Mundarija kirish I bob. Xalqaro buxgalteriya hisobi tizimining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Xalqaro buxgalteriya hisobida schyotalar rejasining qo’llanilishi va uni takomillashtirish


Download 63.41 Kb.
bet6/8
Sana18.11.2023
Hajmi63.41 Kb.
#1783477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro Buxgalteriya

2.2 Xalqaro buxgalteriya hisobida schyotalar rejasining qo’llanilishi va uni takomillashtirish.
Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab). Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa tebranishlar bilan harakterlanadi.
Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi.
Marketingning maqsad va vazifalari
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:

  • Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.

  • Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.

  • Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.

  • Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:

  1. Maksimal yuqori iste'molga erishish.

  2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.

  3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.

  4. hayot sifatini maksimal ko’tarish.

Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarl arning miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:

  1. Mashhurlikni oshirish.

  2. Yuqori imijga erishish.

  3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.

  4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.

Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Foydaning haj mi.

  2. Sotilishlar hajmi.

  3. Bozor ulushining oshishi.

  4. Barqarorlikni ta'minlash.

  5. Xarajatlarni kamaytirish.

  6. Mehnat unumdorligi.

Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib,
biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat". Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan tashqari osonlashtirib yuboradi.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:

  • Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.

  • Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.

  • Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish.

  • Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.

  • Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini yoʻnaltirish.

Xulosa
Zamonaviy sharoitlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini boshqarish
jarayonida ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan faoydalaniladigan
buxgalteriya hisobining o’rni, kerakligi va ahamiyati oshib bormoqda. Ko’p
turdagi mulkchilik shakllari va korxonalarda vujudga kelayotgan xo’jalik
vaziyatlari sharoitlarida ko’p sonli schyotlar rejasidan fodalanish zaruriyati
tug’iladi, chunki turli foydalanuvchilar buxgalterdan turlicha ma’lumotlarni talab
qiladi.
Har bir schyotda jamlanadigan ma’lumot har xil foydalanuvchilar, ya’ni
ichki bilan bir qatorda tashqi foydalanuvchilarning talablariga javob berishi lozim,
chunki olingan ma’lumotlarning tahlili asosida korxonaning kelajakdagi moliyaviy
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari qabul qilinqdi.
Ushbu ma’lumotni olish uchun buxgalter buxgalteriya hisobining
yuritilishining umumiy uslubiyatini buzmagan holda ko’p sonli schyotlardan
foydalanishi lozim.
Korxona va tashkilotlar tasdiqlangan schyotlar rejasiga asosan o’z xo’jalik
operatsiyalari buxgalteriya hisobiga oid ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishi va
uni hisob siyosati bilan tasdiqlashi lozim.
Korxonaning schyotlar rejasida ishlab chiqarish texnologiyasi va muomala
tizimi jarayonlarining xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, albatta bosh buxgalter korxona
buxgalteriyasidagi barcha xo’jalik muomalalarini ishchi schyotlar rejasiga muvofiq
to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlashi va bosh kitobda o’z vaqtida aks ettirib
borishi kerak.

Download 63.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling