo’mondonlik Kaufman zimmasiga yuklatilgandi. Amudaryo bo’ylarida qirg’inbarot janglar bo’ldi. 1873 yil 18 may kuni Kaufman harbiy qismlari Amudaryodan o’tib Hazoraspni egallaydi, Qo’ng’irot va Ho’jayli shaharlari, Mang’it qal’asi zabt etiladi. Istilochi qo’shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahim poytaxtni tashlab chiqadi va Izmiksho’r yaqinidagi bir turkman ovuliga yashirinadi. Kaufman shaharni zabt etadi va 1873 yil 12 avgustida Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog’ida Kaufman bilan Muhammad Rahimxon shartnoma imzolaydi. Bunga ko’ra Xiva Rossiyaning vassaliga aylantiriladi, Amudaryo quyi oqimining o’ng tomoni Rossiya tarkibiga kiritiladi, 2 mln 200 ming so’m tovon to’lash kelishiladi5.
Kaufman Xiva xonligini tugatgach, Qo’qon xonligini tugatishga kirishdi. U Qo’qon xonligidan bosib olingan yerlarni Rossiya tarkibiga kirganligini qonunlashtirish uchun polkovnik Shaufusni Hudoyorxon huzuriga yubordi va xon 1868 yil 13 fevralda shartnomaga muhr bosdi. Unga ko’ra, rus savdogarlariga katta imtiyoz berildi, mahalliy savdogarlar esa o’z general – gubernatorligida faoliyat ko’rsatadigan qilib belgilandi. Umuman shartnoma Qo’qon xonligini og’ir ahvolga solib ko’ydi. Xonlik tashqi olamdan mahrum bo’ldi, Rossiyaning qaram o’lkasiga aylandi. Bu shartnomadan qoniqmagan kuchlar Hudoyorxonga qarshi bo’la boshladi. Buning ustiga xon hudud qisqarganligini ro’kach qilib, xazinani to’ldirish uchun yangi soliqlar joriy qildi, o’zini bosqinchilarga yaqin tutdi, Qo’qon va Rossiyani bir davlat deb hisoblaydigan bo’ldi. Bu vaziyat xonlikda Hudoyorxonga qarshi xalq qo’zg’olonini keltirib chiqardi. Qo’zg’olonchilarning bir qismiga 1873 yilda mullo Ishoq boshchilik qildi. Bu qo’zg’olonni tinch yo’l bilan bostirishga Abdurahmon Oftobachi harakat qilib ko’rdi. Lekin uni Hudoyorxon qo’llab-quvvatlamadi. Natijada g’alayon qurolli qo’zg’olonga aylandi va Hudoyorxonni tahtdan mahrum etish harakati boshlandi. Buning uchun xonlar avlodlaridan kerak edi. Lekin rozilik bildirgan shaxs bo’lmadi. Shundan keyin qo’zg’olon boshlig’i Mullo Ishok Hasan o’g’li o’zini Qo’qon xoni Olimxonning nabirasi Po’latxon deb e’lon qiladi. Xonlikda Hudoyorxonning o’g’illari Nasriddinbek va Aminbek, ukasi Sulton Murod, nevarasi Nazarbek, Sherali dodhoh, Abdurahmon Oftobachi va boshqalar ham bosh ko’taradilar. Ular ham Chor Rossiyasiga, ham Hudoyorxonga qarshi kurash boshladilar. Xalq ham qo’zg’olonchilarga ergashdi va 1873 yildan butun vodiyda qo’zg’olon boshlandi6.
Hudoyorxon qo’zg’olonni bostirishga ojizlik qilib, Toshkentga qochib ketadi. Kaufman Hudoyorxonning 40 ta aravadagi boyliklarini musodara qilib, o’zini Orenburga surgun qiladi. Xon u yerdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi. Hudoyorxon qochib ketgach, qo’zg’olonchi kuchlarning bir qismi Nasriddinxonni hokimiyatga ko’tarishni hohlasa, boshqa qismi Po’latxonni taxtga o’tkazishni taklif qilardi. Natijada ziddiyat yanada kuchaydi. Kaufman ana shu ichki kelishmovchiliklardan ustamonlik bilan foydalanib, 1875 yil avgustida Qo’qon xonligini batamom bosib olish uchun katta qo’shinni safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda genarallar Skobelev, Golovachev va boshqalar rahbarlik qildilar. Nasriddinbek, lashkarboshi Abdurahmon Oftobachi tezlikda dushmanga taslim bo’lishdilar va ular tomoniga o’tdilar. 1876 yil fevralida Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olonchilar vahshiylik bilan bostirildi. Po’latxon 1876 yil 1 martida dorga osildi, uning safdoshlari esa ayovsiz jazolandi. 1873-1876 yillardagi Farg’ona vodiysidagi qo’zg’olonlar xalqning milliy-ozodlik harakati edi. Keyin imperatorlik xonlik o’rnida Farg’ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligiga tarkibiga kiritildi. Harbiy gubernator qilib general Skobelev tayinlandi. U tez orada Oloy vodiysini ham o’z tasarrufiga kiritdi. Endi bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni bosib olishga kirishib, 1877 yilda Qizil Arvot, 1881 yilda Ashabod, 1877 yilda Marv bosib olinadi. Bosib olingan hududda Kaspiyorti viloyati tuzilib, u ham Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, Rossiya 20 yil davom etgan qonli urushdan keyin O’rta Osiyoni to’laligicha bosib oldi. Bosib olingan hududlarda mustahkam o’rnashib olish maqsadida 1881 yilda Rossiya – Eron chegara konvensiyasi imzolanib, ikki o’rtadagi chegara aniqlandi. 1885-1887 yillarda esa Rossiya va Angliya hukumatlari tomonidan Rossiya Afg’oniston chegarasi, 1895 yilda esa Pomirdagi chegaralar belgilandi. Bu Chor Rossiyasining O’rta Osiyodagi bosqinchilik, talonchilik harakatining yakunlovchi nuqtasi bo’ldi.
Turkiston general-gubernatorligi tashkil topishi bilan bir vaqtda Turkiston harbiy okrugi ham yuzaga keldi. General-gubernator bir vaqtning o’zida okrug qo’mondoni ham hisoblangan. Viloyatlarning harbiy gubernatorlari va uyezd boshliqlari ham o’z ixtiyoridagi harbiy qismlarning qo’mondonlari bo’lishgan. Shu tariqa «harbiy xalq boshqaruvi»dagi harbiy hokimiyat chor zobitlari va harbiylari qo’lida to’plangan. «Xalq boshqaruvi» – yuzboshi, oqsoqollar, «xalq sudyalari» – qozilar aholi tomonidan saylangan. O’lkaning markaziy boshqaruv general-gubernator hamda uning Kengashi va Mahkamasidan iborat bo’lgan. General-gubernatorlikning – bosh boshqarmaning ijroiya organi bo’lgan general-gubernator mahkamasi dastlab to’rt bo’limdan iborat edi. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchisi bosh boshqarmaning moliyaviy va xo’jalik ishlariga qaragan. Uchinchi bo’lim soliqlar va shahar ishlariga doir masalalar bilan shug’ullangan. To’rtinchi bo’lim esa maxsus bo’lim hisoblanib uning faoliyati serqirra bo’lgan. 1886 yilgacha mustaqil ish ko’rgan bu bo’lim harbiy va adliya vazirlari ishlaridan mustasno ravishda sud qarorlarini ham qayta ko’rib chiqish huquqiga ega bo’lgan7.
Shaharlar o’zlarining mavqeiga ko’ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifasini bajargan. Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Andijon, Marg’ilon, Namangan, Buxoro, Ashhobod o’lkaning eng yirik shaharlari hisoblangan. Yana mahalliy ahamiyatga bo’lgan Chimkent, Jizzax, Kattaqo’rg’on, Qarshi, Termiz kabi shaharlarda iqtisodiy hayot tez rivojlana borgan. Mustamlakachilik yangi shaharlarni ham yuzaga keltirdi. Jumladan, Kazalinsk, Petro Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka qabilar. Bosib olingan shaharlarda ruslar uchun maxsus ajratilgan manzilgohlar paydo bo’ldi. Shaharlar ikki qismga bo’linib, biri eski shahar (mahalliy aholi yashaydigan qism), ikkinchisi yangi shahar (ruslar yashaydigan qism) deb ataladigan bo’ldi. Toshkentning rus qismini tashkil qilish uchun maxsus qo’mita tuzildi. Rejaga kirgan joylardan mahalliy aholi majburan ko’chirildi.
Shaharlarni ruslashtirish va rus aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Turkiston shaharlarida savdo-sotiq, hunarmandchilik va sanoat bilan shug’ullanuvchi rus fuqarolari uchun alohida imtiyozlar yaratildi. 1877 yilda maxsus Muvaqqat komissiya tuzilib, saylovlar tartibi belgilandi. Unga ko’ra saylovchilar mulkdorlik darajasiga qarab uch toifaga bo’lindi. Bunda shahar ziyolilari, ishchilar va hunarmandlar yetarli miqdorda mulki bo’lmaganligi uchun saylov huquqidan mahrum etildi. 2400 saylovchi ishtirokida o’tgan saylovda shahar Dumasi va boshqarmasi saylandi. Ruslar uchun noiblarning uchdan ikki qismi miqdorida o’rin ajratildi. Shahar boshqaruv faoliyatini nazorat qiluvchi viloyat idorasi tuzildi. Uning raisi Sirdaryo harbiy gubernatori edi. 1888 yilda esa bu vazifa general-gubernatorga yuklandi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qo’mondoni zimmasiga yuklandi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlangan. Toshkent shahar Dumasining oqsoqoli vazifasini 1877-1907 yillarda – shahar boshlio’i – hokim to’raning o’zi boshqardi. 1870 yilda Toshkentda 80 ming aholi bo’lib, ulardan 7 mingi dehqon, 6 ming kishi hunarmand, 4 mingi – savdogar, 4 mingi – mardikor kishilar edi8.
Chor ma’murlari dastlab yer-suv ishlari bilan shug’ullanmadilar. Istilo vaqtida o’lkadagi yer-suv davlat mulki, vaqf va xususiy mulkdan iborat bo’lgan. Xo’jalik yuritishning asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil kilgan. Sun’iy sug’orish uning negizi hisoblangan. 1873 yilda Kaufman rus podshosiga yer-suvga egalik qilishni o’zgartirish to’g’risidagi loyihasini taqdim qiladi. Unga ko’ra amlok yerlar uni ishlatib turgan kishilar tasarrufiga o’tishi zarur edi. Lekin bu qoidani vaqf yerlarga joriy etish taklifi rad etiladi. Yer-suv masalasini Kaufman ko’proq o’z bo’yniga olib, juda ko’p yerlar davlat ixtiyoriga olindi, mulkiy va vaqf yerlarga soliq joriy qilindi. 1886 yilda Turkistonni boshqarish to’g’risida yangi Nizom joriy qilib, uning asosiy maqsadi yerli aholi zodagonlarini zaiflashtirishdan va mustamlakachilarni esa kuchaytirishdan iborat bo’lgan. Qisqasi, bu tadbirlar natijasida harbiy-feodal yer egaligi tugatildi. Qishloqlarni boshqarish uchun ko’chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovullar), o’troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruvchi joriy qilindi. Volost asosini ming xonadondan ikki ming xonadongacha, ovul jamoalarini esa yuz o’tovdan ikki yuz o’tovgacha aholi tashkil kilgan. Chorizm bu o’zgarishlar bilan ko’chmanchi aholining urug’chilik asosidagi tarihiy bo’linishini bekor qildi. 1886 yildagi «Nizom»ga ko’ra o’troq aholining bir bosqichli boshqaruvchi ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqollar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqolliklar vakillari yig’ini barcha saylovchilar yig’ini bilan almashtirildi.
Turkiston shaharlarida polismeyster lavozimi joriy etilgandi. U huquq jihatidan tumanboshilarga tenglashtirilgan. Ularga politsiya pristavlari bo’ysungan. Mahalliy ma’muriyat – volost boshqaruvchilari va oqsoqollari ham quyi politsiya zobitlari vakolatlari huquqlariga ega bo’lib, ularga yollangan mirshablar xizmat qilgan. Mustamlakachilik ma’muriyatining muhim huquqiy bo’yinlaridan biri sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki ko’rinishga ega bo’lib, sudlar va xalq sudlaridan tashkil topgan. Ularning birinchisi mustamlakachilik shaklida bo’lsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. Sudlar hududiy ko’rinishga ko’ra, tuman sudlari, xalq palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, dunyoviy masalalar bo’yicha ish yurituvchi sudlar qurultoylari, harbiy sud komissiyalari joriy etildi. 1886 yilgi «Nizom»ga ko’ra mavjud sud tartiblari saqlangan holda unga ayrim o’zgarishlar kiritildi. Tuman sudlari bekor qilindi. O’lkada viloyat sudlari joriy qilindi. Viloyat prokuror va uning muovini, sud tergovchisi lavozimlari joriy qilindi. Imperiya sudida mustamlakachilik tuzumiga qarshi maqsadlarda sodir etilgan «jinoyatlar» ko’rilgan. Uning asosiy vazifasi mahalliy xalq orasidan chiqqan vatanparvarlarning davlat hokimiyatini zaiflashtirish, hokimiyatga qarshi siyosiy jinoyatchilikning ustidan hukm chiqarish edi. Rus imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud islohoti tizimlari 1893 yil 2 iyunda tasdiqlandi. Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda okrug sudlari ta’sis qilindi. Toshkent sud palatasi o’lkaning barcha sud organlari faoliyatini boshqarar va nazorat qilardi. Chor hukumatining siyosiy tusga ega bo’lmagan barcha fuqarolik ishlari shariat va biy sudlariga topshirilgan. Mustamlakachilar shariat qonun-qoidalaridan istibdod negiziga qurilgan o’z tuzumlarini barqaror qilishda unumli foydalanganlar. Shu maqsadda uni uch xil qilib tuzishgan. Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona va Yettisuv viloyatlarining o’troq aholisi uchun qozi sudi, shu viloyatlarning ko’chmanchi aholisi uchun biy sudlari hamda Kaspiyorti viloyati uchun maxsus xalq sudlari faoliyat ko’rsatgan. Chorizm harbiy kuch bilan o’lkani uzoq ushlab turishi mumkin emasdi. Shu bois u Turkistonda assimilyatsiya, ya’ni ruslar bilan mahalliy aholini aralashtirib yuborish siyosatini yurgizdi. Uning bosh maqsadi Turkistonda doimiy yashaydigan rus va slavyan aholini yuzaga keltirishdan iborat tadbirlarni amalga oshirish zarur edi. Bu podshoning ko’chirish siyosatidan boshlandi. Ko’chirish siyosati Turkiston general-gubernatorligi tashkil bo’lgan 1867 yildayoq boshlangandi. Yettisuvda 1869-1682 yillarda 25 ming aholini o’z ichiga olgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryoda esa 13 ming aholisi bo’lgan 19 ta rus qishlog’i tashkil etildi. 1910 yilda Turkistondagi Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlarda 124 ta rus qishlog’i bo’lib ularda 70 mingga yaqin rus aholisi yashardi.
Chor ma’murlari o’lkaga ko’chib kelgan kishilarni qurollantirib, mahalliy aholidan o’zlarini «himoya» qilmoqchi bo’lgandi. Ayniqsa ko’chib kelgan rus kazaklariga qurol sotish kuchayadi. O’lkada temir yo’l qurilishining amalga oshirilishi ham mustamlakachilikdan iborat iqtisodiy va harbiy strategiya maqsadlarini ko’zlab amalga oshirilgandi. Temir yo’lsiz katta hududni ko’lda saqlash va o’lkaning katta boyliklarini olib ketish mumkin emasdi. 1888 yil noyabridan Zakaspiy temir yo’l qurilishi boshlandi. Bu yo’l Qizil Arvot va Ashhobod orqali o’tkazilib, Samarqandga yetkazildi. 1888 yil 15 mayida bu yerga birinchi poyezd keldi. U 1889 yilda Mari va Kushka orqali o’tkazilib, o’sha yili Toshkent hamda Andijonga yetkazildi. 1900 yilda Orenburg – Toshkent temir yo’l qurilishi boshlandi. 1905 yilda unda birinchi poyezd qatnadi. Temir yo’l qurilishining ishga tushirilishi o’lkada dastlabki sanoat korxonalarining paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. Bu korxonalar rus kapitalistlari uchun Turkiston hom ashyosini tayyorlashga xizmat qildi. Shu bois bu yerda paxtani dastlabki qayta ishlash bilan bog’liq sanoat korxonalari tashkil etildi9.
Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. Shunday ikkinchi zavod 1885 yilda Andijon uyezdida savdogar Ho’jayev, uchinchisi esa Toshkentning Ko’kcha dahosida savdogar Isabek Hakimbekov tomonidan qurildi. 1867-1900 yillar orasida Turkistonda ishga tushirilgan 170 korxonaning 70 tasi Farg’ona viloyatida edi. Endi yog’ ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo bo’ldi. Choy qadoqlash, aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalar ham paydo bo’ldi.
Rus kapitalistlari yer osti boyliklarini qazib olib ketishga ham e’tibor bera boshladi. Romanov va Semichevlar Qo’qon tumanida toshko’mir, D. Petrov va G. Aleksandrov esa Qamishboshi va Laqqon qishloqlarida 25 ta neft konlarini ishga tushirdi. Yangi zavod va fabrikalar ish boshladi. Birgina Qo’qonning o’zida 16 ta aksioner va yirik savdo firmalari ochilgan edi. Rossiya sarmoyadorlari Turkistondagi tabiiy boyliklarni talashga xizmat qiluvchi korxonalar tarmog’ini keng quloch yoydirishdi. Bu ishda ular mahalliy xalqlarning boy va savdogarlari bilan kelishib ish ko’rdilar. Ammo mustamlakachilar Turkiston o’lkasida hech qachon tom ma’nodagi og’ir sanoat mahsulotlari ishlab chiqadigan korxonalarni qurishga e’tibor bermaganlar. Mustamlakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo’lgan mahalliy aholi shunchalik kambag’allashib, qashshoqlashib borardi. Dehqonlar og’ir shartlar asosida qarz olardi, qarzini to’lay olmay o’ziga tegishli yerini sotib, yersiz qolardi, mardikorlik, chorikorlik qilishga majbur bo’lardi. Natijada yer egalari qo’lida yollanib batraklik qilishga yoki yangi ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish haqi evaziga ishlashga majbur bo’lardi. Yerni Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa, o’lkada 90-100 gektarcha sug’oriladigan yeri bo’lgan boy xo’jaliklar vujudga keldi. XX asr boshlaridagi ma’lumotlarga ko’ra o’lka aholisining 70 foizi kambag’al va qashshoqlar, 1,7 foizi o’rta hol, 13 foizi o’ziga to’q, boy oilalar hisoblanardi. Rossiyalik sarmoyadorlar o’lkada paxta tozalash, yog’ va spirt ishlab chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, sovun, g’isht, ko’n, mis eritish, jun yuvish, oxak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, ulardan mo’may daromad olishni yo’lga qo’ydilar. 1908 yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1917 yilda ularning soni Buxoro amirligi Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda 1200 taga yetgan. Bu jarayon aholining tabaqalanishiga ta’sir etib milliy burjuaziya va ishchilar sinfi vujudga keldi. 1914 yilgi ma’lumotlariga ko’ra, o’lkada 49,5 ming ishchi bo’lib, ulardan 25,5 minggi sanoatda, 24 minggi temir yo’l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Mahalliy ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5-3,5 baravar kam ish haqi to’langan. Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o’tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma’naviy-madaniy tutqunlikka solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, xullas ruslashtirishdan iborat edi. Farg’ona harbiy gubernatori Skobelev shunday deb yozadi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’k qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi». Turkistonda mustamlakachilar ana shunday siyosat olib bordi. Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870 yilda Toshkentda ochilgan Xalq kutubxonasi va 1876 yilda tashkil topgan Toshkent tabiat muzeyida o’lkaning ma’naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san’at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv xujjatlari, qo’lyozma kitoblar va boshqalar to’plandi. Ular ko’rikdan o’tkazilib, qimmatbaho va nodir deb hisoblanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San’at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitimlar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon («Nazir niyoz qozoni») shular jumlasidandir.

Xulosa
Turkiston XKS Buxoro davlatiga g’animlik qilib, amir hukumatini kuch bilan ag’darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qo’llab-quvvatlashdi. 1918 yil mart oyida Turkiston o’lkasi XKS raisi F. Kolesov qo’mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo’lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o’zgartirish uchun urinish to’xtamadi. Afsuski, amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitusion monarxiya va demokratik tartibotlarni o’rnatmoqchi bo’lgan jadidlar-yosh buxoroliklarni yo’qotish yo’lini tutdi. Fayzulla Xo’jayevning ta’kidlashicha, Kolesov voqyeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha faqat poytaxt-Eski Buxoro emas, balki G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako’l, Chorjo’y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib, nohaq o’ldirildi. Buxorolik jadidarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo’nab ketishga majbur bo’lishdi.


Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918 yilning kuzida Toshkentda Buxoro kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo’jayev Moskvada muhojirligi davrida(1918 yil oktyabr) Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasi bo’limini tashkil qildi. 1920 yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo’jayev boshchiligidagi inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag’darishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni ko’zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi.
Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 yil 13-14 iyunda bo’lgan birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo’jayev tuzgan dasturni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi birlashingiz!” degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va yosh buxoroliklarning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa yosh buxoroliklarning amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon etildi. Shariat-adliya ishlarini olib borishning negizi, deb quyidagicha e’tirof qilindi: ”Shariat-adolatni talqin qiluvchi va kambag’allarni himoya etuvchidir”. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan ag’darib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e’lon qilish talabi qo’yildi. Yosh buxoroliklar katta boylar qo’lidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlang’ich ta’lim joriy etish, shuningdek, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yo’lida amaliy chora-tadbirlar ko’rish zarurligini ta’kidlashdi.
1920 yil 25 avgustda Turkiston fronti qo’mondoni M.V.Frunze qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so’ng, 2 sentyabrda Buxoro shahri bosib olinib, Sayid Olimxon hokimiyatdan ag’darib tashlandi. Qizil askarlar Sharqning eng qadimgi shaharlaridan biri, “Islom dinining gumbazi” va “sharif shahar” hisoblangan muqaddas Buxoroni vayron qildilar.
Qadimiy Buxoro o’t va harobalar ichida qoldi. Shafqatsiz o’q yomg’iri va bombardimon natijasida shahar obidalarining bir qismi vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud bo’lgan. O’sha davr voqyealarining bevosita shohidi bo’lgan mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o’zining “Tarixi Nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida qizil askarlar tomonidan qilingan Buxoro bosqini oqibatlarini quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoroni bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do’kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid yonib xarob bo’ldi. Minorai Kalonga ham zarar yetib, Olimxon va Mir Arab madrasalari yonib ketdi... Hazrati Imom darvozasidan Guzari Nazargacha, Kofirobod, O’g’lon darvozasi, Masjidi Kalon, Zindondan To’qimdo’ziy hammomigacha, minora ostidan to So’zangaron dahasi, Gul bozor, Lattafurushlar rastasi, Registondan to Puli oshiqonning boshigacha batamom yonib ketdi. Qarshi darvozasi ham yonib ketdi... Shaharda 3000ga yaqin hovli yonib kul bo’ldi. Buxoro shahri qariyb 20 kun yongandi. Buxoroning shu darajada xarob bo’lganini hyech bir tarix ko’rmagan edi”.
Buxoroliklar bu kunlarni “kichik qiyomat” deb atashgan.
Shaharga kirgan qizil askarlar arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo’shbegi va boshqa amaldorlarning boyligini musodara qilganlar. askarlar va qo’shin rahbarlari katta boylik orttirganlar. Hatto Frunze xazinadagi qimmatbaho boyliklarning bir qismini o’zi uchun saqlab qo’ygan. Turkiston harbiy-inqilobiy byuro “uchligi”ning a’zosi A.Mashiskiyning 1920 yil sentyabrda V.I.Leninga yozgan ma’lumotnomasida shahar markazi yakson qilinganligi, Registon va ark yondirilgani, ark yerto’lalari va omborxonalaridagi boyliklar-oltin, kumush, brilliantlar talangani, bunda qizil armiya bevosita qatnashgani haqida xabar bergan.
Sentyabr oyining boshida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 eshelon yuk Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga yo’l oldi. Qariyb 15 sentyabrgacha davom etgan Buxoro talovining guvohi bo’lgan Turkbyuro raisi o’rinbosari G.Safarov quyidagicha yozgan edi: “Buxoroga kelgan qizil qo’shinlar eng avvalo talonchilik bilan shug’ullandilar. Ular hammani va hamma narsani taladilar. Umuman qizillar Buxoroni talash uchun kelgan edilar”. Buxoro shahridan so’ng qizil armiya 27 beklikni ham birin-ketin egallab, Buxoro amirligiga barham berishdi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil
2. Muhammad Haydar. Mirzo. Tarixi Rashidiy. - T.: Sharq, 2010.
3. Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. Birinchi kitob. Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi, nashrga tayyorlovchi, so’z boshi va izohlar muallifi B. Ahmedov. - T.: Sharq, 1999.
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. - T.: Sharq, 2000.
5. Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.- Toshkent: Akademiya, 2006.
6. Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi, 2012.


1 Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil



2 Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil



3 Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. Birinchi kitob. Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi, nashrga tayyorlovchi, so’z boshi va izohlar muallifi B. Ahmedov. - T.: Sharq, 1999.

4 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. - T.: Sharq, 2000.

5 Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.- Toshkent: Akademiya, 2006.

6 Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi, 2012.

7 Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi, 2012.

8 Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. Birinchi kitob. Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi, nashrga tayyorlovchi, so’z boshi va izohlar muallifi B. Ahmedov. - T.: Sharq, 1999.

9 Muhammad Haydar. Mirzo. Tarixi Rashidiy. - T.: Sharq, 2010.

Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling