Mundarija kirish I bob. Xalqaro buxgalteriya hisobi tizimining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


II BOB. XALQARO BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI


Download 63.41 Kb.
bet5/8
Sana18.11.2023
Hajmi63.41 Kb.
#1783477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro Buxgalteriya

II BOB. XALQARO BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
2.1. Buxgalteriya hisobida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish yo’llari
Schyotlar rejasi – buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy
tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab
beradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2012 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy
standarti (21 -BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2012-yil 23-oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk
shakllaridan qat'iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil
1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi.
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta'riflash
mumkin.Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo‘lib,moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega.
Schyotning nomi - bu tub ma'noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir
shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini
anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va
foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar
rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar
rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona
umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar
rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar
miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari
hisobini ta'minlashi kerak7.
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


Download 63.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling