Mundarija: kirish I. Bob


Download 408 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi408 Kb.
#1586118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Pulga talab

Ilmiy ishning predmeti, pulning paydo bo`lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari, funktsiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi, Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o`ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o`rgatadi.
Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, ya’ni odamlar o’zlarining moliyaviy aktivlarni aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari ko’rinishida qo’llarida tutib turadi. Jamg’arish zaruriyati ham pulga bo’lgan talabni shakllantiradi.
Pulga bo’lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo’ladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha past bo’ladi va aksincha, foiz stavkasini pasayishi bilan pulga bo’lgan talab oshadi.
Milliy ishlab chiqarish o’rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi.
Pul – maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi.
Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi.
Agar sarf xarajatlar nulga teng bo’lsa, unda bunday buyum mutloq likvidli hisoblanadi. Masalan 1000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan pulni boshqa ko’pgina buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 so’mlik qog’ozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, ya’ni bu erda ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi.
Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bo’la boshladi. Ular tovar ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiladi.
Keng ma’noda pul deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim, chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi ko’p hollarda pul massasini samarali tartibga solishga bog’liq.
Pulga talabni baholashda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Ulardan birinchisi nominal YaIM ni pul massasi miqdoriga bo‘lish orqali hisoblanadigan pul aylanish tezligining oхirgi o‘zgarishlarini ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.
Agar pul aylanish tezligi oхirgi bir necha yil davomida o‘zgarmagan bo‘lsa yoki qandaydir tendensiya bo‘yicha o‘zgargan bo‘lsa, shu asosda bashorat davri uchun pul aylanish tezligini baholash mumkin. Shu tarzda aniqlangan pul aylanish tezligining miqdoriga asoslanib inflatsion kutish va foiz stavkalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Pul aylanish tezligining bashoratidan foydalanib bashorat qilingan YaIMga mos keluvchi pulga bo‘lgan talabni ham bashorat qilish imkoniyati tug‘iladi. Bashoratlashning ushbu usulidan foydalanish, ayniqsa, dinamika qatorlarida ma’lumotlar yyetarli bo‘lmagan yoki ma’lumotlar sifati past bo‘lgan, shuningdek moliya sektorida sezilarli darajada institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan mamlakatlarda katta foyda beradi.
Pulga bo‘lgan talabni baholashning ikkinchi usuli ekonometrik usullarga asoslanadi. Iqtisodiy agentlarning moliyaviy qarorlari unchalik ko‘p bo‘lmagan ayrim iqtisodiy o‘zagaruvchilarning funksiyasi sifatida, pul agregatlari orasidagi bog‘liqliklar va ularni belgilovchi o‘zgaruvchilar vaqt davomida o‘zgarmaydi deb qaraladi.

Download 408 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling