Mundarija Kirish I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari


Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asoslari


Download 285.5 Kb.
bet3/9
Sana13.05.2023
Hajmi285.5 Kb.
#1456218
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20 asr oxiri 21 asr boshlarida MDH davlatlari

Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asoslari: Tadqiqotda o’rganilayotgan muammoni to’g’ri talqin etishda ilmiy bilishning xolislik, haqqoniylik tamoyillariga amal qilindi. Turli manba va ma’lumotlarni tahlil qilishda ularga qiyosiy va tanqidiy nuqtai nazardan yondashildi. Davr xususiyatlarini nazarda tutgan holda voqealar tarixiylik, tadrijiylik, sivilisatsion yondashuv usullari asosida umumlashtirildi va tahlil etildi.
Tadqiqotning nazariy – uslubiy asosini ishlab chiqishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida ilgari surilgan ilmiy – nazariy ko’rsatmalari, tarixiy shaxslar va qadimiy shaharlarning yubiley tantanalarida so’zlagan nutqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ilgari surilgan muhim vazifalar haqidagi ko’rsatmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: Ushbu bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi avvalo shundan iboratki, XX asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro hamkorlik va diplomatiya tarixi tarixiy aspekiy asosida ilk bor bitiruv malakaviy ish sifatida tadqiq qilinmoqda. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “... O’zbekiston bugungi xalqaro hamjamiyatining va global moliyaviy iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”1 .
Biz ilmiy iste’molga ilk bor olib kirilayotgan faktik materiallar, turli tarixiy adabiyotlarga tayangan holda XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro hamkorlik va diplomatiya tarixiga yangicha yondashuvlar va qarashlar asosida ko’rsatib berildi:

  • mavzuga oid dastlabki tarixiy manbalar va adabiyotlar hamda ular ilmiy tahlil qilindi;

  • Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi sabablari yoritib berildi;

  • O’zbekistonning xalqaro siyosatdagi bosh tamoyillari tahlil qilindi;

  • Xalqaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishida O’zbekistoning tutgan yo’li ilmiy tahlil qilindi va yoritib berildi;

  • Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni ko’rsatib berildi.


Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling