Mundarija: kirish. I bob. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatlari


Download 285.7 Kb.
bet6/8
Sana31.01.2023
Hajmi285.7 Kb.
#1145479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I bob

Uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi
chelak – [calay]
supurgi –[sipirgi]
qozon – [qazon]
narvon –[narvan]
tovoq – [tavag’]
piyola –[pela]
cho‘mich –[camic]
kapgir –[kapkir]
elak –[elay]
tog‘ora –[tog‘ara]
xokondoz –[xokandas]
Mazkur sheva o‘zining murakkab tovush tizimi hamda leksik, morfologik xususiyatlari bilan boshqa shevalardan ajralib turishini ko‘rish mumkin.

    1. Zarkent shevasidagi so‘zlarning leksik xususiyatlari. O‘zbek tili shevalari leksikasi xususida fikr yuritganimizda, uni bir necha ma’nolarda tushunishimiz mumkinligini alohida qayd etish lozim. O‘zbek shevalarining leksik tarkibi tarixan shakllanib kelmoqda. Xususan, Zarkent shevasi leksikasini o‘rganish jarayonida Zarkent qishlog‘ida yashovchi aholi tarkibiga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki Zarkent qishlog‘ida o‘zbeklar bilan tojiklar yonma-yon yashaydi. Zarkent shevasiga tojik tili sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan. Zarkent shevasi leksikasini bir necha tarkibda tavsiflashga urindik.

Qarindosh urug‘chilikka oid so‘zlar
Oyi-
Ada-
Apa-
Apcha-
Opoqi-
Doda-
Qayni
Meva-sabzavot leksikasi
Olma
Olboli
Olcha
Gilos
Mayskiy
Maymunjon

Diаlektоlоgiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, gaplashmoq, so‘zlashmoq ma’nosini anglatib, shevalar, dialektlar va lаhjаlar to‘g‘risidagi bilim degan ma’noni bildiradi. O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini, uning shakllanish va tarqalish chegaralarini hamda shevalarning faoliyatda bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma’naviy qadriyat hisoblanadi. [1, 5]
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining birinchi pzedinti I. A. Karimovning: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”, – degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir.” [3, 123]
Zarkent shevasi o‘zbek tilining qarluq lahjasi tarkibiga kiruvchi sheva hisoblanadi. Ushbu shevaning shakllanishida turkiy bo‘lmagan tojik tilining ishtiroki katta. Substrat ta’siri natijasida ushbu shevada singarmonizmning zaiflashuvini ko‘rishimiz mumkin. Tipik turkiy vokalizmda yuz bergan o‘zgarishlar asta-sekin singarmonizmning zaiflashuviga, turkiy tillarning fonologiya sistemasiga xos bo‘lmagan tovushlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Konvergensiya (orqa va oldingi qator unli tovushlarning birlashishi) o‘zgarishlari singarmonizmli shevalarga xos bo‘lgan oldingi qator hamda orqa qator juft unlilarning vazifasi jihatidan birlashishlariga olib keldi [1,19-29]. Zarkent shevasining unlilar sistemasi tojik tilining unlilar sistemasiga yaqinlashdi, omonim so‘zlarning soni ortdi.
Prof. Y. D. Polivanov asrimiz birinchi choragidayoq o‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida o’zining ilmiy ishlarida ma’lumot bergan edi. Bu olim (Prof. V. V. Reshetov) o‘zbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi. Qadimda turkiy urug‘ va qabilalar miqdori anchagina ko‘p bo‘lgan.
Professor Y. D. Polivanov o‘zbek shevalarining birinchi ilmiy tasnifini yaratgan olimlardan biri. Keyingi davr dialektologlari Y.D.Polivanov o‘zbek shevalarini tasnif qilishda 2 tamoyilni
- birinchisi-metisasiya (qardosh tillar chatishuvi );
- ikkinchisi - gibridizasiya (qardosh bo‘lmagan tillarning aralashuvi)ni hisobga olgan holda tasnif qilgan degan fikrni ilgari suradilar. Bu e’tibordan chetda qoladigan fikr emas, lekin Y. D. Plivanov tasnifini metisasiya va gibradizsiya bilan bog‘lab qo‘yish ham mumkin emas, balki Y. D. Polivanov turkiy tillar, o‘zbek tili va uning eroniy tillar bilan munosabati kabi holatlarni hisobga olgan [6, 37-38; 2,114].
O‘zbek va tojik tillarining uzoq davom etgan hamkorligi o‘zbek tilining leksikasida ham sezilib turadi. Tojik tilidan kirgan juda ko‘p so‘zlar o‘zbek tili leksik qatlamining ajralmas bir qismini tashkil qiladi.
Maqolamizda Zarkent shevasiga oid ayrim so‘zlarning leksik, fonetik, morfologik xususiyatlarini izohlashga harakat qildik. Quyida qarindosh-urug‘chilikka oid so‘zlardanning leksik xususiyatlariga izoh berib o‘tamiz:
Apa – bu so‘z leksik o‘zgarishga uchragan so‘z hisoblanadi. Shevada bu so‘zdan ona ma’nosida foydalaniladi. So‘z o‘zagi, unga qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin, ammo so‘z o‘zagida fonetik o‘zgarish bo‘lmaydi.
Ada – bu so‘z ham leksik маъноси o‘zgarishga uchragan so‘z sanaladi. Shevada bu so‘zdan ota ma’nosida foydalaniladi. Ba’zi xonadonlarda otaning akasi ya’ni amakiga nisbatan murojaat so‘zi sifatida ham qo‘llaniladi. So‘z o‘zagi, unga qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin, ammo so‘z o‘zagida fonetik o‘zgarish bo‘lmagan, lekin so‘zning ma’nosi bo‘lgan dialektal ma’noda qo‘shimcha ma’no nozikligi yuklangan.
Doda – leksik o‘zgarishga uchragan, otaning yoki onaning otasiga murojaat qilishda ishlatiladi. Ba’zi xonadonlarda otaning akasi ya’ni amakiga nisbatan murojaat so‘zi sifatida ham qo‘llaniladi. So‘z o‘zagi, unga qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin, ammo so‘z o‘zagida fonetik o‘zgarish bo‘lmaydi. Uning dialektal ma’nosi ota ma’nosi bo‘lsa-da, qisman bo‘lsa-da murojaatlilik holati uning dialektal ma’nosini umumiylik holatiga keltirgan.

Apcha – oilada boshqa farzandlardan katta bo‘lgan qiz farzandga murojaat so‘zi sifatida qo‘llaniladi. Ushbu so‘zning yana bir varianti sifatida apacha so‘zini ham keltirish mumkin.


Opoqi – otaning o‘zidan katta bo‘lgan akasining turmush o‘rtog‘iga nisbatan ishlatiladi. So‘z o‘zagi, unga qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin, so‘z yasovchi qo‘shilsa so‘z o‘zagida fonetik o‘zgarish bo‘lgan: oppoq oyi > oppoqi > opoqi.
Kennoyi – aka, tog‘a va amakining turmush o‘rtog‘iga murojaat so‘zi sifatida foydalaniladi. Ushbu so‘z fonetik o‘zgarishga uchragan. (adabiy tilda, kelinoyi tarzida qo‘llaniladi). So‘z o‘zagi, unga qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin, so‘z o‘zagida fonetik o‘zgarish bo‘lgan: kelin oyi > kelinoyi > kennoyi.
Tog‘o – onaning akasi yoki ukasi. Ushbu so‘z fonetik o‘zgarishga uchragan. (adabiy tilda, tog‘a tarzida qo‘llaniladi). Bulardan bilinib turibdiki, sheva so‘zlari fonetik va leksik o‘zgarishlarga uchrab, fonetik shakli o‘zgarib, lug‘aviy ma’nosi bo‘lgan dialektal ma’nosida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi tabiiy holdir.

Ul// O‘g‘il bala –o‘g‘il bola


Qiz bala –qiz bola
Bala –bola

Download 285.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling