Mundarija: kirish. I bob. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatlari


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 285.7 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2023
Hajmi285.7 Kb.
#1145479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I bob

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilining Parkent shevasi XX asrning 50-yillaridagi texnika va transport juda kam bo‘lgan bir paytda Sh. Abzalov tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsa-da, Parkent tumaniga qarashli qishloqlarning shevalariga, xususan, Zarkent qishloq shevasi materiallariga kam e’tibor berilgan. Asosiy e’tibor Parkent tumani markazi (ayni vaqtda Parkent shahri)ga qaratilgan. Bu esa o‘z-o‘zidan tog‘ tomon qishloqlarning shevalariga, xususan, Zarkent qishlog‘i shevasiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan e’tibor berish lozimligini anglatib turibdi.
Shu o‘rinda Sh. Afzalovning ilmiy tadqiqot ishlaridan bir nechtasini namuna sifatida ko‘rsatish o‘rinli: Afzalov Sh. O‘zbek tilining Parkent shevasi. KD. -Toshkent, 1952. ; Afzalov Sh. Parkentskiy govor uzbekskogo yazыka. AKD. -Tashkent, 1953.s.16. ; Afzalov Sh. A. O‘zbek tilining Parkent shevasi // O‘zbek dialektologiyasidan materiallar.-Toshkent, 1957.
Zarkent qishloq shevasi to‘g‘risida esa hozirga qadar tadqiqotlar olib borilmagan. Ishda ushbu masalaga urg‘u beriladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik, leksik, morfologik xususiyatlariga e’tibor berib lingvokulturologik xususiyatlarning ifodalanishini tahlil qilishdan iborat.
Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik xususiyatlariga aniqlik kiritish;
- Ushbu shevadagi so‘zlarda lingvokulturologik xususiyatlarning ifodalanishi;
- Zarkent qishloq shevasining leksik xususiyatlarini o‘rganish;
- mazkur shevadagi ayrim so‘zlarning izohini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan o‘rganish va hokazo.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti qilib Zarkent qishlog‘I aholisining nutqi olindi.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda tilshunoslikda sinalgan metodlardan unumli foydalaniladi. Shuningdek, ishda mavzu o‘zbek dialektologiyasida qo‘llanilayotgan analiz, sintez, tavsifiy, qiyosiy-tarixiy metodlardan foydalaniladi.

Download 285.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling