Mundarija: kirish I. Bob
Download 408 Kb.
|
Pulga talab
(M/P) D = k Y
Bu erda: M/R real pul qoldigi, pul mablaglarining real zahirasi deb nomlanadi. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd korinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib korsatadi: transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); ehtiyotkorlik sababli (kozda tutilmagan holatlar uchun malum miqdorda naqd pullarni saqlash); spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qogozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi ortasidagi teskari bogliqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi kotarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa oz navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bolganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi korsatadiki pulga bolgan talab miqdori foiz stavkasiga bogliq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qolda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, yani, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qolda ushlab turgan sharoitda yoqotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga tasir qilganidek, naqd pullarni qolda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga tasir korsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi korinishda yozamiz: M/R = f(R) Bu tenglama korsatayaptiki, pulga bolgan talab miqdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi korinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini korsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib korsatish mumkin: 1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi. Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan boglasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bogliq deb hisoblanadi. Download 408 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling