Mundarija kirish I. Dramatik asar kompozitsiyasi


II.2. Usmon Azim dramalari kompozitsiyasi tahlili


Download 103.25 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2024
Hajmi103.25 Kb.
#1832456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dramatik asar kompozitsiyasi (U. Azim dramalari misolida)

II.2. Usmon Azim dramalari kompozitsiyasi tahlili
Usmon Azimning “Bir qadam yo`l” dramasi tahlili:


Asar ishtirokchilari:
Chol – 70 yoshda
Jo’ra – cholning katta o’g’li, 40-45 yoshda
Saodat – Jo’raning xotini, 40-45 yoshda
Shokir - cholning o’rtancha o’g’li, 40 yoshda
Beg’am – Shokirning xotini, 40 yoshda
Qosim – cholning kenja o’g’li, 30 yoshda
Salima – 25 yoshda
Eshmamatov
Boltaboyev
Uchuvchi
Xorijlik
Shafyor.

Yozuvchining ushbu asari mustaqillikdan keyin yaratilgan bo’lib, Sho’ro davri insonlar hayoti, dunyoqarashida qanday iz qoldirganligi va istiqlolning ularga nechog’lik ta’sir ko’rsatganligi, ularga nima berganligini qisqacha, bir oila misolida yoritib bergan asardir. Asar qahramonlarini birlashtiruvchi chol umr bo’yi Samarqandga borish orzusi bilan o’tib ketadi.


Cholning uch o’g’li uchta bir-birinikidan mutlaqo farq qiluvchi taqdirga ega:
Jo’ra – qishloq raisi bo’lib, ko’p joyga qo’li yetishiga qaramasdan umr bo’yi birovning haqqiga xiyonat qilmagan, halol “farishtamisol” inson.
Shokir esa aksincha yoshligidan boy bo’lishni maqsad qilgan va bunga erishgan ham, qoradori savdosi bilan shug’ullanadi. Maqsadiga qay yo’l bilan bo’lsa ham erishadigan inson.
Qosim – u umuman o’zga olam. Afg’on urushida istirok etgan. Dinni yuzaki niqob qilib, amali boshqa, va’z so’zlovchilardan nafratlanadi.
Asarda yozuvchi ism tanlashga ham katta e’tibor bergan.
Masalan, Jo’raning xotini Saodat – umri mehnatda, qiyinchilikda o’tgan, lekin saodatli ayol bo’lishga harakat qiladi. Shokirning xotini Beg’am ismi shunday bo’lsa ham aslida butun dunyo tashvishlarini yelkasiga olgan ayoldek. Hamma narsasi yetarli bo’lishiga qaramay baxtsiz, doim yurakdan qiynaladi.

Asar syujeti – xronologik syujet turidan foydalanilgan.


Ekspozitsiya – asar boshlanmasida ekspozitsiya keltirilgan, qahramonlar tanishtirilgan.
Peyzaj tasviri – tong sahargi manzara va cholning hovlisi tasviri berilgan.
Tugun – Shokir uyga militsiya hodimi va hokimni chaqirishidan boshlandi.
Voqealar rivoji – ikki ovsin suhbati, mehmonlarning kelishi…
Kulminatsiya – Bozorboyevning Qosimning kasalini bilishi va ikkisi o’rtasidagi tortishuv.
Voqealar rivoji – uchuvchi va xorijlikning kelishi, ular o’rtasidagi suhbat.
Yechim – cholning vafot etishi; Qosim Boltaboyevni otib o’ldirishi.
Asarda detal sifatida miltiqni olish mumkin.
Chexov asarlaridagi kabi devorda nimadir osig’lik turibdimi demak u ishlatilishi kerak deyilganidek, ushbu asarda ham dastlab boshqa maqsadda olib kelingan miltiq oxiri Bozorboyevni o’ldirish uchun xizmat qiladi.

Asar sarlavhasi “Bir qadam yo’l” deb nomlangani ham bejiz emas. Chol Samarqandga yetishiga bir bahya qolganida qadami yetmasdan vafot etdi. Asardan shuni xulosa qilish mumkinki, inson qancha boy yoki kuchli bo’lmasin, umr qisqa, ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydi. Shuning uchun o’zimizda bor imkoniyatni qadriga yetib, undan unumli foydalanishni o’rganishimiz kerak.



Download 103.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling