Mundarija Kirish I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari
II.2. Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni
Download 285.5 Kb.
|
20 asr oxiri 21 asr boshlarida MDH davlatlari
II.2. Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni.
1997 – 2003 – yillarda ham O’zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortib bordi. 1997 – yil 9 – 10 – yanvar kunlari O’zbekiston, Qozog’iziston, Qirg’iziston davlat rahbarlari Bishkekda uchrashuv o’tkazdilar. Ushbu uchrashuvda Adabiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Davlatlararo kengash va uning muassasalariga raislik qiluvchi Qozog’istonning vakolat muddatini tugagani bois unga Qirg’iziston vakillari raislik qilishga kelishildi. 1997 – yil jahon durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarning 2500 yilligi muborak sanalari Parij keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. 1997 – yil 5 – fevral kuni Prezident I.A.Karimov AQSH davlat kotibini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi, ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga ega bo’lgan jahonning yetakchi davlati AQSH bilan uzoq muddatli va keng ko’lamda munosabatlarni rivojlantirish O’zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor strategik yo’nalishidir. 15 – 16 sentyabr kunlariToshkentda “O’rta Osiyo – Yadro qurolidan xoli zona” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi, ushbu masala yuzasidan O’rta Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. O’rta Osiyoning yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi. Ushbu anjumanda O’zbekiston rahbari I. A. Karimov nutq so’zladi. 1998 yil 16 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Ukraina bosh vaziri Valeriy Pustoboytenkoni qabul qildi. I. A. Karimov O’zbekiston Ukraina munosabatlari jadal rivoj topayotgani, ikki mamlakat iqtisodiy integratsiaylashuvi sur’atining tobora yuksalayotgani hamda xalqlarimiz o’rtasida do’stlik rishtalari quvonarli darajada mustahkamlanayotganidan mamnun ekanligini bildirib, Ukraina bosh vazirining tashrifi bilan qutladi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Qabul marosimida Ukrainaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi V. Smetanin ham ishtirok etdi. 26 yanvar kuni – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga G. Plexanov nomidan Rossiya Iqtisodiy Akademiyasining faxriy doktori diplomini topshrish marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda ushbu diplom I. A. Karimovga topshirildi. 18 – 20 fevral kunlari I. A. Karimov Ukrainaga amaliy tashrif buyurdi. I. A. Karimovni Ukraina Respublikasi boish vaziri Valeriy Pustoboytenko va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi. 18 fevral kuni Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma I. A. Karimovga Ukrainaning mazkur oliy nishonini tantanali ravishda topshirdi. 19 fevral kuni I. A. Karimov va Leonid Kuchma O’zbekiston Respublikasi va Ukraina o’rtasidagi “Do’stlik va har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamalakat vazirlik va idoralari o’rtasida o’ndan ziyod hukumatlararo hujjat ham qabul qilindi. I. A. Karimov 20 – fevral kuni Ukraina Verxovna Radasi – mamlakat Parlamenti A. Moroz bilan uchrashdi va shu kuni tashrif yakunida etdi va I. A. Karimov Toshkentga qaytib keldi. I. A. Karimov 24 aprel kuni Yaponiya tashqi savdo tashkiloti raisi Toru Tashimani qabul qildi. Mazkur tashrif Yaponiya hukumati va ishbilarmon doiralarining O’zbekistonga qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Suhbat chog’Ida o’zaro amaliy hamkorlik bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Qabul marosimida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi K. Obati ham qatnashdi. 21 – 22 may kunlari Vashingtonda har yili o’tkaziladigan Amerika O’zbekiston savdo palatasining konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi AQSh va O’zbekiston o’rtasidagi savdo – iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga Amerika sarmoyalarini kirib kelishini oshirishdan iboratdir. Anjumanda AQShning barcha mintaqalaridan 150 dan ortiq kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar. 22 iyun kuni I. A. Karimov AQShning “Nyumont Gold” kompaniyasi raisi, prezidenti hamda bosh ijrochi direktori Ronald Kembri rahbarligidagi kompaniya delegatsiyasini qabul qildi. Suhbat chog’ida 1992 yili O’zbekiston AQSh qo’shma korxonasi o’rtasida tashkil topgan “Zarafshon - Nyumont” qo’shma korxonasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish “Nyumont - Gold” kompaniyasi tomonidan O’zbekistonga qo’shimcha sarmoya kiritish imkoniyatlari to’g’sida kelishib olindi. 1998 yil 6 noyabr kuni Toshkentdagi “Interkantenental”mehmonxonasining Amir Temur zalida YUNESKO Ijroiy Kengashi 155 – sessiyasining yakuniy yig’ilishi bo’lib o’tdi. 155 – sessiya 19 oktyabr kuni Parijda chilgan edi. Uning asosiy mavzusi “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zarurati va qullikdan inson qadr – qimmatining tiklanishi sari” deb belgilangan edi. Sessiyada YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan YUNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma’ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag’ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi mo’ljallangan edi. Birinchi hujjat BMT uchun mo’ljallangan dunyoviy madaniyat haqida jamlanma ma’ruza, ikkinchisi – “Dunyoviy madaniyat yo’lida” deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig’ilishda qabul qilindi. Uchinchi hujjat esa O’zbekiston tomonidan taklif qilingan “Dunyoviy madaniyat va YUNESKOning a’zo mamlakatlaridagi faoliyati” deb nomlangan qaror loyihasi bo’ldi. O’zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qarorlari ro’yxatiga kiritilgan bu hujjat loyihasi 155 – sessiyaning Toshkentda o’tadigan yakuniy yig’ilishda qabul qilinishi mo’ljallangan edi. Sessiyaning yakuniy yig’ilishini YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga O’zbekiston tomonidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo’lib qolishini ta’kidladi. Shuningdek, hujjat Muhokamasini O’zbekistonda o’tkazish taklifi ko’pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi. sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov nutq so’zladi. YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig’ilishini O’zbekistonda o’tkazish taklifini bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi. “Men – deb ta’kidladi o’z so’zida Federiko Mayor – O’zbekiston xalqi boshidan kechirgan va kechirayotgan bugungi murakkab o’tish davrida fan va madaniyat, ma’naviyat ravnaiga qo’shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki siz ma’naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz”. Federiko Mayor YUNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, ta’lim va madaniyatni asos qilib olgani O’zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e’tibor qaratdi. President I. A. Karimovning “Biz kelajakning poydevorini qo’ymoqdamiz” degan so’zlarini esladi va bunga misol qilib O’zbekistonda ta’lim, fan va ma’naviyat sohasida erishilgan yutuqlarni keltirdi. O’zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim bo’g’inlardan biri bo’lishini qayd etdi. YUNESKO Bosh direktori tashkilotning Abu Ali Ibn Sino nomidagi oltin medaliga sazovor bo’lgani bilan I. A. Karimovni qutladi va oltin medalni O’zbekiston Prezidentiga topshirdi. YUNESKOning Vatanimizda o’tkazilgan nufuzli xalqaro anjumani ham shu maqsad yo’lidagi muhim qadamlardan biri bo’lib qolishi shubhasiz, Zotan, ikkinchi jahon urushi olobining tafti hali bosilmagan olis 1945 yilning 16 noyabrida tuzilgan YUNESKO tashkiloti o’shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo’lida samarali ishlarni amalgam oshirib kelmoqda. Bu yo’lda YUNESKOning asosiy quroli ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql – zakovati erishgan yutuqlarni dunyo bo’ylab yoyishdan iborat bo’ldi. Tabiiyki, ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bo’lgan YUNESKO sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Prezident I. A. Karimov kitoblarini o’qib, uni shu mahalgacha faqat nazariyotchi sifatida bilganlarini, endi O’zbekiston bilan tanishib, bu erda o’tkazilayotgan islohotlar va ularning ilk natijalaridan baxabar bo’lib, O’zbekiston Prezidenti faqat amaliyotchi ham ekanligini e’tirof qiladilar. Sessiya ishtirokchilaridan biri “O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta’kidlayman”, dedi. Barcha ma’ruzalarda O’zbekiston qadimiy madaniyat beshiklaridan birigina emas, ayni chog’da xalqlarning tinch – totuv yashashi, ma’naviy merosga munosabat nuqtai nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko’piga o’rnak bo’larli jamiyat ham ekani qayd etildi. 17 – 18 dekabr kunlari O’zbekistonga mehmon bo’lib turgan Moldaviya Prezidentini I. A. Karimov Oqsaroy qarorgohida qabul qildi. Petru Luchinskini Mustaqillikni qo’lga kiritgandan beri birinchi tashrifi edi. Amaliy tashrif chog’ida O’zbekiston bilan Moldaviya o’rtasidagi siyosiy – iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish va kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. 1999 yilda ham O’zbekiston xalqaro munosabatlarda muhim o’rin egalladi. U rivojlangan mamlakatlar bilan tengma – teng hamkorlik qilmoqda. I. A. Karimov mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida ko’plab mamlakatlarda amaliy tashrif buyurdi. 1999 yil 8 mart kuni Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard Shevardnadze amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. 9 mart kuni Do’rmon qarorgohida ikki mamlakat davlat rahbarlarining yakkama – yakka uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish iqtisodiy hamkorlik ko’lamlarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. O’zbekiston Respublikasi va Gruziya Prezidentlarining yakkama – yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda qarorgohning majlislar zalida ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Savdo iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish transport kommunikatsiyasi sohasidagi hamda ikki mamalakat tadbirkorlari o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo’ldi. Ikki mamlakat o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib borayotgani singari bugungi kunda har tomonlamao’zaro ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategic ahamiyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta’kidlandi. Mehmonlar O’zbekiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd etishdi. Ikki mamlakat o’rtasida gi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan amaliy takliflar ham ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi. Muzokaralar nihoyasiga etgach, amaliy uchrashuvga oid Bitim imzolandi hujjatga I. A. Karimov va Eduard Shevardnadze imzo chekdi. Shundan so’ng Prezidentlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo’ldi. Matbuot anjumanida ikki mamlakatning Traseka dasturi doirasidagi ishtirok xususidagi savolga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari Transkavkaz koridori O’zbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta’bir joiz bo’lsa, strategic ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta’kidladi. Buyuk Ipak yo’lini tiklash, Traseka doirasida bugun amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat savdo – iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb etadi, dedi I. A. Karimov. Birgina 1998 yili Gruziyaning Poti porti orqali qariyb 725 ming tonna yukning mamlakatimizga tashib keltirilganining o’zidayoq uning beqiyos ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi. 1999 yil 2 aprel kuni I. A. Karimov Rossiyaning Kreml shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar Kengashining majlisida ishtirok etdi. unda hamdo’stlik va xalqaro doiradagi dolzarb muammolar muloqotlarning asosiy mabzui bo’ldi, so’hgra rahbarlari va ularga hamkorlik qilayotgan rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirokida yalpi majlis bo’lib o’tdi. Yalpi majlisda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Federatsiya kengashidagi vakili bo’lib ishlab kelgan Yuriy Yarov MDH ijrochi kotibi etib tayinlandi. Majlis nihoyasida turli xil hujjatlar imzolandi. Jumladan, MDHga, a’zo davlatlarning jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish konsepsiyasi va boshqa hujjatlar imzolandi. 2 aprel kuni kengash tugagandan so’ng I. A. Karimov Toshkentga qaytib keldi. O’zbekiston Respublikasi rahbari I. A. Karimov 5 may kuni Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kamol Xarroziyni Oqsaroy qarorgohida qabul qildi. Kamol Xarroziy O’zbekistonga tashrifidan ko’zlangan maqsad – ikki davlat o’rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini o’rganish ekanini maa’lum qildi. Suhbat chog’ida O’zbekiston bilan Eron o’rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. I. A. Karimov 1999 yil 11 iyun kuni Oqsaroy qarorgohida Fransiya iqtisodiyot, moliya va sanoat vazirligining Davlat maslahatchisi Kristman Perreni qabul qildi. Uchrashuvda k. Perre I. A. Karimovga Fransiya Prezidenti Jak – Shirakning maktubini topshirdi. U Fransiyada O”zbekiston bilan munosabatlarni chuqurlashtirish masalasiga katta ahamiyat berilayotganini aytdi. Qabul marosimida Fransiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Jan – Klod Rishar ham ishtirok etdi. 2000 yil ham O’zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bordi. 18 aprel kuni I. A. Karimov Oqsaroy qarorgohida amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan AQSh davlat kotibi Madlen Olbraytxonimni qabul qildi. Madlen Olbraytxonim O’zbekistonga tashrifi qiziqarli va samarali kechganligidan mamnuniyat izxor etdi. Mehmon Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvga qadar Samarqand va Buxoro shaharlarini ziyorat qilib kelgan edi. Uchrashuvda ana shu safar taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Muloqot chog’ida tomonlar O’zbekiston – AQSh munosabatlari, ikki mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi aloqalarini yanada rivojlantirish, xalqaro hamda mintaqaviy xavfsizlikka oid masalalaar yuzasidan o’zaro fikr almashildi. 5 iuyl kuni O’zbekiston respublikasi Prezidenti I. A. Karimov “Shanxay beshligi” tashkilotining Dushnbe shahrida bo’lib o’tgan sammitida ishtirok etdi. mazkur anjumanda O’zbekiston tomoni kuzatuvchi maqomida qatnashdi. O’zaro chegaradosh besh mamlakat – Rossiya, Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston va Tojikiston a’zo bo’lgan “Shanxay beshligi”ga 1996 yilda asos solingan. Ushbu tashkilotga 1996 yil Xitoyning Shanxay shahrida asos solingan. Tojikiston hukumati qarorgohida Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston Przidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo’lib o’tgandan so’hg ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalari kengaytirilgan tarkibida muzokaralar o’tkazdi. Muzokaralarda asosiy e’tibor mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, xalqaro terrorchilik, diniy va siyosiy ekstremizm, ayirmachi, shuningdek, narkotik moddalar va qurol yarog’ kontrabandasiga qarshi hamkorlikda o’ra shish bilan bog’liq masalalarga qaratildi. “Shanxay beshligi”- “Shanxay Forumi” deb ataladigan bo’ldi. Sammit doirasidagi tadbirlar nihoyasiga etgach, kunning 2 – yarmida I. A. Karimov Xitoy rahbari Szyan Szemin bilan uchrashdi. Suxbat chog’ida ikki mamlakatning hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga oid va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi. Sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining XX asrdagi eng so’nggi, “Ming yillik” sammiti deb nom olgan sessiyada O’zbekiston rahbari I. A. Karimov ham ishtirok etdi. 2001 yilda O’zbekistonning eng katta yutuqlaridan biri 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining faxriy professori unvoni berilganligi bo’ldi. 15 yanvarda Oqsaroy qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashudaMoskva Davlat Universteti rektori Viktor Sadovnichiy davlatimiz rahbariga faxriy professor unvoni diplomini tantanali ravishda topshirdi. 18 may kuni I. A. Karimov Oqsaroyda AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo’mondonligi bosh qo’mondoni Tommi franskni qabul qildi. Suhbat chog’ida harbiy sohadagi ikki tomolama hamkorlikni rivojlantirish shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat bilan bog’liq masalalar yuzasidan o’zaro fikr almashildi. 2 avgust kuni I. A. Karimov MDH Sochi sammitida ishtirok etdi. sammit doirasida prezidentlarning ikki tomolama uchrashuvlarini o’tkazish rejalashtirilgan edi. I. A. Karimov sammitning ikkinchi kuni Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma bilan uchrashdi. Muloqotlar chog’ida asosiy e’tibor mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo - iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalarga qaratildi. Noyabr oyida MDHning yubiley sammiti bo’ldi. Unda Prezidentimiz I. A. Karimov ham ishtirok etdi. 2001 yilning dekabr oyida MDH tashkil topganiga 10 yil to’ldi. Prezidentlar o’tgan ana shu vaqtda hamdo’stlik doirasida amalgam oshirilgan ishlarni sarhisob qilishdi. Majlisda Afg’onistondagi vaziyat va mazkur mamlakat xalqiga insonparvarlik yordami ko’rsatish hamda xabfsizlikka oid masalalar ko’rildi. Davlatlar rahbarlari mDH tuzilganining o’n yilligi munosabati hamda Afg’onistondagi vaziyatga doir bayonotlarga imzo chkdi. O’zbekiston Respublikasi rahbari I. A. Karimov 10 – 12 dekabr kunlari amaliy tashrif bilan Avstriyada bo’ldi. I. A. Karimov 12 dekabr kuni “Ana Grand” mehmonxonasida Avstriya moliya vaziri k. Grasser bilan uchrashdi. Suhbat chog’ida moliya sohasidagi o’zaro hamkorlik, Avstriyaning yirik banklari sarmoyalarini P’zbekistonga jalb etish borasidagi masalalar muhokama qilindi. I. A. Karimov Avstriya Federal iqtisodiy palatasiga ham tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari palataning faxriy mehmonlar uchun mo’ljallangan oltin kitobiga o’z dastxatini yozib qoldirdi. Undan keyin Avstriya ishbilarmonlar doirasining vakillari bilan uchrashdi. Shu bilan I. A. Karimovning Avstriyaga amaliy tashrifi nihoyasiga etdi. 2002 yil 11 – 14 mart kunlari I. A. Karimov amaliy tashrif bilan AQShda bo’ldi. 12 – mart kuni I. A. Karimov AQSh davlat kotibi Kolin Pauel, Prezident Jorj Bush va boshqa rasmiy kishilar bilan uchrashdi. AQSh Prezidenti Jorj Bush bilan uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasida strategik hamkorlikni kengaytirish, aksilterror operatsiyasi doirasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlash, shuningdek Markaziy Osiyodagi vaziyat, xavfsizlik mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Shu kuni qishloq xo’jalik vaziri Enn Veneman va boshqa rasmiy kishilar bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida tomonlar o’rtasida qator hujjatlar imzolandi. O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh davlat kotibi Kolin Pauel O’zbekiston bilan AQSh o’rtasida strategic sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risidagi deklaratsiya ilmiy – texnikaviy sohadagi hamkorlikni kengaytirish to’g’risidagi bitimlarga imzo chekdi. 13 mart kuni I. A. Karimov “Bleyr Xaus” qarorgohida AQshning etakchi gazeta va jurnallari muharrirlari bilan uchrashdi. Jahon banki rahbari Jeyms Vulfenson va vakillar palatasi, senat vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda qiziqarli masalalar yuzasidan fikr almashildi. 15 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov Oqsaroyda Yaponiya tashqi ishlar vazirining katta o’rinbosari Seyken Sushura rahbarligidagi “Ipak yo’li” energetic missiyasi vakillari delegatsiyasini qabul qildi. Umuman O’zbekistonning Yaponiya bilan munosabatlari har sohada rivojlanmoqda. Oqsaroydagi uchrashuv chog’ida O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o’zaro aloqalar ko’lamini yanada kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Shu kuni Toshkentda “O’zbekkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Xitoyning “Sitik” kompaniyasi vakillari o’rtasida Qo’ng’irot soda zavodini qurilishini tugallash loyixasi bo’yicha o’zaro shatnoma imzolandi. Umumiy qiymati 32.3 million AQSh dollari ni tashkil etuvchi mazkur loyixaning asosiy qismi Xitoy sanoat – tijorat banki, qolgan qismi “O’zsanoatqurilishbanki” tomonidan moliyalashtiriladi. Rejaga ko’ra, qurilish 2002 yilda boshlanib 2004 yili nihoyasiga etkazilishi ko’zga tutilgan. 2003 yil 27 – 29 yanvar kunlari I. A. Karimov amaliy tashrif bilan Ispaniya qurolligida bo’ldi. Yurtboshimiz g’oyatda samarali kechgan tashrifi avvalida Ispaniya senatida mamlakat parlamentining etakchi vakillari bilan uchrashdi. Prezidentimizga senat va Deputatlar kongressining medali taqdim etildi. Madrid meriyasiga tashrif chog’ida I. A. Karimovga Madrid shahrining ramziy oltin kaliti topshirildi. Mer bilan bo’lib o’tgan suhbatda Madrid bilan Toshkent va Samarqand shaharalari o’rtasida bevosita hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashildi. I. A. Karimov hamda Ispaniya hukumati raisi Xose Mariya Asnar rahbarligida ikki mamlakat delegatsiyalarining “Monkloa” saroyida o’tgan uchrashuvda O’zbekiston va Ispaniya o’rtasida siyosiy, iqtisodiy madaniy va ma’rifiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi. Muzokara yakunida O’zbekiston bilan Ispaniya o’rtasida Memorandumlar imzolandi. Shuningdek I. A. Karimovjahon sayyohlik tashkiloti, bosh kotibi Franchesko Franji bilan uchrashdi. Bu uchrashuv chog’ida O’zbekiston sayyohlikni rivojlantirish va bu borada jahon sayyhlik tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. I. A. Karimovning Ispaniyaga tashrifi mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo’lida muhim qadam bo’ldi. 10 aprel kuni Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma amaliy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. L. Kuchmaning I. A. Karimov bilan “Do’rmon” qarorgohida yakkama – yakka suhbati bo’lib o’tdi. Presidentlar O’zbekiston – Ukraina munosabatlariga doir masalalar, halqaro miqiyosidagi muammolar yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar chog’ida xalqaro terrorchilik va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi. O’zbekiston – Ukraina hamkorligida transport kommunikatsiyalari alohida o’rin tutadi. I. A. Karimovning Leonid Kuchma bilan bu galgi uchrashuvi an’anaviy do’stlik, o’zaro manfaatdorlik, ishonch hurmat va tenglik asosida ravnaq topib borayotgan aloqalarimizga yangi sur’at baxsh etishiga ishonch bildirildi. 2003 yil 28 – 31 may kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov Rossiya Federatsiyasida bo’lib, Shanxay hamkorlik Tashkilotining Moskva Mustaqil davlatlar Hamdo’stligining Sankt – Peterburg Sammitlarida hamda Sankt – Peterburg shahrining 300 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanalarda ishtirok etdi. 29 maykuni bo’lgan Moskva uchrashuvining umumiy natijasi “Shanxay” hamkorlik tashkilotini xalqaro tashkilot sifatida shakllantirish jarayoni nihoyasiga etdi. prezidentlar Tashkilot organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni, emblema va bayrog’ini tasdiqladi. Tashkilot organlari faoliyatiga doir moliyaviy masalalarga aniqlik kiritildi. I. A. Karimov Moskvaga jo’nab ketish oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida, O’zbekistonning “Shanxay hamkorlik tashkiloti”ga a’zolikdan ko’zlagan maqsadlari, manfaatlari, ushbu tashkilot taqdiriga munosabatini atroflicha sharhlagan edi. Mamlakatimiz manfaatlari xavfsizlik, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar, transport kommunikatsiyalari masalalarida aks etadi. Bu xususda “Shanxay hamkorlik tashkiloti”ning qarashlari farq qilmaydi, lekin I. A. Karimovning fikricha, “Shanxay hamkorlik tashkiloti”ning rivojlanishi uchun faqat shu masalalarga e’tibor qaratish bilan cheklanib bo’lmaydi. Tashkilotni turli siyosiy o’yinlardan boshqa davlatlarga qarshi qaratishga urinishlardan har xil guruhbozliklardan saqlash kerak. Hamkorlik ochiqlik va tenglik tamoyillari, a’zo mamlakatlar va ularda yashovchi xalqlar manfaati asosida qurilishi kerak. Aks holda, kelishmovchiliklar yuzaga kelib, faqat sammitlarda balandparvoz gaplar aytiladigan, aksariyati qog’ozda qolib ketadigan hujjatlar imzolanadigan tashkilotiga aylanib qolishi mumkin. Prezidentimiz Toshkentga qaytish chog’ida jurnalistlarga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Moskva sammiti natijalari O’zbekistonning maqsad va manfaatlari doirasidan chetga chiqmadi. A. Karimov ushbu sammitda ishtirok etish bilan birga nutq ham so’zladi. O’zbekistonning keyingi xalqaro munosabatlari bundanda yaxshiroq davom etaversin. I. A. Karimov 31 may kuni Moskbadan Toshkentga qaytib keldi. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling