Mundarija: kirish. I bob. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatlari
Download 285.7 Kb.
|
I bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assimilyatsiya
- Dissimilyatsiya
Singarmonizm lotincha unlilaming uyg‘unlashuvi demakdir. Taniqli tilshunos I.A.Bogoroditskiyning fikriga ko‘ra, singarmonizm unlilar uyg'unligi, lekin qisman undoshlarga ham taalluqlidir. Singarmonizm qonuni ikki sifat ko'rinishiga ega:
Lingval yoki palatal (tanglay) singarmonizmi. Bu qonuniyatga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator unlilar qatnashgan bo‘lsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator unlilar ishtirok etadi, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida orqa qator unlilar ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham orqa qator unlilar qatnashadi. Masalan; aka-[äkä], ada-[ädä], bu yoqqa –[bїjaqqa], hayvon –[xajvan] Labial singarmonizm. Bu qonuniyat aksariyat turkiy tillarda amal qiladi, ayniqsa, qirg‘iz tilining «temir qonuni» hisoblanadi. U o‘zbek tili va uning shevalarida qisman amal qiladi. Bu qonuniyatga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator lablangan unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator lablangan unli qatnashadi, aksincha, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida lablangan orqa qator unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham orqa qator lablangan unli qatnashadi.2 Masalan: uzum-[uzum]. Apakopa –so‘z oxirida keluvchi undosh tovushlarning tushib qolishi hodisasi.3 Bu fonetik hodisa Zarkent shevasida uchraydi. Asosan ikki va undan ortiq bo‘g‘inli so‘zlar tarkibidagi oxirgi undoshning tushib qolishi hisoblangan anakopa hodisasi, Zarkent shevasida bir bo‘g‘inli so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, kel-[ke], to‘rt –[tor], musht –[muš], go‘sht –[goš]. Assimilyatsiya –undosh tovushlarning yon tovush ta’sirida o‘zgarishi, jarangli va jarangsiz bo‘lish, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan fonetik hodisa. Bu hodisa ikkiga bo‘linadi. Progressiv assimilyatsiyada oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga singdirsa, regressiv assimilyatsiyada keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi. Masalan, ketdi-[kettї], suvni-[süvvї], chelakni-[ čäläjjї]. Dissimilyatsiya –so‘z tarkibidaga undoshlaming boshqa tovush ta'sirisiz tovush variantiga ega bo'lishi hodisasi. Masalan, zarur – [zarїl], uchta –[ušta], tugma-[tüjmä]. Spirantizatsiya –nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg‘aluvchi variantiga ega bo‘lishi hodisasi. Masalan, olib yuboring-[āvarїη], yubor –[juvar]. Download 285.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling