Mundarija kirish I. Bob. Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rеjalashtirish. Iqtisodiyotimizning asosi ekanligi…


Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak garovi


Download 54.21 Kb.
bet7/10
Sana07.08.2023
Hajmi54.21 Kb.
#1665606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUNDARIJAswdkoso

Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak garovi
Hayotimizda bolalar kulgusi bizni hamisha quvontiradi, farzandlar baxtli hayotning bosh sababchilaridir. Barcha bolalarni, shu jumladan, alohida ta'limga muhtoj bolalarni erta rivojlanishidagi ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarini ta'minlash maktabgacha ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
2019-yil 13-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi Nizomga inklyuziv guruhlar faoliyatini tashkil etish, umumiy guruhlardagi nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish maqsadida pedagog-defektolog faoliyatini tashkil etish yuzasidan o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi, Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini tartibga solishga oid bo‘lgan nizomni tasdiqlandi hamda bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish tizimini takomillashtirildi.
Shu bilan birga, mazkur qarorga asosan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga yo‘llash bo‘yicha Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning faoliyati takomillashtirildi. Bugun respublika bo‘yicha malakali pedagogik va tibbiyot mutaxassislar bilan ta’minlangan 14 ta hududiy Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, bolalarni reabilitatsiya qilish va ularning abilitatsiya bo‘yicha sifatli xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, ularning jamiyatga moslashish darajasini oshirish maqsadida yangi avlod maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
2022-yil holatiga ko‘ra, respublikada rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 74 tani tashkil etdi. Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 60,6% ga kamayganligini ko‘rsatmoqda.
Alohida ta’limga muhtoj bolalarning ta’lim olishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish va ularga sifatli korreksion-pedagogik, reabilitatsion yordam ko‘rsatish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan va maktabgacha ta’limni rivojlantirish Fondi orqali moliyalashtiriladigan “Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini korreksion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlash dastur”i amalga oshirilmoqda. Dasturning birinchi va ikkinchi bosqichlari doirasida Toshkent shahridagi ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari jihozlangan. Dasturning uchinchi bosqichi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarining barcha ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari maxsus jihozlarga ega bo'ldilar.
2021-yildan boshlab, Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida, "Kelajakka yashil qadam" shiori ostida velomarafon o'tkazish an'anaga aylandi, unda olti yoshgacha bo'lgan bolalar begovellarda o‘zaro raqobatlashadilar. Bunday bolalar velomarafoni birinchi marta O'zbekistonda o'tkazildi va xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, bu Markaziy Osiyoda ham ilk tadbir.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda sifatli maktabgacha ta’lim berish asoslaridan biri malakali pedagog kadrlar va ularning professionalizmi hisoblanadi. Bu borada Toshkent shahrida tashkil etilgan “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-budjet oliy ta’lim muassasasi filiali tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, shu jumladan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog-defektologlar uchun 16 va 72 soatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi va ularda joriy yilning aprel oyiga qadar 122 nafar pedagog-defektolog malakasini oshirdi.
Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belorussiya davlatlari mutaxassislari ishtirokida Koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazgan bolalarni reabilitatsiyasini yaxshilash bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutiti qoshida respublikadagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 20 nafar mutaxassislar malakasini oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan "O‘zbekistonda maktabgacha va boshlang‘ich maktab ta’limida imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga javob berish uchun o’qituvchilar salohiyatini mustahkamlash" bo‘yicha hamkorlik bayonnomasi 2021-yilning 11-iyun kuni imzolandi.
Og‘ir eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maqsadli yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zamonaviy eshitish apparatlari berildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi va JICAning hamkorligida "O‘zbekistonda maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” qo‘shma loyihasi olib borilmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida ToshVMOI bilan birgalikda va UNICЕF ko‘magida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha” rus va o’zbek tilida qo‘llanma ishlab chiqildi va 10 000 nusxada chop etildi.
Prezidentning 12.04.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5071-son qarori qabul qilindi. 
Hujjatda ta’kidlanishicha, 2018-2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 412 ta davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan, ulardan:

  • 1 097 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratilgan, 74 tasi boʻyicha bitimlar bekor qilingan;

  • 241 tasi boʻyicha moliyaviy manbalar mavjud boʻlmaganligi sababli bugungi kungacha kreditlar ajratilmagan.

Qaror bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2018-2019 yillarda imzolangan DXSh toʻgʻrisidagi bitimlarga kredit mablagʻlarini bosqichma-bosqich ajratish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.
Mazkur kreditlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • qurilish ishlari boshlangan bitimlar boʻyicha – Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb etilayotgan 10,9 mln AQSh dollari ekvivalentidagi imtiyozli qarz mablagʻlari hamda tijorat banklarining oʻz mablagʻlari;

  • qurilish ishlari boshlanmagan bitimlar boʻyicha – 2021 yilning ikkinchi yarmida ushbu maqsadlar uchun jalb qilinadigan umumiy qiymati 70 mln AQSh dollari miqdoridagi tashqi qarz mablagʻlari.

Imzolangan 241 ta DXSh toʻgʻrisidagi bitimlarni moliyalashtirish uchun kreditlar 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va tashqi qarz mablagʻlari hisobidan kreditlar Prezidentning 30.01.2020 yildagi PQ-4581-son qarorining 3-bandi «b» kichik bandida koʻrsatilgan tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida ajratiladi.
Tijorat banklari mablagʻlari hisobidan kreditlar bozor foiz stavkalarida ajratiladi. Kreditlar davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan, хususiy sherikning oʻz mablagʻlari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim boʻlgan ishlar (tovarlar) toʻliq amalga oshirilgandan soʻng tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • uch hafta muddatda DXSh toʻgʻrisidagi bitim imzolanib moliyalashtirilmasdan qolgan 241 ta loyihaning amaldagi holatini, shu jumladan bajarilgan qurilish ishlari hajmini oʻrganib chiqish hamda ularning reytingini shakllantirish;

  • bir oy muddatda belgilangan tartibda shakllantirilgan reyting asosida moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda loyihalar roʻyхatini tuzish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Moliya vazirligi zaruratga koʻra respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlarni ajratishga haqlidir.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kirdi.

Xulosa
Islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning asl maqsadlarini taʼminlash, uning samaradorligiga erishishlik uchun nimalar qilmoq zarur? Yuqorida aytib oʻtilganlardan kelib chiqib, taʼlim tizimini moliyalashtirish, budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalarimiz va takliflarimizni keltirib oʻtamiz. Bizning fikrimizcha, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi: - budjet va avtonom tashkilotlarga kengroq vakolatlarni, jumladan moliyalashtirish va xarajatlarni boshqarish sohasida, berish orqali yangi turdagi budjet muassasasiga oʻtishni yakunlash; - taʼlim muassasalari daromadlarining oʻsishini taʼminlash, bu esa aholi jon boshiga moliyalashtirishning joriy qilingan moliyaviy mexanizmlari va mehnatga haq toʻlashning yangi tizimi samaradorligini oshirish uchun zarur; - qisqa muddatlarda, yangi talablarni hisobga olgan holda, taʼlim tizimi uchun kadrlar - rahbarlar va menejerlarning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning tayyorlanishini taʼminlash; - birinchi navbatda qishloq joylarida joylashgan, kompleks yondashuv va yetarlicha uzoq vaqt talab qiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻini optimallashtirish masalasini hal qilish; - kichik qishloq maktablarini qishloq aholi punktlari uchun ijtimoiy ahamiyatini inobatga olgan holda ularni subsidiyalashtirilgan moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish. Faqatgina yuqoridagi vazifalar kompleks yechilgan taqdirda, taʼlim muassasalarini moliyalashtirish tizimini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻz samarasini beradi hamda barcha oʻquvchilarga yashash joyi, ijtimoiy, mulkiy holatidan qatʼi nazar, zamonaviy taʼlim standartlariga javob beradigan va Oʻzbekiston hududlarining innovatsion ijtimoiy yoʻnaltirilgan rivojlanish talablariga mos keladigan yuqori sifatli taʼlim olish imkonini beradi.


Download 54.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling