Mundarija: kirish I. Bob
Download 408 Kb.
|
Pulga talab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul multiplikatori
II.BOB
2.1 Pul bozori. Pulga bolgan talab va pul taklifi. Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy kopchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli, muomalada bolgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi: Mo ‒ naqd pullar; M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy budjetlar mablaglari, budjet, jamoa va boshqa tashkilot mablaglari; M2 = M1 + banklardagi muddatli omonat(jamgarma)lar; M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. Barcha pul agregatlari yigindisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. Pul massasi bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bolgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yigindisidir. Yalpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi. Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi. Pul multiplikatori bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini kopaytirish uchun foydalanish mumkin bolgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qogozlarni sotib olish) taqdim qilish yoli bilan berilgan muddatsiz qoyilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga bolingan miqdoriga teng. Mazkur korsatkich pul asosi ozgargan holda pul massasi hajmi qanchaga ozgarishini korsatadi. m=D=E*m, E=A-R bunda m pul multiplikatori; D pulning joriy hisobda eng yuqori darajada kopayishi; R ehtiyotlar normasi; E ortiqcha ehtiyotlar. Pul tarkibiy qismlari nuqtayi nazaridan naqd pullar metall va qogoz pullardan iborat boladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizini, bozor iqtisodiyotiga otayotgan mustaqil hamdostlik davlatlarida 30 35% ni tashkil qilgan. Monetaristik yondashuvga kora Fisher tenglamasida Transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. Shunday ekan, pulga talab bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni oz ichiga oladi. Aholi ozlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qollarida yetarlicha pulga ega bolishi zarur. Кorxonalarga ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Кishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud boladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda ozgaradi. Foiz stavkasi past bolsa, kishilar koproq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal koradi. Aksincha, foiz yuqori bolganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori kopayadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi. Кeyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (tolov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (kozda tutilmagan xarajatlar bolishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yoqotishdan qochish xohishi) motivi asosida unga bolgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Кeyns pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi. Кeyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining kopayishi boshqa sharoitlar ozgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar osishi roy beradi va natijada YaIM osishi kuzatiladi. YaIMning osishi pulga bolgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi. ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bolmay, balki obyektiv qiymat qonunining kuchi tasiri ostida roy beradi. Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish vazifasi shundan korinadiki, jamiyatda mavjud bolgan iqtisodiy resurslar foyda normasi past bolgan tarmoqlardan uning normasi yuqori bolgan boshqa tarmoqlarga toxtovsiz otib turadi. Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani (1728 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bolgan tovarlar masalan, oziq - ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bolishi zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday ozaro bogliqlik haqiqatga togri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi Smit paradoksi nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bogliq bolsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bolgan nematlar (non, suv, sut) inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bolgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. Bunda gap foydali bolishning umumiy miqdori togrisida emas, balki nematning qoshilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga kora, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayriboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat korinishida ozining ifodalanish shaklini oladi. U ishlab chiqarishda yaratiladi, bozorda esa namoyon boladi. Shu yerda qoshilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo boladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bolishi sababli roy beradi. Кishilar tomonidan juda xilma-xil iqtisodiy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi va u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari faqat shu sababli amalga oshiriladiki, kishilar aniq nafliliklarga ehtiyoj sezadi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi? Oddiy qilib bozor tomonidan! - deb, javob berish togri, lekin bu juda umumiy javob. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, “faqat tovarning nafliligi,” “mehnat sarflariga” ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliliklarni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tugma foydalilik, yani nematlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq foydalilik, bu nemat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki omilga bogliq; mazkur nematning mavjud zaxirasi va unga bolgan ehtiyojning toyinganlik darajasi. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari subyektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «toyinganlik darajasi» osadi, aniq qoshilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qoshimcha nemat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bolishini bildiradi, nematlar zaxirasi cheklangan bolganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud boladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi nemat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. Tovarlar qanchalik kop bolsa, uning har birligi qadr - qiymati shunchalik kam boladi. Nematning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati uning qoshilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning kopaytmasiga teng keladi. Qandaydir nemat birligining, qadr- qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Yangi klassiklar naflilikning pasayib borish qonunini ham aniqlaydiki, unga kora istemol qilingan nematning navbatdagi birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda). Кeyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga kotaradi, taqchillik nematlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi. Qiymat va narx nazariyasida yangi yonalishni boshlab bergan kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qoshilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida kordi. A.Marshall keyingi qoshilgan miqdor nafliligi nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan boglashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qoshilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bogliq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida mehnat, marjinalistlarda qoshilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qoshilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari ozaro tasiri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qoshilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish roy beradi va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda narx va talab – takliflarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi. Download 408 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling