Mundarija: kirish. I bob. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatlari
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 285.7 Kb.
|
I bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning tuzilish tartibi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishda keyingi davrda tadqiqoti deyarli olib borilmagan shevaning xususiyatlariga e’tibor bergan holda lingvokulturologik tadqiqi jonlantiriladi va ilk bor sheva vakillaridan yozib olingan materiallar tahlilga tortiladi. Unda quyidagi yangiliklar o‘z ifodasini topadi:
Mazkur shevaning fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari o‘rganiladi; Mazkur shevaning lingvokulturologik xususiyatlari aniqlanadi; o‘zbek dialektologiyasi mazmuni Zarkent shevasida yozilgan asarlar mavzusi bilan to‘ldiriladi. Ishning tuzilish tartibi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, har bir bob bo‘yicha xulosa, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, shuningdek, sheva materiallari havola qilingan ilovalarni o‘z ichiga oladi. I BOB. ZARKENT SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING FONETIK VA LEKSIK XUSUSIYATLARI Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik xususiyatlari. O‘zbek tilining shevalari fonetik qurilish jihatdan ham asta-sekin rivoj topmoqda, umummilliy adabiy tilga yaqinlashmoqda. Bu masala shevadagi tovushlarning funksional tomonlarini o‘rganishi, ularni adabiy til, o‘zbek tili tarixi faktlari bilan bo‘lgan aloqasini aniqlash natijasida yana ham ravshanlashadi. Shu jihatdan, o’zbek tili va uning shevalaridagi fonemalarning fiziologik va akustik tomonlarinigina emas, shu bilan birga uning fonologik va sotsial tomonlarini ma’nolarini aniqlashdagi funksional aloqalariga ham ahamiyat berish g‘oyat zarur masala hisoblanadi.1 Zarkent shevasi o‘zbek tilining qarluq lahjasi tarkibiga kiruvchi sheva hisoblanadi. Ushbu shevaning shakllanishida turkiy bo‘lmagan tojik tilining ishtiroki katta. O‘zbek shevalarining murakkab tarkibga egaligi, avvalo, ularning fonetik jihatdan rang-barangligi tufaylidir. O‘zbek shevalari unli va undoshlar miqdori va sifati, fonetik qonuniyatlar, fonetik jarayonlaming o‘ziga xosligi jihatidan o‘zaro farqlanadi va ular bir-biri bilan o‘xshashliklarga ham ega bo‘ladi. O‘zbek shevalaridan biri hisoblangan Zarkent shevasi ayrim xususiyatlari jihatidan Toshkent shevasiga yaqin turadi. Zarkent shevasining fonetik xususiyatlari o‘rganilganda, unda qarluq lahjasi shevalariga xos bo‘lgan “o”lashish emas, balki “a”lashish kuchli ekanligi yaqqol seziladi. Unli tovushlar to‘qqiztani tashkil etadi. Mazkur shevada quyidagi unlilar mavjud: a – til оrqа, quyi-keng, lаblаnmаgаn. ä – til оldi, quyi-keng, lаblаnmаgаn. ā – til оrqа, quyi-keng, qismаn lаblаngаn. е – til оldi, o‘rtа-keng, lаblаnmаgаn. i – til оldi, yuqоri-tоr, lаblаnmаgаn. ї – til оrqа, yuqоri-tоr, lаblаnmаgаn. ü– til оldi, yuqоri-tоr, lаblаngаn. o– til оrqа, o‘rta-keng, lаblаngаn. ö – til оldi, o‘rta-keng, lаblаngаn. Undoshlar tizimi ham o‘ziga xos bo‘lib, ushbu shevada quyidagi undoshlar qayd etiladi: b (amaldagi b) –jarangli, portlovchi tovush. d (amaldagi d) –jarangli, portlovchi tovush f (amaldagi) –jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. g (amaldagi) –jarangli, portlovchi tovush. ž (amaldagi j) – jarangli, sirg‘aluvchi tоvush. dž (amaldagi dj) – jarangli, qоrishiq pоrtlоvchi tоvush. k (amaldagi k) –jarangsiz, portlovchi tovush. l (amaldagi l) –jarangli, sonor tovush. m (amaldagi m) –jarangli, sonor tovush. n (amaldagi n) –jarangli, sonor tovush. p (amaldagi p) –jarangsiz, portlovchi tovush. q (amaldagi q) –jarangsiz, portlovchi tovush. r (amaldagi r) –jarangli, sonor tovush. s (amaldagi s) –jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. t (amaldagi t) –jarangsiz, portlovchi tovush; v (amaldagi v) –jarangli, portlovchi tovush. x (amaldagi x,h) –jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. j (amaldagi у o‘rnida) – jarangli, sirg‘aluvchi tоvush. z (amaldagi z) –jarangli, sirg‘aluvchi tovush. γ (amaldagi g‘ o‘rnida) – jarangli, sirg‘aluvchi tоvush. š (amaldagi sh o‘rnida) – jarangsiz, sirg‘aluvchi tоvush. č (amaldagi ch o‘rnida) – jarangsiz, qоrishiq pоrtlоvchi tоvush. η (amaldagi ng)- sоnоr, burun tоvushi. Zarkent shevasi qarluq lahjasi tarkibiga kirsa-da, singarmonizmni butunlay yo‘qotmagan. Zarkent shevasini singarmonizmni saqlagan shevalar tarkibiga kiritish mumkin. Zarkent shevasining unlilar sistemasi tojik tilining unlilar sistemasiga yaqinlashdi, omonim so‘zlarning soni ortdi. Prof. Y. D. Polivanov asrimizning birinchi choragidayoq o‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida o‘zining ilmiy ishlarida ma’lumot bergan edi. Bu olim (Prof. V. V. Reshetov) o‘zbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi. Qadimda turkiy urug‘ va qabilalar miqdori anchagina ko‘p bo‘lgan. Professor Y. D. Polivanov o‘zbek shevalarining birinchi ilmiy tasnifini yaratgan olimlardan biri. Keyingi davr dialektologlari Y.D.Polivanov o‘zbek shevalarini tasnif qilishda 2 tamoyilni - birinchisi-metisasiya (qardosh tillar chatishuvi ); - ikkinchisi - gibridizasiya (qardosh bo‘lmagan tillarning aralashuvi)ni hisobga olgan holda tasnif qilgan degan fikrni ilgari suradilar. Bu e’tibordan chetda qoladigan fikr emas, lekin Y. D. Polivanov tasnifini metisasiya va gibradizsiya bilan bog‘lab qo‘yish ham mumkin emas, balki Y. D. Polivanov turkiy tillar, o‘zbek tili va uning eroniy tillar bilan munosabati kabi holatlarni hisobga olgan. O‘zbek va tojik tillarining uzoq davom etgan hamkorligi o‘zbek tilining leksikasida ham sezilib turadi. Tojik tilidan kirgan juda ko‘p so‘zlar o‘zbek tili leksik qatlamining ajralmas bir qismini tashkil qiladi. Download 285.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling