Mundarija: kirish. I bob. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatlari
Download 285.7 Kb.
|
I bob
Qo‘sh undoshlilik –bu fonetik hodisa so‘zlarning o‘rtasida ikkita bir xil undosh tovushlarning qo‘shaloq holda kelishi.4 Masalan, go‘ja –[goččї].
Sinkopa –urg‘usiz bo‘g‘inlarda bir unlining tushib qolish hodisasi. Masalan, Fotima –[patma], Saodat –[sa:dat], biroq –[braq]. Undoshlarning talaffuzda tushib qolishi yoki jarangsizlashishi ham mazkur shevaning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. B undoshi so‘zning oxirida p tarzida talaffuz qilinadi: maktab –[maktap], kelib –[kelip]. So‘z o‘rtasida esa ba’zan y tarzida talaffuz qilinadi: tabib- [tajip] D undoshi so‘zning oxirida t talaffuz qilinadi yoki tushirib qoldiriladi: Ahmad –[ahmat], baland –[balan]. J undoshi so‘z o‘rtasida y tovushiga o‘tish holatlari mavjud: majlis –[maylis], ajralsin –[ayrilsin]. J undoshi bilan bog‘liq yana bir xarakterli jihati bor. Faqat bir so‘zda kuzatdik: jo‘ja so‘zining jo‘jay tarzida talaffuz qilinishi. K undoshi mazkur shevadagi so‘zlarda so‘z oxirida kelganda y tarzida talaffuz qilinadi: ko‘ylak-[koylay], ertak –[ertay], kerak –[kerey], chelak –[calay]. L undoshining so‘z o‘rtasida yoki oxirida tushib qolishi: qilgan –[qigan], kelgan –[kegan]. P undoshi ba’zan so‘z boshida, so‘z o‘rtasida va so‘z oxirida jaranglashib, b undoshiga aylanib keladi. Pichon –[bicon], R undoshi so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida l undoshiga aylanishi yoki tushib qolishi: ular –[ula], bizlar –[biza], zarur –[zaril], qimirlab –[qimillap], terlab –[tellap]. S undoshining ch undoshiga o‘zgarishi: soch –[choch], sochiq –[chochig‘]. T undoshining so‘z oxirida tushib qolishi: Toshkent –[Toshkan], pisht –[pish], kisht –[kish]. F undoshining jarangsizlashib, p tarzida talaffuz qilinishi: farosat –[parasat], Farhod –[parhot], Furqat –[purqat], Farruh –[paruh], Farid –[parit]. Ch undoshining sh undoshiga o‘zgarishi: ichdik –[ishtiy]. Q undoshining so‘z oxirida g‘ undoshiga o‘zgarishi: tirnoq –[tirnag’], o‘choq –[ochag’], qatiq –[qatig’], baliq –[balig’]. Tadqiqotimizda Zarkent shevasiga oid ayrim so‘zlarning fonetik tavsifini keltirdik. Quyida qarindosh-urug‘chilikka oid so‘zlarning ayrimlariga tavsif beramiz. Kennoyi – aka, tog‘a va amakining turmush o‘rtog‘iga murojaat so‘zi sifatida foydalaniladi. Ushbu so‘z fonetik o‘zgarishga uchragan. (adabiy tilda, kelinoyi tarzida qo‘llaniladi). So‘z o‘zagi, unga qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin, so‘z o‘zagida fonetik o‘zgarish bo‘lgan: kelin oyi > kelinoyi > kennoyi. Tog‘o – onaning akasi yoki ukasi. Ushbu so‘z fonetik o‘zgarishga uchragan. (adabiy tilda, tog‘a tarzida qo‘llaniladi). Bulardan bilinib turibdiki, sheva so‘zlari fonetik va leksik o‘zgarishlarga uchrab, fonetik shakli o‘zgarib, lug‘aviy ma’nosi bo‘lgan dialektal ma’nosida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi tabiiy holdir. O‘g‘il bola –[ul// o‘g‘il bala] Qiz bola –[qiz bala] Bola –[bala] Nabira –[nevara] Download 285.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling