Mundarija kirish I. Bob. Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rеjalashtirish. Iqtisodiyotimizning asosi ekanligi…


Download 54.21 Kb.
bet3/10
Sana07.08.2023
Hajmi54.21 Kb.
#1665606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUNDARIJAswdkoso

2018-yil 1-sentabrdan boshlab:
• oliy ma’lumotli tayyorgarlik guruhi tarbiyachisi, o‘qituvchi, defektolog, psixolog bazaviy tarif stavkasi – 30 foizga;
• pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi bazaviy tarif stavkasi – 20 foizga;
• direktor bazaviy tarif stavkasi – 10 foizga oshirilgan.
Bundan tashqari, mamlakatda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorlari oshirilgan hollarda maktabgacha ta’lim xodimlari lavozim maoshlari ham mutanosib ravishda oshirib borilgan.
2017-yildan boshlab ko‘rilganda:
• maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozim maoshi 3 baravarga;
• o‘qituvchilar, psixologlar, oliy ma’lumotli tayyorgarlik guruhi tarbiyachilari lavozim maoshi 4 baravarga;
metodist, tarbiyachi va boshqa pedagog xodimlar lavozim maoshi 2,8 baravarga oshirildi.
Qolaversa, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi bo‘yicha bir qator imtiyozlar joriy etilgan. Xususan:
• davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari hamda jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod qilinadi;
• boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari bola ta’minoti uchun ota-ona to‘lovidan ozod etiladi;
• davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bir oiladan ikki va undan ortiq bola qatnaganda ularning har biriga belgilangan to‘lov miqdorining 71% miqdorda to‘lov to‘laydi;
• respublikaning 72 ta tumanida ota-onalar to‘lovi 2 baravar kamaytirilgan holda to‘lanadi;
• davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining joylashuviga qarab (viloyat markazi, tuman markazi, boshqa hududlar) 3-60% arzonlashtirilgan to‘lovlar joriy etilgan;
• davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar umumiy sonining 15-35% miqdorida, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 70% miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari uchun shu hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun belgilangan to‘lov miqdoridan oshmagan holda ota-ona to‘lovi joriy etilgan.
Mazkur imtiyozlar to‘liqligicha budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib, ushbu maqsadlar uchun 2018-yilda 382,0 milliard so‘m, 2019-yilda 574,7 milliard so‘m, 2020-yilda 374,1 milliard so‘m, 2021-yilda 974,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash maqsadida har yili budjet mablag‘lari hisobidan zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv qurollari xarid qilinib, joylarga yetkazib berilmoqda. Jumladan, Investitsiya dasturlari doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash uchun 2018-yilda 44,1 milliard so‘m, 2019-yilda 80,0 milliard so‘mlik zamonaviy mebel va jihozlar xarid qilinib, joylarga yetkazib berildi, 2020-yilda esa 91,0 milliard so‘mlik mebel va jihozlar joylarga yetkazib berildi.
2021-yilda Investitsiya dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari o’tkazilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 46,9 mlrd. so’mlik, bolalarni boshlang’ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari 23 mlrd. so’mlik, jami 69,9 mlrd. so’mlik zamonaviy mebel va jihozlar bilan taʼminlandi. 2022-yilda jami 127,3 mlrd. so‘mlik, jumladan Investitsiya dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari o’tkazilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash uchun 109,1 mlrd. so‘mlik, bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy tayyorlash guruhlarini jihozlash uchun 18,2 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, hozirda uchbu mebel va jihozlarni joylarga yetkazish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mantiqiy o‘yin va o‘yinchoqlar, o‘quv-didaktik materiallar bilan ta’minlashga 2018-yilda 16,5 milliard so‘m, 2019-yilda 20,0 milliard so‘m mablag‘ sarflandi, 2020-yilda 17,8 milliard so‘mlik mantiqiy o‘yin va o‘yinchoqlar, o‘quv-didaktik materiallar xarid qilindi. 2021-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 17,5 mlrd. so’mlik, bolalarni boshlang’ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari 2,8 mlrd. so’mlik, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 39,1 mlrd. so’mlik, jami 59,4 mlrd. so’mlik o’quv-didaktik materiallar, mantiqiy o‘yin va o’yinchoqlar bilan ta’minlandi.
2022-yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarinin o’quv-metodik va didaktik materiallar, mantiqiy o’yin va o’yinchoqlar bilan taʼminlash uchun 24,6 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, hozirda joylarga yetkazish ishlari davom etmoqda.
Axborot texnologiyalari har sohaning doimiy hamrohi
Bugun globallashuv asrida yashayapmiz. Har bir soha innovatsiyani talab qiladi. Bu borada vazirlik tizida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O’zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6079-sonli farmonining ijrosi taʼminlandi.
Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Respublikada faoliyat yuritayotgan 6 236 ta (98 %) maktabgacha taʼlim tashkilotlari yuqori tezlikdagi internet tarmog’iga ulandi. Yangi tashkil qilingan hamda taʼmirlash ishlari yakunlangan DMTT lar ro’yxati shakllantirilib, faoliyati tahlil qilib borilmoqda.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini zamonaviy AKT texnologiyalari bilan ta'minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 1-bosqichda 2023, 2-bosqichda 4940 ta kompyuter va yana shuncha miqdordagi printer qurilmalari yetkazib berildi. Bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun onlayn to'lov xizmati ishga tushirildi. Shu bilan birga, maxsus tizimlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali to'lovlarni amalga oshirish yo'lga qo'yildi. Natijada, ota-onalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarining hisob-kitoblarini masofadan, onlayn tarzda to'lash imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Maktabgacha taʼlim vazirligining korporativ elektron pochtasi http://mail.mpe.uz/ ishga tushirildi va vazirlik, xududiy bo’linmalar hamda MTT xodimlari undan foydalanishi yo’lga qo’yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston respublikasi davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi 128-sonli Prezident Qaroriga muvofiq, "Bolalar bog’chasi" axborot tizimida shakllangan ma'lumotlar asosida soha xodimlariga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni avtomatlashtirilgan hisoblash tizimi joriy etilmoqda.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tashkilotlarda qabul qilishda shaffoflikni taʼminlash borasida maktabgacha taʼlimni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimida o’rganishlar olib borildi. Ushbu masala bo’yicha vazirlik markaziy apparatida fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlari qabul qilindi. Fuqarolar murojaatlari asosida tizimda aniqlangan kamchiliklar qisqa muddatda bartaraf etilmoqda.
O‘zbekistonda 2021-yilning mart oyidan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim va ko‘ngilochar "Aqlvoy" telekanali faoliyat boshladi. Mazkur kanalning asosiy shiori: “Bu sening vaqting!”. Ya’ni kashfiyotlar vaqti, mo‘jizalar vaqti, yangi narsalarni o‘rganish vaqti. Kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy kabi o‘nlab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etib boradi. Asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
Kelajak uchun ko'plab rejalarimiz bor. Bularning barchasi zamon bilan hamnafas tarzda bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Download 54.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling