Mundarija kirish I. Bob. Zoologiya fanining hozirgi kundagi asosiy muamolari 1 Zoologiya fani haqida ma’lumot
Download 105.94 Kb.
|
zoologiya haqida qisqacha 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Zoologiya fanining hozirgi kundagi ahamiyati 2.1. Zoologiyani ahamiyati…………………..….16 2.2. Zoologiyaning tarkibiy qismlar………….19
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………….….3 I.BOB. Zoologiya fanining hozirgi kundagi asosiy muamolari 1.1 Zoologiya fani haqida ma’lumot…...…8 1.2 Zoologiya fanini o'qitish samaradorligi………………………….……..9 1.3 Zoologiya fanini o’qitishdagi muammolar …………………………………12 II.BOB. Zoologiya fanining hozirgi kundagi ahamiyati 2.1. Zoologiyani ahamiyati…………………..….16 2.2. Zoologiyaning tarkibiy qismlar………….19 2.3. Zoologiya fanining rivojlanishida olimlarimizning qo’shgan hissasi……………………………….21 XULOSA……………………………………………………………..32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………...33 KIRISH O'zbekiston mustaqil milliy demokratik rivojlanish yo'liga o'tishining dastlabki yillaridanoq yuksak madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan insonni tarbiyalash hamda ta'limni jahon andozasi darajasiga yetkazishga katta e'tibor berilmoqda. "Ta'lim to ‘g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta'lim — tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi Farmonning qabul qilinishi ham ana shu maqsadni ko'zlaydi. O'lkamiz tabiatini, o'simlik va hayvonot dunyosi boyliklarini o'rganish, kamol topayotgan barkamol avlodni yuksak madaniyatli, chuqur bilim egasi qilib tarbiyalashda, unda milliy iftixor tuyg'usi va vatanparvarlik hissini uyg'otishda katta ahamiyatga ega. Hayvonlar tabiatda va inson hayotida benihoya katta ahamiyatga ega bo'lib, ulami zoologiya fani o'rganadi. Zoologiya faninmg rivojlanishiga Vatanimiz olimlari ham katta hissa qo'shishgan. Hayvonlar hayoti to'g'risidagi ma'lumotlar buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" shoh asarida ham o'z o'rnini topgan. XX asrda zoologiya sohasida olimlarimiz olib borgan tadqiqotlar rishta, bezgak, leyshmaniya kabi xavfli parazitlami tugatishga imkon berdi. O'zbekistonlik olimlardan D.N. Kashkarov hayvonlar ekologiyasi; T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov umurtqali hayvonlar; A.M. Muhammadiyev, A.T. To'laganov, J.A. Azimov, S.N. Alimuhamedov, R.O. Olimjonov, V.V. Yaxontov umurtqasiz hayvonlar to'g'risida yirik asarlar yaratishgan. Zoologiyani o'rganish uchun talabalar tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari bo'lgan o'simliklar va hayvonlar to'g'risida akademik litsey dasturi hajmida bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Zoologiya sohasida olingan ma'lumotlar kelgusida talabalarga tabiiy fanlami chuqurroq egallashga yordam beradi. Zoologiya fanining maqsadi talabalarga evolutsion nazariya asosida hayvonot dunyosining xilma-xilligi, hayvonlar sistematik gumhlarining kelib chiqishi, jug‘rofik tarqalishi, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanish xususiyatlari va ekologiyasini o‘rgatishdir. Barcha o‘quv materiallari esa shakl va funksiya birligi, bog‘Hqlik (korrelatsiya), moslashish (adaptatsiya), biogenetik kabi umumbiologik qonunlar asosida o'rganiladi. Bu qonunlarning tub mohiyatini bilish esa bo‘lajak bakalavr — veterinariya tibbiyoti, qorako‘lchilik, zootexniya, veterinariya va zootexniya bo£yicha kasbiy ta’lim oluvchf pedagog mutaxassislarga juda zarur bo‘lib hisoblanadi. Turli kasalliklarga chidamli, sermahsul yangi hayvon zotlarini yaratishda, hayvonlarda uchraydigan parazitar kasalliklarning kelib chiqishini aniqlashda, ularga qarshi to ‘g‘ri chora-tadbirlar qo‘llashda zoologiya eng muhim fundamental fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, zoologiya bilimlari asosida talabalar hayvonot dunyosining hozirgi holatini, lining biogenetik va xo‘jalik ahamiyatini to 4geri baholashga erishadilar. Zoologiyani o‘rganishning asosiy vazifasi talabalar ongiga umumbiologik qonuniyatlarni singdirish, ularni hayvonot dunyosining sistematikasini mustaqil tahlil qilishga o6rgatish, har bir hayvon guruhining evolutsiyasini bilishga, muhim parazit hayvonlarning rivojlanish xususiyatlarini to‘g‘ri tasavvur qilish va ular tomonidan chaqiriladigan kasalliklarning oldini olish choralari ustida mustaqil fikr yuritish, hayvonot dunyosidan oqilona foydalanib, uni genetik fond va xonakilashtirish rezervi sifatida himoya qilishga osrgatishdan iborat. Zoologik bilimlarni chuqur egallash embriologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, ekologiya kabi fanlarni chuqur o 6ziashtirishga yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga zoologiya bilimlari parazitologiya (veterinariya protozoologiyasi, veterinariya araxnologiyasi, veterinariya entomologiyasi, veterinariya gelmintologiyasi qismlari), veterinariya asoslari (qishloq xo‘jalik hayvonlarining invazion kasalliklari qismi), chorvachilik (parrandachilik, qorakoMchilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilik), tabiatni m uhofaza qilish kabi biologik, klinik, zootexniya va qorako‘lshunoslik sikllariga oid fanlar uchun poydevor hisoblanadi. Download 105.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling