Mundarija kirish I bob. Xalqaro buxgalteriya hisobi tizimining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Axborot texnologiyalarni joriy etish muammolari
Download 63.41 Kb.
|
Xalqaro Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot texnologiyalarning bo’linmalari
Axborot texnologiyalarni joriy etish muammolari:
korxonalarda axborot komunkatsion texnologiyalarni sotib olish muammosi; korxonalarda axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish muammosi; inernet bilan ishlovchi malakali mutaxassislar yetishmasligi; axborot va kompyuter xavsizligini ta’minlanish darajasini pastligi; Axborot texnologiyalar boshqaruvini maqbul strategiyasini ishlab chiqish uchun, ularni joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan asosiy muammolarini hisobga olish zarur. Axborot texnologiyalarning bo’linmalari: kompaniya faoliyatini axborotlashtirish bilan bog’liq o’sib boruvchi muammolar, ularni o’z axborot texnologiyalar bo’linmalarini yaratishga undadi. Bunday bo’linmalar oldiga asosiy maqsad qilib ajratilgan mablag’larni o’zlashtirishni qo’ydi. Ekspluatasion muammolar ustuvorligi axborot texnologiyalarni rivojlantirish va ularni strategik rejalashtirish vazifasini yechish uchun vaqt qoldirmadi. Shu tarzda axborot tizim doirasi kengaydi, biroq korxona faoliyatining samaradorligi tubdan o’zgarmaydi. Korxonalar pul mablag‘larini saqlash va turli hisob-kitoblarga oid muomalalarni amalga oshirishlari uchun bankda hisob-kitob schyoti ochadilar. Buning uchun bankka xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterining yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan 2 nusxada arizasi, imzolar namunasi, muhr izi tushirilgan kartochka, korxonaning notarial idora tomonidan tasdiqlangan nizomidan 1 nusxa va yuqori tashkilotning korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi buyrugidan ko‘chirma taqdim etiladi. Hisob-kitob schyotiga sotilgan mahsulot va bajarilgan ishlar uchun tayyorlov tashkilotlari va boshqa xaridorlardan kelib tushgan pul; kassadan topshirilgan naqd pullar; debetor qarzlarning to‘lanishi; tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun o‘tkazilgan sug‘urta to‘lovlari; ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bank tomonidan berilgan ssudalar hamda korxonaning hisob-kitob schyotida saqlanayotgan puli uchun bank tomonidan berilgan foizlar kelib tushadi. Hisob-kitob schyotidan quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi: sotib olingan tovar-moddiy boyliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar, mehnat haqi to‘lash va xo‘jalikning turli ehtiyojlari uchun naqd pullarni kassaga berish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni to‘lash, bank ssudalari bo‘yicha qarzlarni to‘lash, akkreditivlar qo‘yish va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar. Bank hisob-kitob schyotidan to‘lovlar o‘tkazishni to‘lov hujjatlarining kelib tushishiga qarab amalga oshiradi. Agar kelib tushadigan hujjatlarning hammasini to‘lashga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda to‘lovlar qathiy navbat asosida amalga oshiriladi4. Bankdagi hisob-kitob schyotlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakatini nazorat qilish va ana shu muomalalarni qishloq xo‘jalik korxonalarining hisobida aks ettirib borish maqsadida vaqti-vaqti bilan hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalarni olib turadilar. Ana shu ko‘chirmalarda schyotga tushgan pul mablag‘lari kreditda berilgani esa debetda ko‘rsatiladi. Bank muasasasi bergan ko‘chirmalar yozuvlar to‘g‘riligi va yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi nuqtai nazardan tekshirib chiqiladi. Barcha qishloq xo‘jalik korxonalari bank tomonidan chiqarilgan qoldiqning to‘g‘riligini bank belgilagan muddatda yozma avishda tasdiqlashlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini erkinlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan islohotlar mamlakat hayotining amalda barcha tomonlarini qamrab olgan. Ular qatoriga O‘zbekistonning tashqi dunyo, xususan, tashqi iqtisodiy aloqalar bilan iqtisodiy va boshqa xar qanday muloqotiga yo‘ldosh bo‘lgan va unga xizmat qiluvchi, pul ko‘rinishidagi turli tuman aloqalarning murakkab majmuini tashkil etuvchi valyuta munosabatlari sohasi ham kiradi. Milliy valyutaning tashqi barqarorligini tahminlash vazifalari valyuta bozorining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart sharoitlarini,musbat to‘lov balansini barpo etish, yetarlicha oltin valyuta zaxiralarini shakllantirish, milliy valyutaning barqaror almashtirish kursini qo‘llab turish uchun zamin yaratishni talab qiladi. 2018 yilda so‘mning konvertatsiya qilinishini tahminlash choratadbirlarining amalga oshirilishi barcha xo‘jalik sub’ektlari uchun ochiq, chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif nisbatidan kelib chiqqan holda yagona almashtirish kursini belgilab beradigan valyuta bozorini shakllantirish imkonini berdi. Valyuta bozorini erkinlashtirish va almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash eksportchilar uchun qulaylik yaratib, xom ashyo bo‘lmagan tovarlar eksportining o‘sishi va maxalliy ishlab chiqarishning rivojlanishini rag‘batlantirdi. Xom ashyo eksportiga doir narxlar konhyunkturasini yaxshi tomonga o‘zgartirishi bilan bir qatorda bu hol 2019 yilda to‘lov balansining musbat saldosini va oltin valyuta zaxiralarining o‘sishini tahminlash imkonini berdi. Chunonchi, 2019 yilda respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyati jo‘shqin rivojlanib bordi. Tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga qaraganda17,3%ga, shu jumladan eksport – 24,6% ga oshdi. Import bilan solishtirganda tovarlar va xizmatlar eksporti o‘sishi yanada yuqori surhatlarining saqlanib qolishi natijasida savdo balansining musbat saldosi eksport hajmi 3725 mln dollar, import xajmi esa 2964,2 mln dollarni tashkil qilganda 760,8 mln AQSh dollarini tashkil qildi. O‘tgan yillarga qaraganda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosining sekinastalik bilan o‘sib borayotganligini tahkidlash lozim. Agar 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich manfiy bo‘lgan va YaIM nisbatan 1,1% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib u musbat ko‘rsatkichga aylandi va YaIMga nisbatan 2,3%ga, 2019 yilda esa –3,4% ga teng bo‘ldi. Hukumat va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutaning konvertatsiya qilinishini tahminlashga doir harakatlar rejasini bajarish uchun 2020 yilda birjadan tashqari valyuta bozoridagi, naqd valyuta bozoridagi operatsiyalarga, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga doir mahlum cheklashlarni bekor qilgan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha: − savdo vositachilik tashkilotlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilishga doir taqiq bekor qilindi; − xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga byudjet oldida qarzlari yoki bo‘sh turgan valyuta mablag‘lari mavjud bo‘lgan hollarda chet el valyutasini sotib olishlariga yo‘l qo‘ymaydigan qoidalar bekor qilindi; − chet el valyutasini qarz mablag‘lari hisobidan xarid qilishga ruxsat berildi; − so‘mdagi mablag‘larning birjadan tashqari valyuta bozorida konvertatsiyasini amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan vakolatli banklarga taqdim etiladigan xujjatlar ro‘yxati imkoni boricha qisqartirildi; − xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar so‘mdagi pul mablag‘larini chet el valyutasiga konvertatsiya qilish tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda chet el valyutasi sotib olishga doir buyurtmalarni ko‘rib chiqish muddati bir haftadan uch kunga qadar qisqartirildi; − ichki valyuta bozorida almashtirish kurslarini bir xillashtirish to‘liq nihoyasiga yetkazildi va hozirgi vaqtda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi. − Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha: − jismoniy shaxslarga vakolatli banklarning almashtirish punktlari orqali ularning davriyligi va cheklangan summasi bo‘yicha naqd chet el valyutasi va yo‘l cheklarini sotishlar chog‘idagi cheklashlar bekor qilindi; − rezident jismoniy shaxslar 2020 yil AQSh dollariga ekvivalent summadagi naqd chet el valyutasini respublika hudududidan tashqariga erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etildi. Tashqi savdo operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarining amalga oshirilishidan: − import kontraktlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlariga doir cheklar shuningdek chet el banki kafolatini taqdim etish va bo‘nak to‘lovi xajmiga mutanosib ravishda summani milliy valyutada deponentlashtirish bo‘yicha talashlar bekor qilindi; − offshor zonalarda bo‘nak to‘lovlar yoki xizmatlar uchun to‘lovlarga taqiqlar bekor qilindi; − norezident uchinchi shaxslar foydasiga import konraktlari bo‘yicha to‘lovlarga taqiqlar olib tashlandi, shuningdek chet el kreditlarining jalb qilinishi munosabati bilan foizli va o‘ziga to‘lovlar xajmlariga doir cheklashlar bekor qilindi; − savdoga tegishli bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq to‘lovlar va o‘tkazmalarining amalga oshirilishiga doir cheklashlar olib tashlandi; − MDH davlatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan hisob-kitoblarni faqat kliring asosida yoki erkin amashtiriladigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar bekor qilindi5. − Bundan tashqari, import konraktlarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligidan oldindan ro‘yxatga o‘tkazish ularning bojxona monitoringi bilan almashtirildi. Valyuta bozorini erkinlashtirishga 2019 yilinining 11 dekabrida 2-chaqiriq oliy majlis 13 sessiyasida qabul qilingan, yangi tahriridagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” gi qonun xam ko‘mak bermoqda. O‘zbekiston bilan Halqaro valyuta fondi o‘rtasidagi amaliy muloqot harakatlar rejasida nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarning begona mo‘ljallangan muddatda bajarilishiga imkon yaratdi. Valyutani tartibga solib rejimining o‘zgartirilishi respublikaga 2012 yil 15 oktyabr milliy valyutaning joriy halqaro operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashini tahminlash bo‘yicha halqaro valyuta fondi Bitimi Moddalarining VIII moddasi 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha majburiyatlarini qabul qilish imkonini berdi. XVF direktorlarining ijroiya kengashi ularning qabul qilinishini mahqulladi. Unning 2017 yil 11 noyabrdagi rasmiy matbuot relizida tahkidlanishicha, milliy valyutasining konvertatsiyalanishini tahminlash orqali O‘zbekiston halqaro hamjamiyatga pozitiv signal bermoqda va halqaro tizimini rivojlantirishga o‘z ulushini qo‘shmoqda. 2014 yil O‘zbekiston hukumati so‘mining o‘zgaruvchan almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirdi. Bundan u ichki va tashqi narhlar dinamikasini, balansi ko‘rsatkichlarini hisobga oladi, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining chet el bozorlaridagi raqobatbardoshliligini qo‘llab-quvvatlash vazifasidan ham kelib chiqdi. Tabiiyki, valyutani tartibga solish sohasidagi muvaffaqiyatlarga respublikaning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan amalga oshirilayotgan buxgalteriya hisobi sohasida o‘tkazilayotgan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni isloh qilish ham o‘z tahsirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozoridagi valyuta almashtirish kurslarini unifikatsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq MV,IVDSQ, va MBning Adliya vazirligi tomonidan 2004 yilining 17 sentyabr 1411 son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan «Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya xisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom» ishlab chiqilganligi bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan hisoblanadi. Shuningdek Moliya Vazirining Adliya vazirligi tomonidan 2004 yilining 20mayda 1364-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chet el valyutasida aks ettirilgan aktivlar va majburiyatlar hisobi” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (22-sonli BHMS)ning qabul qilinishi chet el valyutasidagi operatsiyalarining buxgalteriya hisobi takomillashtirilishida tub burilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur standart chet valyutasi ko‘rinishida aks ettirilgan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotlarda ochib berish tartibini belgilab beradi. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq respublikaning barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari buxgalteriya hisobi yuritishlari va hisobotlarni , agar qonunlarda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa , milliy valyuta –so‘mda taqdim etishlari kerak. Buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasidagi operatsiyalar ularning amalga oshirilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazilishi lozim. Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlar yuritish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblab chiqarilishi uchun muntazam ravishda (odatda, har haftaning boshida) so‘mning chet el valyutalariga nisbatan kurslarini belgilaydi. Chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalar summasi, aktivlar va majburiyatlar qiymatining so‘mga hisob-kitob qilinishi chog‘ida ularning o‘zgarishiga qarab manfiy yoki musbat kurs farqi yuzaga keladi. Chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalar buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyasining amalga oshirilishi sanasida amal qilgan Markaziy bankning kursi bo‘yicha, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha so‘mdagi ekvivalentda aks ettiriladi: − kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schetlari, akkreditivlar, valyuta ssuda qarzlari; − chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari; − bojxona yuk dekloratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha import qilingan tovar-moddiy qiymmatliklar va boshqa aktivlarning kirim qilinishi; − bojxona to‘lovlarining chet el valyutasida amalga oshirilishi; − chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari; − chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar. − Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt: − mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni) chet el valyutasiga sotib olganida yoki sotganida; − ular bo‘yicha to‘lanadigan yoki olinadigan summalar chet el valyutasida belgilangan kreditlar va qarzlarni olayotgan yohud taqdim etayotganda; − o‘z zimmasiga majburiyatlarni chet el valyutasida olganda yoki so‘ndirayotganda chet el valyutasida amalga oshiriladigan bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi. Chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanasi- xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq buxgalteriya hisobiga chet el valyutasidagi operatsiyalar natijasi bo‘lib hisoblanadigan aktivlar va majburiyatlarni qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kundir. Chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning buxgalteriya hisobida so‘mga qayta hisob-kitob qilinish sanalari jadvalda keltirilgan6. Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston hududida yuridik shahslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish vakolatli banklar orqali, jismoniy shaxslar tomonidan bo‘lsa-vakolatli banklar, ularning filiallari va valyuta almashtirish punktlari orqali amalga oshiriladi. Chet el valyutasini sotib olish va sotish Markaziy bankning sotib olish yoki sotish kunida amal qilgan kursi bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda yuzaga keladigan kurs farqi moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (qilingan xarajatlar) sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritiladi. 9540-“Valyuta kursidan olingan daromadlar” schetning krediti –Markaziy bank kursi bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati bilan xarid kunida valyuta bozorida amal qilgan bitim xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati o‘rtasidagi tafovut summasiga. Fuqarolik kodeksining 245-moddasiga muvofiq pul majburiyatida uning chet el valyutasidagi mahlum bir summaga yoki shartli pul birliklari (ekyu, “qarz olish maxsus huquqlari” va boshqalar) so‘mda to‘lanishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda so‘mlar bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to‘lov kunidagi rasmiy kursi bo‘yicha belgilanadi basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvda belgidab qo‘yilgan bo‘lmasa. O‘zbekiston Respublikasi xududida majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish chog‘ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo‘l ko‘yiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir narxlar (tariflar) ni chet el valyutasiga ekvivalentda belgilaydigan, to‘lovni esa milliy valyutada- so‘mda oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Markaziy bank kursining mahsulot (ishlar hizmatlar)ning sotilishi sanasidan boshlab to‘lovning kelib tushishi sanasigacha bo‘lgan davr ichida o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keluvchi musbat kurs farqini 9540- “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetida, manfiy kurs farqini esa – 9620- “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetida yuritadilar. Korxonalar buxgalteriya balansi valyuta moddalariningqayta baholash oqibatida hosil bo‘luvchi kurs farqlarini hisobga olish. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobot oyining so‘ngi kuniga bo‘lgan va Markaziy bank kursi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish sanasiga balansining valyuta moddalarini qayta baholashni har oyda amalga oshiradilar. Qayta baholash va kurs farqini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi: kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schetlaridagi, shu jumladan, akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari; chet el valyutasidagi pul hujatlari; chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar. Quyidagilar qayta baholanmaydi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan uskunasi, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zahiralari; Buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun undagi ko’rsatkichlarning sintetik va analitik hisob, bank ko’chirmasi ma’lumotlariga mosligini tekshirish kerak. Tekshiruv jarayonida bajariladigan amallar auditorning ishchi hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Tafovutlar aniqlanganida farq summalarini ko’rsatish va ularning sabablarini ochib berish zarur. Shunday qilib, bankdagi 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Xorijdagi valyuta schyotlari», 5510«Akkreditivlar», 5520 «Chek daftarchalari» va 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» bo’yicha amalga oshirilgan bank muomalalarini tekshirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: korxonaning nechta hisob-kitob schyoti, valyuta schyoti va maxsus schyoti borligi, shuningdek ular qaysi bank muassasalarida ochilganligini aniqlash; schyotlar sonini aniqlab, balansning «Hisob-kitob schyoti», «Valyuta schyoti», «Bankdagi maxsus schyotlar» -moddalari bo’yicha qoldiqlarni va bu schyotlar bo’yicha bank ko’chirmalaridagi ushbu balans sanasiga bo’lgan qoldiqlarni solishtirish, shuningdek, bank ko’chirmalarida aks ettirilgan summalarni ilova qilingan dastlabki hujjatlarda aks ettirilgan summalar bilan taqqoslash lozim; amalga oshirilgan muomalalarning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish; bankdagi schyotlardan olingan ko’chirmalar va ko’chirmalarga ilova qilingan, muomulalarni tasdiqlovchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirishini tekshirish; bank ko’chirmalarida va bankdagi pul mablag’lari hisobga olinadigan registrlarda pul mablag’larining kirimi va chiqimi bo’yicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga qoldiq chiqarishning to’g’riligini arifmetik tekshirish; bank ko’chirmalaridagi, buxgalteriya hisobi registrlaridagi va Bosh daftardagi yozuvlarni hamda Bosh daftardagi qoldiqlar va balans moddalarining mosligini tekshirish; bank muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash zarur. (Masalan: kassaga olingan naqd pullarni 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti debetida aks ettirish o’rniga boshqa schyotlarga olib borish hollariga yo’l qo’yilmaganligini aniqlash); bank ko’chirmasida aks ettirilgan har bir muomala tegishli dastlabki hujjatlar (schyotlar, to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, shartnomalar, akt protsentovkalar va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim. Bank ko’chirmalariga ilova qilingan dastlabki hujjatlar quyidagi tartibda guruhlanadi; oldin bank ko’chirmalariga kirim hujjatlari, ulardan keyin esa barcha chiqim hujjatlari ketma-ket ilova qilinadi; bank ko’chirmalarini bunday tartibda tekshirish bank hujjatlarini amalga oshirilgan muomalalarning mohiyatiga ko’ra tekshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Bunda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: tovarsiz schyotlar va boshqa noqonuniy muomalalar bo’yicha bo’naklar (avanslar) va to’lovlarning noto’g’ri o’tkazilishiga yo’l qo’yilmayotganligi (tekshirilaetgan korxonaga aloqador bo’lmagan, boshqa korxonalar haridlari va sarflariga doir schyotlarni to’lash va h. k. ); Tovar-material qiymatliklarni mavsumiy jamg’arish, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan schyotlarni to’lash maqsadida olingan bank ssudalaridan o’z vaqtida va to’g’ri foydalanish va h. k., ssuda olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning to’g’riligi; bankdan olingan limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining hisobda to’g’ri aks ettirilganligi va qonuniy foydalanilayotganligi (ularning qat’iy hisobda turadigan hujjatlar sifatida hisobga olinishi), ular hisobdor shaxslarga tilxat bo’yicha berilayotganligi; hisobdor shaxslar tomonidan chek daftarchalarining ishlatilishi to’g’risida hisobot tuzilishi, hisobdor shaxslar hisobotlaridagi qoldiq va oborotlarning maxsus ssuda schyoti bo’yicha qoldiq va oborotlarga mos kelishi; cheklarning nomerlari, sanalari va summalarning transport hujjatlarida ko’rsatilishi va x. k. ; akkreditivlar orkali amalga oshiriladigan muomalalarning to’g’riligi va qonuniyligi, shu bilan birga bunday hisob-kitoblarni ham aniqlash zarur; Bulardan tashqari, korxonaning to’lovga layoqatsizligi yuzaga kelmayotganligi va bunday holda korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida qanday choralar ko’rilganligi ham aniqlanadi. Bank muomalalarini tekshirish chog’ida auditor 5710-«Yo’ldagi pul jo’natmalari» schyotida aks ettirilgan summalarning xaqqoniyligini ham tekshirish lozim. Ko’pchilik hollarda buyurtmachilar bajarilgan ishlar uchun oldindan o’tkazilgan to’lovlar muddati o’tib ketganida debitor qarzlarni hisobotda kamaytirib ko’rsatish maqsadida summalarni 5710 schyotga olib boradilar. Amaldagi tartibga ko’ra 5710 schyotda bank muassasasi kassasiga yoki pochtaga topshirilib, biroq korxonaning 5110 «Hisob-kitob schyoti» yoki maxsus schyotiga kelib tushmagan pullar (daromadlar) shuningdek, tekshirilayotgan korxonaga boshqa korxona yoki yuqori tashkilotdan o’tkazilgan, lekin tekshirilayotgan korxonaning hisob-kitob schyotiga hisobot oyida kelib tushmagan, ya’ni oy oxiriga yo’lda bo’lgan summalar aks ettirilishi lozim. Buxgalterlik hisobida 5710-schyotga doir muomalalarni aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’ladi; daromad topshirilganda bank muasasasi kassasi yoki pochta tomonidan berilgan, pul topshirilganligi haqidagi patta; pul muomalalarini o’tkazishda esa pulni qabul qilib olgan bank muassasasi yoki pochta bo’limining nomi, nomeri, sanasi va summa ko’rsatilgan korxona avizosi. 5110 -«Hisob-kitob schyoti» ga kelib tushgan pul mablag’larini tekshirishda, ularni kirim qilishning to’g’riligi va to’liqligi aniqlanadi. Chunonchi, kassa muomalalarini tekshirish jaraenida barcha bank ko’chirmalarida bankka topshirilgan naqd pul badallari alohida belgilab qo’yilishi lozim. Hisob-kitob va valyuta schyotlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish bo’yicha bankdan olingan naqd pullarning o’z vaqtida to’liq qabul qilinishi hamda maqsadga muvofiq ishlatilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Pul mablag’larini o’tkazish, mol etkazib beruvchilarga qarzlarning qoplanishi, ulardan foydalanishning haqqoniyligi va asosliligini ta’minlash maqsadida ushbu schyotlar tekshiriladi. Auditor aktseptlangan topshiriqlar bilan aloqa bo’limi orqali pul o’tkazilganda xatoga yo’l qo’yilmaganligini ham tekshirishi lozim. Bunda joriy va deponentlangan ish haqi, ijro varaqalari bo’yicha ushlangan summalar eki hisobdor summalar va h. k. tekshiriladi. Pul o’tkazilayotgan vaqtda o’tkazilish xususiyatlari va o’tkazilayotgan summa to’g’riligi (dastlabki hisob hujjatlariga solishtirish yo’li bilan) shuningdek, o’tkazishlarni oladigan shaxslar ro’yxatining ishonchliligi tekshirilishi lozim. Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: * tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini; kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi; kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim: kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas; kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda saqlanadi; kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart; sanash tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova). turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham shunday qilinadi; boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim; auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim. Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo’lgan qoldiqni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to’liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri kelib, ko’p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo’lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo’shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to’langan chiqim hujjatlari (to’lov vedomostlari) sifatida yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi. Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog’ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko’rsatiladi. Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi. Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga tekshirilishi shart. Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to’liq va o’z vaqtida kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o’zaro taqqoslash usulini qo’llaydi. Bunda № 1-jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debeti bo’yicha aks ettirilgan summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to’g’ri kelishi shart. To’g’ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank ko’chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi. Agar bank ko’chirmalarida o’chirilgan, to’g’rilangan, shuningdek, qoldiqlar to’g’ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko’chirmani olish zarur. Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3a shakl. «Kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftari», 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari», 5020-«Xorijiy valyutadagi pul mablag’lari», 5520-«Chek daftarchalari», 5610-«Pul ekvivalentlari», 5710- «Yo’ldagi pul mablag’lari» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar, tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar). Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, chiqim hujjatlariga esa «to’landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning sanasi ko’rsatilganligi, shuningdek, ularda o’chirilgan va tuzatilgan izlar yo’qligi aniqlanishi lozim. Amaliyotda kassaga doir suiste’mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo’yicha ko’p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o’lik jonlar»ni kiritish, berilishi lozim bo’lgan jami summani oshirib ko’rsatish, kassa hisobotiga qayta qo’shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o’zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e’tibor berishi lozim: tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to’satdan tekshirilishi; kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida topshirishi; kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh buxgalter yoki muovinining imzosi borligi; ish haqi berish, xizmat safari va xo’jalik sarflariga va boshqa maqsadlar uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; kassa qoldiqlarining tekshirilayotgan korxona uchun bank tomonidan belgilangan limitga to’g’ri kelishi; berilmagan ish haqi summalari va realizatsiyadan tushgan nakd pul daromadlarining bankka o’z vaqtida topshirilishi; naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga o’xshashlar; to’lg’azilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo qo’yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish chog’ida mustaqil to’ldirish uchun berish hollari; chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi o’rniga amaldagi tartibni buzib, kassirga berib qo’yilganligi; korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3 shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl)ning mavjudligi, daftarlarning barcha varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko’rsatilganligi, ip o’tkazib boglanganligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib muhrlanganligi; kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi; Download 63.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling