Mundarija kirish: i-bob
fanidan, “Motsart ijodida sanata shakli”
Download 0.71 Mb.
|
kurs ishi motsart ijodida sanata shakli. musiqa nazariya
fanidan, “Motsart ijodida sanata shakli”
mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Maktabda o’quvchilarga qo’shiq kuylatish, opera va balet asarlarini tinglash orqali yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash muhimdir. Musiqa san’atining rivojlanishiga katat hissa qo’shgan musiqashunoslar va kompozitorlar hayoti va ijodini o’rganish katta ma’naviy ehtiyoj hisoblanadi. Musiqa san`at turi sifatida inson faoliyatining mahsuli bо`lmish san`atning mazmuni bizni о`rab turgan tabiat va hayotiy haqiqatning ifodasidir. San`at turlari inson fikri va his-tuyg`ularini ifoda etishga xizmat qiladi. Musiqa eng murakkab san`at turlaridan hisoblanib, inson hayotida katta о`rin tutadi. Kelajak avlodni milliy musiqamiz shukuhida tarbiya qilish va xorijiy musiqasi ohanglaridan xabardor bo`lgan holda ulg`yishi uchun barcha imkon va sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ushbu kurs ishi ayni muddao bo`ldi. Maktab va musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab o`quv joylari musiqa fani darsliklarida o`zbek va xorijiy musiqa ijod yo`llari bilan tanishish, maktab yoshidagi bolalarni musiqiy madaniyatda ulg`aytirishimiz uchun asosdir. Tanlangan mavzuning dolzarbligi jaxonning mashhur bastakorlari asarlari bilan tanishish va musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya,musiqa asarlari tahlili) fanida o`zlashtirilgan bilim va malakalari yordamida asarni musiqiy- badiiy tahlil qilishdir. Kurs ishi loyihasi tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olgan: titul varog’i, reja, kirish qismi, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar. Talaba kurs ishi mazmunini kurs ishi maqsad va vazifalarini ochib berishga qaratgan va buni uddasidan chiqqan. Kurs ishi kirish qismida mavzuni dolzarbligi, kurs ishi maqsadi, predmeti va ob`ektui belgilanib olingan. Asosiy qism ikki bobdan iborat bo`lib, I- bob mavzuni nazariy jihatlari, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tahlili amalga oshirilgan. II- bob musiqa asarini bevosita tahlilini ochib beradi. Kurs ishi mazmuni xulosa va takliflar bo`limi bilan yakunlanadi. Unda talaba mavzu yuzasidan aniq xulosa keltirgan va o`z nuqtai nazari bilan mavzuga munosabat bildirgan, hamda bir-nechta takliflar berib ketgan. Yuqoridagilarni e`tiborga olgan holda, San`atshunoslik fakulteti “Musiqa ta`limi” yo`nalishi sirtqi bo’lim 19/1 guruh talabasi Sharapova Muxlisaning “Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili)” fanidan, V.A.Motsart ijodida sanata shakli mavzusidagi kurs ishi O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining bakalavriat bosqichi talabalarining kurs ishida tayyorlash talabiga to`la mos keladi. Mazkur kurs ishini tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya etaman. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling