Mundarija kirish I. Bob. Zoologiya fanining hozirgi kundagi asosiy muamolari 1 Zoologiya fani haqida ma’lumot
I.BOB. Zoologiya fanining hozirgi kundagi asosiy muamolari
Download 105.94 Kb.
|
zoologiya haqida qisqacha 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zoologiya fanini oqitish samaradorligi
- .3 Zoologiya fanini o’qitishdagi muammolar
I.BOB. Zoologiya fanining hozirgi kundagi asosiy muamolari
1.1 Zoologiya fani haqida ma’lumot. Zoologiya fani. Zoologiya so'zizoon — hayvon va logos — ta'limot, ya'ni fan degan ikkita grekcha so'zdan kelib chiqqan. Bu fan hayvonot olamining xilma — xilligi, tuzilishi, hayvonlarning xulq — atvori, ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishini, shuningdek, ulaming tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini o'rganadi. Hayvonlami turli jihatdan o'rganish mumkin. Shuning uchun ham zoologiya juda ko'p ayrim fanlarga ajralib ketadi. Hayvonlarning tuzilishi va hayotiy belgilarining o'xshash bo'lishi yoki bo'lmasligiga qarab guruhlarga bo'linishini sistematika; tashqi va ichlti tuzilishini morfologiya va anatomiya; embrional rivojlanishini embriologiya; atrof — muhit bilan munosabatini ekologiya; xulq — atvorini etologiya; yer yuzida tarqalishini zoogeografiya, qirilib ketgan hayvonlami paleozoologiya, hayvonlar organizmida boradigan jarayonlami fiziologiya o'rganadi. Zoologiya ayrim sistematik guruhlar bo'yicha ham fanlarga ajratiladi. Masalan, protozoologiya bir hujayrali hayvonlar, entomologiya hasharotlar, ixtiologiya baliqlar, omitologiya qushlar, teriologiya sut emizuvchilami o'rganadi. Hayvonot olamining ayrim tiplari, sinflari va turkumlarini ham yuqorida qayd qilingan fanlar nuqtai nazaridan o'rganish mumkin. H ayvonlar hujayrasi. Hayvonlar ham barcha tirik organizmlar kabi hujayralardan tashkil topgan. Hayvonlar hujayrasida ham o'simlik — larnikiga o'xshash hujayra qobig'i, sitoplazma, bitta yoki bir nechta yadro va boshqa organoidlarni ko'rish mumkin. Biroq hayvonlar hujayrasi tashqi qobig'i juda yupqaligi, fotosintez jarayoniga yordam beruvchi yashil pigmentli tanachalari bo'lmasligi bilan yashil o'simliklar hujayrasidan farq qiladi. To'qimalar. Ko'p hujayrali organizmlaming hujayralari shakli, tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Tuzilishi o’xshash bo'lgan hujayralar to'qimalami hosil qiladi. To'qimalaming tuzilishi ulaming bajaradigan vazifasiga bog'liq. Hayvonlar organizmi epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va asab to'qimalaridan tashkil topgan. www.ziyouz.com kutubxonasi Epiteliy to'qimasi bir — biriga yaqin, zich joylashgan, yassi, kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. Bu to'qima hayvon tanasining sirtqi qismini qoplab turuvchi terini hosil qiladi. Tana bo'shlig'i va ichak devorining ichki yuzasi ham shu to'qima hujayralari bilan qoplangan. Epiteliy to'qimasi organlami turli ta’sirlardan himoya qiladi. Biriktiruvchi to'qima hujayralararo moddasi to'qima hujayralariga nisbatan ko'pligi bilan boshqa to'qimalardan farq qiladi. Bu modda qattiq yoki suyuq bo'lishi mumkin. Organizmda biriktiruvchi to'qima organlar va to'qimalarni bir—biri bilan tutashtirib turish, tayanch skelet hosil qilish, organizmni oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlash, zaxira oziq to'plash va boshqa bir qancha vazifalami bajaradi. Ba'zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilaming turli organlari va teri osti qavati tarkibiga tig'iz biriktiruvchi to'qima kiradi. Nafas olish organlari va qon tomirlari devori hamda terming qayishqoqligi ana shu to'qimaning hujayralararo moddasida joylashgan tolalar xossasiga bog'liq bo'ladi. Tayanch skelet vazifasini bajaradigan tog'ay va suyak to'qimalari ham tig'iz to'qimalarga misol bo'ladi. Qon suyuq biriktiruvchi to'qimadir. Umurtqali hayvonlarning qoni qon hujayralaridan va qon zardobidan iborat. Qon zardobi hujayralararo moddani, qon hujayralari (eritrositlar, leykositlar va boshqalar) to'qima hujayralarini tashkil qiladi. Umurtqasiz hayvonlarning qonidagi hujayralar rangsiz bo'lib, kislorod tashuvchi gemoglobin oqsili qon zardobi tarkibiga kiradi. Ko'pchilik hayvonlar (hasharotlar va umurtqalilar) uchun xos bo'lgan yog' to'qimasi ham tuzilish xususiyatiga ko'ra biriktiruvchi to'qimaga kiradi. Yog' to'qimasi hujayralarida zaxira oziq modda —yog' to'planadi. M uskul to'qimasi. Muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan tolalardan tashkil topgan. Bu to'qima ikki xil: silliq va ko'ndalang chiziqli muskul to'qimalariga bo'linadi. Silliq muskullar duksimon bitta yadroli hujayralardan tashkil topgan. Ular bir hujayralilar va bo'shliqichlilardan tashqari, barcha um urtqasiz va umurtqali hayvonlarning ichki organlari tarkibiga kiradi. Bu muskullar kuchsiz, lekin bir maromda qisqaradi. Ko'ndalang chiziqli muskullar ko'p yadroli va uzun tolali hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo'g'imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, o'rgimchaksimonlar va hasharotlarning harakat organlari, umurtqali hayvonlarning skeleti bilan bog'langan. Ko'ndalang chiziqli muskullar har xil kuch bilan qisqarishi mumkin. Asab to'qimasi asab hujayralaridan va hujayra oralig'i moddasidan tashkil topgan. Asab to'qimasi tashqi muhit dan va organizmning o'zidan www.ziyouz.com kutubxonasi keladigan qo'zg'alishni qabul qilish va o'tkazish vazifasini bajaradi. Asab hujayralari ilk bor bo'shliqichlilarda paydo bo'lgan. Yassi chuvalchanglarda asab hujayralari markazlashgan bosh nerv tugunini hosil qiladi. Bo'g'imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarning asab hujayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy asab tizimini hosil qilgan. Organlar. Yuqorida ta’kidlab o'tilgan to'qimalar organlami tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to'qima kiradi. To'qima organizmda ma'lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo'ladi. B irbiri bilan uzviy bog'langan, organizmda bitta umumiy vazifani bajarishga moslashgan organlar bitta sistemaga birlashadi. 1.2 Zoologiya fanini o'qitish samaradorligi Ayni paytda respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Amaliyot o‘qituvchining dars jarayonida o‘quvchilarga bergan bilimlari yig‘indisining amaldagi tadbig‘idir. Zoologiya fanidan barcha nazariy bilimlar amaliyotda qo‘llanilmasa, o‘z samarasini bermaydi. Shunday ekan, zoologiya qonuniyatlari, tushunchalar, moddalarning xossalari, ularni hosil qilishni tajribalarga asoslangan holda o‘rganish fanni yanada mukammal tadqiq qilishga imkon beradigan omil ekanligini anglash qiyin emas. Hozirgi kunda ta’lim tizimida eng dolzarb muammolardan biri o’quv jarayonini takomillashtirishda innovatsion, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish va o’quv jarayonining samaradorligini oshirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdan iborat. Jumladan, zoologiya fanini o’qitishda eng dolizarb muammolardan biri o’quv jarayonini takomillashtirishda virtual laboratoriyalardan, virtual demonstratsiyalardan foydalanish va o’quv jarayonining samaradorligini oshirish sohasida uslubiy ishlanmalarni yaratish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etishdan iborat. 1.3 Zoologiya fanini o’qitishdagi muammolar O’qitishning an’anaviy usullarida fan bo’yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish uchun xizmat qiluvchi laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Lekin ular aksariyat xolatlarda kutilgan natijani bermaydi. Buning sabablari quyidagichadir: laboratoriya stendlarining etarli emasligi; mavjud laboratoriya stendlari zamonaviy uskunalar, qurilmalar va apparatlar bilan ta’minlanmaganligi; ko’pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob bermasligi va ma’naviy eskirganligi; laboratoriya ishlari va stendlarini mukammallashtirib turish zarurligi; ayrim laboratoriya sxemalarini yig’ish uchun ko’p vaqt talab qilinishi sababli o’quvchilar ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmasligi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklariing ko’pchiligini o’quv jarayoniga virtual laboratoriyalarni kiritish yo’li bilan bartaraf qilish mumkin. Virtual laboratoriya (VL) dasturiy kompleks bo’lib, foydalanuvchiga har xil turdagi qurilmalar va tizimlar bilan ishlash ko’nikmalarini xosil qilish va ularni xar tomonlama tadqiq qilish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi VL bilan ishlashi laboratoriya ishlari (LI) deb ataluvchi ayrim seanslar ko’rinishida tashkil qilinadi. Virtual laboratoriya - tajribalar o’tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda o’rganish uchun ideal muxit bo’lib hisoblanadi. Interfaol virtual reallik oddiy eksperimentlar bilan bir qatorda quyida sanab o’tilgan murakkab eksperimentlarni ham o’tkazish imkoniyatini beradi; qimmat va murakkab jixozlarni talab qiluvchi eksperimentlar; real sharoitlarda o’tkazish qiyin yoki amalda mumkin bo’lmagan eksperimentlar; real sharoitlarda katta mablag’larni talab qiluvchi eksperimentlar; qisqa vaqt davomida o’tkazilishi zarur bo’lgan eksperimentlar va x .k. Virtual laboratoriya ishlarini ma’ruza materiallariga qo’shimcha ravishda ma’ruza vaqtida ham namoyish qilish mumkii. Bunda ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlari o’rtasidagi vaqt bareri olib tashlanadi, natijada o’qitish samaradorligi va sifati ortadi. Virtual laboratoriyalarni samarali tarzda qo’llash o’qitish sifatini orttirish bilan bir qatorda katta mablag’larni tejash imkoniyatini ham beradi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda, laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning aqliy qobiliyati, so‘zlash madaniyati, bir-biriga do‘stlik, inoqlik munosabatlarini hisobga olingan holda tashkil qilinishi o‘quvchilarda bir-biriga yordam, do‘stlik, inoqlik hissi uyg‘onishiga va bu orqali ularning malaka va ko‘nikmalarini egallashlari osonlashishiga olib keladi. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, avvalo, o‘quvchilarning shu fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, turli sifat va miqdoriy reaksiyalarning rang va miqdor o‘zgarishi bilan borishi, cho‘kma tushishi va gaz ajralishi bilan boradigan tajribalar ularda fanga katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Zoologiya fanini o‘qitishda elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanish. Zoologiya darslarida multimedia vositalaridan foydalanish va ularni tatbiq etish davomida o‘quv jarayonida o‘zigaxos yangi usul vujudga keladi. Ularni o‘quv materiallarini ko‘rgazmaliligini oshishi, o‘quvchilarning bilim samarasini nazorat qilish imkoniyatining paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘z ishfaoliyatini yangi uslub va usullar asosida tashkil etishga yondashuvlar bilan bevosita izohlash mumkin. Zoologiya darslarida «Sutemizuvchilar» sinfi haqida ma’lumot beruvchi mavzular hajmi kattaligi va birmuncha murakkabligi bilan umurtqalilar tipining boshqa sinflaridan ajralib turadi. 1-rasm.Sutemizuvchilar sinfining umumiy vakillari. O‘rganiladigan mavzularning murakkablashib borishi, hayvon organizmining mukammalashishi bilan ular tanasida organlar, ularning vazifasi ham o‘zigaxos tarzda o‘zgarib borishi o‘quvchini biroz «qiynab» qo‘yadi. O‘quvchilarga mavzu yuzasidan ma’lumotlarni kompyuter yordamida qabul qilishga bo‘lgan qiziqishlarini va bevosita zoologiya dars samaradorligini oshirishda undan foydalanishni hisobga olgan holda, o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan mavzularni kompyuter vositalari asosida tatbiq etish imkoniyatlarini qo‘llash orqali dars samaradorligini yanada oshirish mumkin. Zoologiya darsligidagi mavzularni belgilab olish, ularni hartomonlama o‘rganib, zaruriy materiallar tanlash asosida kompyuterlashgan dars ishlanmalarini dasturlashtirish mumkin. Download 105.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling